Ilmiylik mezonlarining tasnifi. Hamonki inson borlig'i tarixiy hodisa ekan,
ilmiy bilish ham o’z tarixiga egadir. Odatda, bilish mahsullarini fan
standartlariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholash qoidalari sifatida
ta’riflanuvchi ilmiylik mezonlari ham tarixiy xususiyatga ega va
eskirishga moyildir. Aynan ilmiylik mezonlari bilish mahsullarini
ularning fanga mansubligi yoki undan uzoqligi nuqtai nazaridan
subordinatsiyalash imkonini beradi, deb hisoblanadi. «Ilmiylik
mezonlari» monografiyasi muallifi V.Ilin ilmiylik mezonlari
dispozitsiyalar (qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, imperativlar, taqiqlar
majmui), sanksiyalar (ular dispozitsiyalarga bepisandlik yoki ularning
buzilishi natijasida amalga kiradi) va shartlar (ular fanda ehtimol
tutilgan vaziyatlarning o‘ziga xos xusasiyatlarini qayd etadi) bilan
belgilanadi. Ilmiylik mezonlari bir tartibli bo‘lmagani uchun ularni
tasniflash va V.Ilin fikriga ko‘ra, uch guruhga ajratish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |