Umumiy mikrobiologiya fanining asosiy tadqiqot usullari:
A). Toza kulturalar haqida tushuncha va ularning olinishi. Bir turdagi bakteriya indvidlarining (osoblarining) yigʻindisi bakteriya kulturasi deyilib, ulardan toza kulturani ajratib olish uchun odatda namuna mikroorganizm yoki bakterial kulturadan har xil suyultirilgan namunalar tayyorlanadi va ular qattiq oziqa muhitiga ekiladi. Ma’lum muddat termostatda optimal haroratda oʻstirilganda, ayrim bakteriya koloniyalari hosil boʻladi. Ana shu koloniyalar nazariy jihatdan bir bakteriya hujayrasidan hosil boʻlgan indvidlar yigʻindisidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlari, shakllari va boshqa xususiyatlari bir xil boʻladi. Amaliyotda toza bakteriya kulturasini olish uchun, suyultirilgan namuna qattiq oziqa muhitidan bir necha marta “oʻtkazilib”, mikroskop ostida ularning morfologiyasi kuzatilib, soʻngra ularning shu tozaligida boshqa xususiyatlari oʻrganiladi.
Mikromanipulyator yordamida ham bir hujayradan iborat toza bakteriya kulturasi tayyorlanadi.
Mirobiologiya amaliyotida mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash uchun har xil usullardan foydalaniladi. Fiksirlab boʻyalgan preparatlar tayyorlash usuli, “ezilgan tomchi” usuli, “osilgan tomchi” usuli, Gram usulida boʻyash va hokazolar shular jumlasidandir.
B). Mikroskopning koʻrsatish qobiliyati va foydali kattalashtirishi. Mikroskopning koʻrsatish qobiliyati deb, unda koʻrish mumkin boʻlgan eng kichik ob’ekt (manba) kattaligiga aytiladi. Demak, u qanchalik kichik ob’ektni koʻrsata olsa, uning koʻrsatish qobiliyati shunchalik katta boʻladi va uning koʻrsatish qobiliyatn quyidagi formula bilan aniqlanadi:
d-ob’ekt qismlari orasidagi eng qisqa masofa,
0,61-koeffisient,
λ-nurning toʻlqin uzunligi,
A1-ob’ektivning aperturasi soni,
A2-kondensorni son aperturasi,
A1=A2 ga deb faraz qilsak, apertura soni quyidagicha aniqlanadi: Asin=U x n; U-ob’ektivga kiradigan nur burchagining yarmi, n-preparat bilan ob’ektiv orasidagi (qoplagʻich oyna bilan ob’ektavni oldingi linzasi orsidagi) muhitning nur sindirish koʻrsatkichi. Agar U=900, n=1,5 boʻlsa, unda A=1,5 ga teng boʻladi. Yorugʻlik nurini toʻlqin uzunligi λ=600 nm (0,6 mkm) boʻlsa, d=0,2 mkm. Demak, yorugʻlik mikroskopning qoʻrsatish quvvati 0,2 mkm. Agar d ning absolyut qiymati kichik boʻlsa, mikroskopni koʻrsatish imkoniyati shuncha katta boʻladi va shuncha kichik ob’ektni koʻrish mumkin.
Mikroskopning ob’ektivlari har xil, shuning uchun ularning aperturasi ham ob’ektivga qarab turlichadir.
Kuchsiz ob’ektiv x10, aperturasi 0,02-0,025.
Oʻrtacha ob’ektiv x40, aperturasi 0,3-0,65.
Kuchli ob’ektiv x120, aperturasi 0,7-1,6.
Talabalar amaliyotda optik mikroskoplardan asosan MBI-1 ning toʻgʻri va egri tubusli (truba) xillaridan foydalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |