Sporalarni boʻyash uchun maxsus murakkab boʻyash usullari qoʻllaniladi, chunki sporalar zich qobigʻi borligidan oddiy usulda boʻyalmaydi. Sporani boʻyamoq uchun (Ojeshko usuli) qobigʻini yumshatish kerak, buning uchun karbol kislota, xlorid kislota yoki boshqa moddalar bilan yuqori haroratda dorilanadi. Soʻngra sporalar Sil-Nilsen usulida boʻyaladi. Boʻyalgan sporalar kislota ta’sirida rangini yuqotmaydi.
Bakteriyalar kapsulasini koʻrish. Preparat odatdagi usullar bilan boʻyalganda mikroblar kapsulasi koʻrinmaydl, chunki ular boʻyalmaydi. Kapsulalarni negativ preparatlarda qorongʻi fonda koʻrish osonroq, buning uchun buyum oynasidagi surtmani suvli fuksin bilan (5-10 minut) yoki boshqa boʻyoqlar bilan qoʻshimcha boʻyash kerak (Gins usuli). Mikroskopda quyidagi manzara kurinadi: toʻq qizil fonda rangsiz kapsula, qizil tayoqchalar koʻzga tashlanadi.
Zamburugʻlar va achitqilarni mikroskopda tekshirish uchun boʻyalmagan preparatlar – ezilgan yoki osilgan tomchidan foydalaniladi.
Spiroxetalar asosan qorongʻilatilgan koʻrish maydonida yoki negativ preparatlarda tekshiriladi. Ba’zi spiroxetalarni boʻyalgan preparatlarda tekshirish mumkin, buning uchun maxsus boʻyash usullari (Romanovskiy-Gimza usulida boʻyash) tatbiq etiladi.
Sodda jonivorlarni tekshirishda turli usullar tatbiq etiladi. Sodda jonivorlar ba’zan tiriklayin tekshirilsa, ba’zan murakkab boʻyash usullari qoʻllaniladi. Bu usul sodda jonivorlar hujayrasining struktura elementlarini (yadro, protoplazma va shunga oʻxshashlarni) differensiallashga imkon beradi (Romanovskiy usuli).
Sinov savollari:
Mikrobiologiya qanday ob’ektlarni oʻrganadigan fan?
Mikrobiologiyaning inson, hayvon va oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati.
Mikroorganizmlarning qishloq xoʻjaligi, sanoat, tibbiyotdagi roli va ishlatilishi.
Mikrobiologiya fanning tarmoqlari va ularga tavsif.
Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixida Gippokrat, Lukresiy, Ibn Sino, Galliley va boshqalar ishlarini ahamiyati.
Mikroskopni kim ixtiro qilgan va unda qanday ob’ektlar kuzatilgan?
Kim birinchi marta qutirish, oʻlat, vabo kasalliklarini oʻrgangan va davo topgan?
Qutirish kasalligining mikroorganizmlari kim tomonidan oʻrganilgan va nima uchun davo topilishiga qaramay uning qoʻzgʻatuvchisini mikroskopda koʻrish mumkin boʻlmagan?
Mikrobiologiya rivojlanish tarixining davrlari haqida nimalarni bilasiz?
Mechnikovning mikrobiologiya rivojiga qoʻshgan hissasi nimalardan iborat?
Bakteriyaning sof kulturasi deb qanday kulturaga aytiladi?
Bakteriya preparatini tayyorlashning oddiy va differensial (Gram usulida boʻyash) usullarini ayting.
Mikroskopning kattalashtirish kuchi deb nimaga aytiladi va u qanday omillarga bogʻliq?
Gram usulida boʻyash hujayraning qaysi qismlari va ulardagi qanday moddalarga bogʻliq?
Do'stlaringiz bilan baham: |