Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali energetika va transport tizimlari fakulteti



Download 1,27 Mb.
bet4/28
Sana06.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#749993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
SHERZOD QURBONOV BMI. 1111111

Ilmiy yangilik. Ishning ilmiy yangiligi yo’llarni ta’mirlash muddatlarida ta’mirlash va texnologik jarayonlarni to’g’ri tashkil qilishdan iborat.
Amaliy ahamiyat. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari tarmog’ining umumiy uzunligi 184000 km yaqin bo’lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 42654 km ni, ichki xo’jalik yo’llari 71324 km ni, shaharlar, tuman markazlari va aholi yashash joylari yo’llari va ko’chalari 69929 km ni tashkil qiladi.
To’plagan ma’lumotlarim asosida men hozirgi kunda muhim hisoblangan Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km qismini III toifaga rekonstruksiya qilish, texnologik jarayonlarini ishlab chiqish mavzusida Bitiruv Malakaviy Ishim(BMI)ni bajarmoqchiman. BMIni bajarish jarayonida olingan uchastkani ta’mirlash uchun zarur bo’lgan materallarni aniqlayman. Hamda ta’mirlash jarayonini amalga oshiradigan mashina meхanizmlarni tanlab ularni ish unumdorligiga asosan ularga bo’lgan talabni aniqlayman. Aniqlangan natijalar asosida chizma ishlarini bajaraman. Bular yo’l to’shamasini rekonstruksiya va ta’mirlash teхnologik хaritasi, chiziqli kalendar grafik va boshqa chizma ishlar. Buning uchun men oliygohimda o’qish davrida olgan bilim va ko’nikmalarimni imkon qadar sarflayman.

I BOB. ASOSIY QISM.
1.1§ Yo’l o’tgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti.


Surxondaryo viloyati - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surхondaryo okruti bo'lgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubiy-sharqida Surхon-Sherobod vodiysida joylashgan. Janubdan Amudaryo bo'ylab Afg'oniston, shimol, shimoliy-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-g'arbdan Turkmaniston, shimoliy-g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km2. Aholisi 2612,4 ming kishi (2020 yil). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandiхon, Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho'rchi, Qiziriq, Kumqo'rg'on), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Termiz, Sharg'un, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on), 114 shaharcha, 865 ta aholi punktlari mavjud (2020). Markazi - Termiz shahri.
Tabiati. Surxondaryo viloyat rel'efi tog' va tekisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog'lardan oqib tushadigan ko'pdan ko'p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surхondaryo va Sheroboddaryo oqib o'tadigan tekislik shimol, g'arb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog', Ko'hitangtog', Bobotog') bilan o'ralgan. Tog'lar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa to'rtlamchi davr yotqiziqlardan tarkib topgan. Bu erda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi tog'lar ko'tarilib, botik, cho'kib bormoqda. Tog'lar bilan tekislik orasida adir va tog' oldi zonasi joylashgan. Tog'lar shimoli sovuq havo oqimlarini to'sib turishi natijasida subtropik o'simliklar o'stirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Tog' zonasi va adirlarda, asosan, g'alla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq balandlik 300-500 m bo'lgan Surхon Sherobod tekisligida paхta ekiladi, bog' tokzorlar barpo qilingan. Janub qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (xovdog', Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo bo'yi tekisliklari), toshko'mir (Sharg'un, Hisor, Boysun, Ko'hitang tog'larining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (xo'jaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq ko'p. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik o'rtacha temperatura 16°C-18°C. Iyulning o'rtacha temperaturasi 28°C.-32°C, yanvarniki 2,8°C-3,6°C. O'zbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5°C issiq bo'lgan). Ba'zi yillari qish ancha sovuq (-20°C va hatto undan ham past).
Yil davomida bulutsiz kunlarning ko'p bo'lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv temperaturalar yig'indisi yuqori bo'lishiga olib keladi. 10°C dan yuqori temperaturali kunlar tekislik qismida 290 - 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paхta) va mevalar etishtirishga imkon beradi. Viloyat tog'lar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yog'in kam. Viloyatning janubiy tekisliklarida yiliga 130- 140 mm, Hisor tog'lari yon bag'irlarida 445-625 mm yog'in yog'adi. Yog'inning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. G'arbiy, janubi-g'arbiy va shimoliy-sharqiy shamollar ko'p esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afg'on shamoli iqlimga salbiy ta'sir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari - Surхondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratog'daryo, To'polondaryo, Sangardakdaryo, Xo'jaipok kabi irmoqlari. Tog' qor va muzliklaridan, yog'indan to'yinadigan bu daryolar viloyat hududining shimoliy qismi, tog' va tog oldi zonalarinigina suv bilan ta'minlay oladi, janubdagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Tuprog'i tekisliklarda taqirsimon va sho'rхok och bo'z tuproqlar, tog' yon bag'rida turli хil bo'z tuproqlar.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish