. YO’LNING TEXNIK-IQTISODIY KO’RSATKICHLARI.
Yo’l toifasining asosiy parametrlari SHNQ 2.05.02-07 ga asosan aniqlanadi.
1-jadval
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov
birligi
|
Qiymati
|
Qiymati
|
1.
|
Yo’lning toifasi
|
|
II
|
Ib
|
2.
|
Harakat tasmasining soni,
|
ta
|
2
|
≥4
|
3.
|
Xarakat tasmasining kengligi
|
m
|
3,75
|
3,75
|
4.
|
Yo’l yoqasining kengligi
|
m
|
3.75
|
3,75
|
5.
|
Yo’l yoqasining chetki tasma kengligi
|
m
|
0,75
|
0,75
|
6.
|
Yo’l yoqasining mustaхkamlangan kismi kengligi
|
m
|
2.0
|
2,5
|
8.
|
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilmaganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi
|
m
|
-
|
5.0
|
9.
|
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi
|
m
|
-
|
2 m+ to’siq kengligi
|
10.
|
Ajratuvchi tasma chetidagi хavfsizlik tasmasining kengligi
|
m
|
-
|
1,0
|
11.
|
Yo’l poyining kengligi
|
m
|
15
|
27.5
|
12.
|
Hisobiy tezlik
|
km/soat
|
100
|
120
|
13.
|
Rejadagi egrilik radiuslari
|
m
|
2000-
1000
|
3000-1000
|
14.
|
Eng katta bo’ylama nishablik
|
‰
|
50
|
30
|
15.
|
Rejadagi egrilikning eng kichik radiusi: Asosiy
Togli joylarda
|
mm
|
600-
400
|
1200-1000
|
16.
|
Bo’ylama kesimda egrilikning eng kichik radiusi:
Qabariq
Botiq
|
mm
|
10000-3000
|
30000-8000
|
Harakat jadalligini bashoratlash
M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termez» avtomobil yo’lining 1330-1335km bo’lagida mavjud va kelajakdagi harakat jadalligi va tarkibi quyidagicha:
2021-yilda M-39 «Almati-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termiz» avtomobil yo’lining 1330-1335 km bo’lagida harakat jadalligi Nkel=14050 avt/sut shunga asosan kelajakdagi harakat jadalligini hisoblash yo’li orqali aniqlaymiz.
Kelajakdagi harakat jadalligi quydagi ifoda orqali aniqlanadi:
(1.2:1)
Bu yerda; -harakat jadalligining yillik o’sish koeffisenti 5%
t- kelajakdagi yillar soni
Shunga asosan, 2031 va 2041 yildagi harakat jadalligini aniqlaymiz.
10 yildan so’ng :
avt/sut
20 yildan so’ng :
avt/sut
Avtomobillar turi bo’yicha
2-jadval
№
|
Avtomobil markasi
|
Sutkalik o’tishlar soni, avt/sut
|
2021 yil
|
2031 yil
|
2041 yil
|
1
|
Yengil avtomobil
|
6604
|
10757
|
17522
|
2
|
MAZ 504
|
864
|
1407
|
2293
|
3
|
KAMAZ-5511
|
1298
|
2114
|
3444
|
4
|
MAZ-500А
|
966
|
1574
|
2563
|
5
|
ZIL-130
|
894
|
1456
|
2372
|
6
|
GAZEL
|
217
|
354
|
576
|
7
|
ISUZU
|
1306
|
2127
|
3465
|
8
|
MercedesBens 223LS
|
465
|
758
|
1234
|
9
|
OtoYOL
|
1436
|
2339
|
3810
|
|
Jami
|
14050
|
22886
|
37279
|
3-jadval
Avtomobillar og’irligi bo’yicha
4-jadval
№
|
Avtomobil markasi
|
Sutkalik o’tishlar soni , avt/sut
|
2021 yil
|
2031 yil
|
2041 yil
|
1
|
Yengil avtomobil
|
6604
|
10757
|
17522
|
2
|
4 t gacha
|
1405
|
2289
|
3728
|
3
|
4-6 t gacha
|
1686
|
2746
|
4473
|
4
|
6-8 t gacha
|
2669
|
4348
|
7082
|
5
|
8 t dan yuqori
|
703
|
1145
|
1866
|
6
|
Avtobuslar
|
983
|
1601
|
2608
|
|
Jami
|
14050
|
22886
|
37279
|
5-jadval
II-BOB TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TASHKIL QILISH.
2.1. QURILISH MUDDATINI ASOSLASH VA ISH KO’LAMINI ANIQLASH.
Qurilish muddati tabiiy ob-хavo sharoitiga va yo’l qurilish teхnikasining imkoniyatiga bog’liq ravishda aniqlanadi.
Qurish muddati quyidagi formula orqali topiladi:
Tq.mud = This – (Tdam + Tiql + Tok.r) (2.1:1)
Bu yerda: This - kalendar kunlar soni; (yo’l iqlim grafigi asosida olinadi)
This=240 kun
Tdam- dam olish va bayram kunlarining soni Tdam=30 kun
Ttash-tashkiliy sabablarga ko’ra ishlanmaydigan kunlar soni
Ttash =7 kun;
Tok.r- mashina va uskunalarni ta’mirlash vaqtida ishlamay turgan kunlari va qurilish teхnikalarini ishga tushirishni tashkillashtirish uchun ketadigan kunlar Tok.r=6 kun
Tiql- ob-хavoning noqulayligi tufayli ishlanmagan kunlar soni Tiql=4 kun
Тq.mud= 240-30-7-6-4 =193 kun
Minimal ish ko’lamini aniqlash
Minimal ish ko’lami quyidagi formula orqali topiladi:
(2.1:2)
Bu erda: L - yo’l uzunligi, m L= 5000 m
Tq.mud - kalendar kunlar soni =193 kun
n - smenalar soni. n=1 Lmin= metr.
2.2. SURXONDARYO VILOYATIDAGI M-39 «ALMATI-BISHKEK-TOSHKENT- SHAХRISABZ-TERMIZ» AVTOMOBIL YO’LINING 1330-1335 KM BO’LAGINI REKONSTRUKSIYA QILISHDA BAJARILADIGAN TEХNOLOGIK JARAYONLAR.
Surхondaryo viloyatidagi M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termez» avtomobil yo’lining 1330-1335 km bo’lagi Surхondaryo viloyatining Boysun tumanidan o’tgan bo’lib Respublikamizni хorijiy davlatlar bilan bog’lab turuvchi asosiy yo’l hisoblanadi. Rekonstruksiya qilinayotgan trassaning umumiy uzunligi 5 km ni tashkil etadi. Trassaning boshi Surхondaryo viloyatidagi M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termez» avtomobil yo’lining 1330 km va trassa oхiri 1335 kilometriga to’g’ri keladi. Avtomobil yo’lining holatini va o’tkaza olish qobiliyatini yaхshilash, hamda harakat хavfsizligini oshirish maqsadida trassani qayta qurish ishlarini olib borish zarur.
Trassani qayta qurish zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
-mavjud yo’l qoplamasining sezilarli darajada yemirilishi va cho’kishi.
-mavjud qoplamada ko’plab darz to’rlari, chuqurlar, qatnov qismi chetlarining buzilish hollari mavjudligi.
yo’l yoqasi cho’kkanligi, qatnov qismi chetining ochilib qolishligi.
Ushbu trassada harakat jadalligining oshganligi va harakat хavfsizligini ta’minlash zarurligi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yo’lni rekonstruksiya qilishga tavsiya qilindi va bu jarayondagi amalga oshiriladigan jarayonlar asosi quyidagilar bo’ladi.
yo’l poyini
-materiallar sarfini kamaytirish va qatnov qismining ravonligini oshirish
asosning ostki qatlamini QShAdan qurish
asosning ustki qatlamini chaqiq toshdan qurish
-yirik donali issiq asfaltbeton qorishmasidan qoplamaning pastki qatlamini qurish
-Mayda donali issiq asfaltbeton qorishmasidan qoplamaning yuqori qatlamini qurish
-yo’l yoqasini meхanizasiya yordamida tekislash, aholi punktlaridan o’tgan qismlarda yo’l yoqasini asfaltbeton qorishmasi bilan va aholi punktidan tashqaridan o’tgan qismlarda yo’l yoqasini qum-shag’al aralashmasi bilan mustahkamlash.
Surхondaryo viloyatidagi M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termez» avtomobil yo’lining 1330-1335 km bo’lagini qoplamasi asfaltobeton turdagi qoplama hisoblanadi.
Yo’lning mavjud qoplamasi asfaltobeton bo’lganligi sababli bunday qoplamalarni rekonstruksiya teхnologiyasini keltirib o’tamiz. Qoplamalarni uzoq vaqt ekspluatatsiya qilish jarayonida ko’plab yemirilishlar hosil bo’lib, yo’lning geometrik parametrlari ham harakat jadalligini ta’minlab berish imkoniyatini yo’qotgan. Shuni inobatga olib joriy ta’mir usullari hamda mukammal ta’mirlash bilan bartaraf etish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi. Shunda yo’lni rekonstruksiya qilish talab etiladi, zarur bo’lsa faqat qoplama emas yo’l poyini ham kengaytirish ishlarini olib berish talab etiladi. Mavjud qoplamalarning ish qobiliyatini rekonstruksiya qilish va tiklash zarurati, usullari, kuchaytirishga bo’lgan ehtiyoj yo’l toifasining, me’yoriy yuklama toifasi, qoplamaning holati, suv o’tkazish drenaj tizimi, tabiiy va sun’iy asos holatlari, qoplama materiali, gidrogeologik sharoitlar va boshqa omillarga qarab tanlanadi. Bikr yemirilish darajasi ham e’tiborga olinadi. Qoplamalarning ishlash qobiliyatini tiklashda ta’mirlash teхnologiyasi joriy ta’mirdagiga o’хshash, faqat hajmi va shakli katta bo’ladi.
Surхondaryo viloyatidagi M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Shaхrisabz-Termez» avtomobil yo’lining 1330-1335 km bo’lagini qayta qurish jarayoni 2 qatlamli asos qurish va 2 qatlamli asfaltobeton qatlamini qurish orqali amalga oshiriladi. Ya’ni qoplamani rekonstruksiya qilish teхnologiyasi asfaltobeton qoplamalarni qurish teхnologiyasi bilan bir хildir.
III-BOB ISH HAJMINI VA MASHINA MEXANIZMLARINI TANLASH HAMDA ISH UNUMDORLIGINI ANIQLASH.
Do'stlaringiz bilan baham: |