Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish



Download 1,41 Mb.
bet11/228
Sana16.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#375747
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   228
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА КОМРОН

faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish
va o‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg'ulotlar
uchun tubsiz zaxira bo'lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati
azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.

Fan tarixiga oid yondashuvlar: prezentizm va antikvartizm, internalizm va eksternalizm, stsientizm va antistsientizm. Fan tarixining
empirik bazasini o‘tmishdagi ilmiy matnlar, kitoblar, jumal maqolalari,
olimlarning o‘zaro yozgan xatlari, nashr qilinmagan qo‘lyozmalar va h.k.
tashkil qiladi. Lekin bu bilan fan tarixchisi o‘z tadqiqoti uchun yetarli
materialga ega bo‘la oladimi? Yo‘q, chunki olim biror narsani kashf
qilganda, uni yolg'on xulosalarga olib kelgan turli xato yo‘llarni
unutishga va tarixni obyektiv o'rganishga harakat qiladi.
Agar tarixiy ilmiy tadqiqot obyekti o‘tmish bo‘lsa unda bunday
tadqiqot doimo obyektivlikka da’vo qilishga intiladi. Barcha tarixchilar
kabi fan tarixchilariga ham tadqiqotlarda asos bo‘ladigan, bir-biridan
farq qiladigan ikki yo‘nalish ma’lum: prezentizm (o'tmishni hozirgi
zamon tilida tushuntirilishi) va antikvarizm (o’tmishning to ‘liq
manzarasini hozirgi zamonga bog'lamasdan tiklash). Hozirgi kunda
fanda umuman foydalanilmagan o‘zga tarix, madaniyat, tafakkur uslubi,
o‘zga bilimni o‘rganar ekan, fan tarixchisi o‘z davrining in’ikosinigina
tiklashga harakat qilmayotganmikan? Bu ma’noda prezentizm ham,
antikvarizm ham fan tarixchilari e’tirof qilgan bartaraf qilib
bo‘lmaydigan qiyinchiliklarga duch keladi. Zero, o'tmishni hozirgi
zamon tilida tushuntirish mafkuraning tazyiqi ostida qolishini ifodalasa,
o'tmishni hozirgi zamonga bog'lamasdan tiklash tarixiy vorisiylikni
inkor qiladi (tarixiy voqealardan misollar keltiring).
Fan taraqqiyoti haqidagi tarixiy tadqiqotlarda o‘ziga xos iz
qoldirgan yana ikki oqim XX asming 30-yillarida paydo bo‘ldi. 1931-
yildagi jahon faylasuflarining Londonda o‘tkazilgan kongressida B.M.Gassen Nyuton mexanikasining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari haqida
ma’ruza qiladi. Bu ma’ruza kongress ishtirokchilarida katta taassurot
qoldiradi va u fan tarixi bilan shug'ullanuvchi ingliz faylasuflarini ikki
guruhga bo‘ladi. G‘arb fani tarixida paydo bo‘lgan bu yo‘nalishlar
ekstemalizm va intemalizmdir.
Internalizm va ekstemalizm. Ilmiy bilimning o‘sish yo‘llari va
yo‘nalishlarini qaysi omillar belgilaydi? Fanning rivojlanish mantiqi
nima bilan belgilanadi? Bu savollarga javob topish yo'lidagi harakatlar
ikki tarixiy-metodologik yondashuv - internalizm va ekstemalizm
o'rtasida bahs-mimozaralarga sabab bo‘ldi. Ingliz fizik va fanshunos
olimi J.Bemal (1901-1971) «Fanning ijtimoiy funksiyalari», «Fan va
jamiyat», «Jamiyat tarixida fan» kabi maqolalarini nashr qiladi va
ekstemalizmga asos soladi. Bu yo‘nalish namoyondalari E.Silzel,
R.Merton, A.Krombi, S. Lippi va h.k. fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar orasida o'zaro bog'liqlik borligini asoslashga
harakat qilganlar. Ya’ni ekstemalizm tamoyiliga ko’ra fanning
rivojlanishi tashqi determinatsiya bilan tavsiflanadi, ya’ni tashqi,
ijtimoiy-tarixiy omillar ta’siri bilan belgilanadi

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish