Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet53/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Ipsimon bakteriyalar suv ostidagi narsalarga yopishib olib, hayot kechiradi. Ular shilimshiq qin ichiga joylashib yashaydi va voyaga etganda har qaysi hujayraning bir uchida xivchinlar toʻplami paydo boʻladi. Xivchinli bakteriyalar hujayralar bir qancha vaqt oʻtgandan keyin suv ostidagi narsalarga yopishib oladi va xivchinini yoʻqotadi. Xivchinini yoʻqotgan hujayra tezlik bilan, koʻpayib, shilimshiq qinga oʻraladi, bu hujayralar voyaga etguncha qin ichi turadi.



6 – rasm. Pichan batsillasining Basillus subtilis ning rivojlanish bosqichlari:
a – harakatchan hujayra; b – xivchinini yoʻqotib boʻlinish payti;
v – xivchinlarni qaytadan hosil boʻlish stadiyasi; g – sporalarning hosil boʻlish davri; d – sporadan oʻsib chiqishi.


Prokariotlarning koʻpayish usullari. Tayoqchasimon bakteriyalar boʻlinishidan oldin u boʻyiga oʻsadi va ikkiga boʻlina boshlaydi. Tayoqcha oʻrtadan sal torayadi va ikkiga boʻlinadi. Agar hujayra ikkita bir xil boʻlaklarga boʻlinsa, bunga izomorf boʻlinish (izo-teng) deyiladi. Koʻpincha geteromorf (noteng) boʻlinish kuzatiladi.
Agar xivchinli hujayra boʻlinsa, qiz hujayrada koʻpincha xivchinlar boʻlmaydi ular ona hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan xivchin oʻsadi. Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar va xivchinlarga ega boʻladi. Spiroxetalar, rikketsiyalar, ba’zi achitqilar, zambrugʻlar, sodda xayvonlar (protistlar) koʻndalangiga boʻlinib koʻpayadi. Mikrobakteriyalar “tortilib” (“peretyajka” hosil qilib) koʻpayadi. Avval hujayra boʻlinadigan joyidan torayadi, soʻngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab boʻrtadi va oxirida ikkiga boʻlinadi. Qiz hujayra oʻzi sitoplazmatik membranasi boʻlgani holda, hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi.
Ba’zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon’yugatsiya deyiladi. Bu xil koʻpayish haqida “Bakteriyalar genetikasi” mavzusida ma’lumot beriladi.
Shunday qilib, oʻsish va koʻpayish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil boʻladi. Ularning koʻpayishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya (koʻpayish) vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, haroratiga, pH) ga bogʻliq. Generatsiya vaqtining eng optimal muddati 20-30 minut boʻlsa, 2 soatda 6 ta Generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim boʻladi. Ammo bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik Generatsiya hosil qilish yoʻli bilan koʻpaya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda koʻpayganda edi, bir dona E. co1i 24 soatdan soʻng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan boʻlar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning oʻsishi shu tarzda davom etsa, 24 soatdan soʻng toʻplangan massa yir shari massasidan birnecha marta ogʻir boʻlib chiqar edi. Ammo, amalda shunday boʻlmaydi, chunki oziqa moddalarning etishmasligi va hosil boʻlgan mahsulotlar bakteriyaning koʻpayishini cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda (yangilanib turganda) bakteriyalar har 15-18 minutda boʻlinib turadi. Suyuq oziqa muhitda bakteriyalar oʻsish tezligining vaqtga qarab oʻzgarishini kuzatish mumkin. Oziqa muhitga tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, soʻng tezlik bilan koʻpayadi va maksimumga chiqadi. Oziqa moddalarning kamayishi va hosil boʻlgan mahsulotlarning koʻpayishiga qarab, oʻsish sekinlashadi va toʻxtaydi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish