Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Mikroorganizmlarining suvda tarqalishi



Download 12,75 Mb.
bet80/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Mikroorganizmlarining suvda tarqalishi. Suvda juda koʻp mikroorganizm turlari uchraydi, chunki suv tabiiy muhitdir. Mikroorganizmlar suvga tuproq va boshqa manbalardan oʻtadi. Agar suvda oziq moddalar etarli boʻlsa, unda mikroorganizmlar soni juda koʻpayib ketadi. Ayniqsa chiqindi oqava suvlarda bakteriyalar koʻp boʻladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza hisoblanadi, chunki ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10 sm gacha boʻlgan chuqurligida va qirroqqa yaqin joylarida bakteriyalar soni koʻp boʻladi. Qirgʻoqdan uzoqlashgan sari ularning soni kamayib boradi. 1 ml toza suvda 100-200 dona mikroorganizm, 1 ml iflos suvda esa 100000 dan 300000 dona gacha va undan ham bir necha barobar koʻp mikroorganizm uchraydi.
Ayniqsa aholi yashaydigan joylardan oqib oʻtgan suvlarda bakteriyalar koʻp boʻladi. D.S. Razumov ma’lumotiga qaraganda Ural daryosining aholi yashaydigaya punktidan yuqori qismida suvning 1m3 da 19700 bakteriya, aholi yashaydigan punktdan quyi qismida esa 400 000 bakteriya topilgan.
Bakteriyalar suvning eng yuqori qatlamida kamroq, oʻrta qatlamida koʻproq va pastki qatlamida esa yana kamroq boʻladi, Masalan, qirgʻoqdan 300 m narida 1 ml suvda 38 dona bakteriya, 5 m chuqurlikda 79 dona, 20 m chuqurlikda esa 7 dona bakteriya topilgan. Yomgʻirdan keyin suvda bakteriyalar soni koʻpayadi, yomgʻirdan oldin 1ml suvda 8 ta bakteriya uchragan boʻlsa, yomgʻirdan keyin ularning soni 1223 taga etgan.
Ariq suviga nisbatan ariqning choʻkindi qismida mikroblar, ayniqsa, oltingugurt va temir bakteriyalari koʻp uchraydi. Bulardan tashqari, nitrifikatorlar, azotofiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi. Suvda doim uchraydigan vakillardan Bac. fluorescens, Bac. aquatilis, Micrococcus candicans va boshqalar uchraydi. Hovuz suvlarida esa vibrionlar, spirillalar, temir va oltinguturt bakteriyalari va ular orasida yuqumli ichak kasalliklari qoʻzgʻatuvchi vakillari ham uchraydi.
Suvning eng iflos qismi polisaprob zona deyiladi va undagi suvning 1 ml da 1000 taga yaqin bakteriya uchraydi. Polisaprob zonada oʻsimlik va hayvon qoldiqlari anaerob yoʻl bilan parchalanadi. Natijada metan, vodorod sulfid, metil – merkaptan, ammiak, organik kislotalar va aminokislotalar hosil boʻladi. Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi: H2S→H2SO4 gacha, NH3→HNO3 gacha oksidlanadi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish