Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet12/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Tuproq mikrobiologiyasi boʻyicha ham ancha ishlar qilindi. Shlyozing va Myuns kabi fransuz olimlari nitrifikatsiya jarayonini oʻrgandi. S.N. Vinogradskiy bu jarayonni chuqur oʻrganib “Tuproq mikrobiologiyasi” degan asarni yaratdi, “Xemosintez” (kimyoviy energiya ishtirokida suv va CO2 dan organik moddalar hosil boʻlishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar boʻldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalar misolida aniq koʻrsatib berdi. Tuproqda erkin holda yashovchi anaerob bakteriya klostridium pasterianum, sellyuloza parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va u koʻpgina mikrobiologik usullar yaratdi.
Nemis olimi M. Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot oʻzlashtiruvchi bakteriyalardan azotobakterni aniqladi. G. Gelrigel, G. Vilfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, dukkakli oʻsimliklarning azot oʻzlashtirishi, ular ildizidagi tugunaklarga bogʻliq ekanligini koʻrsatib berishdi.
Sekin-asta toʻplangan manbalar, ayniqsa nafas olish va bijgʻish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr “mikrobiologiyaning biokimyo yoʻnalishi” ga turtki boʻldi. Bu borada S.P. Kostichev, V.S. Butkevich, V.N. Shaposhnikov va N.D. Ierusalimskiylarni ishlari alohida ahamiyatga ega.
Chirindi moddalar va tuproq strukturasiniig hosil boʻlishida tuproq mikroorganizmlarning rolini tushuntirishda I.V. Tyurin, M.I. Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini oʻrganish sohasida B. L. Isachenko, E.N. Mishustin, N.M. Lazerevlar tuproq va rizosferadagi turli xil mikroorganizmlarning faolligini aniqlashda N.N. Xudyakov, N.G. Xolodniy, V.S. Butkevich, N.A. Krasilnikov, E.F. Berezova, Ya.N. Xudyakov va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga egadir.
B.F. Perfilev va D.R. Gabellar keyingi vaqtda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga oʻz hissalarni qoʻshgan olimlardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya usuli choʻkindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.
Oʻtgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning bir tarmogʻi boʻlgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topa boshladi. G.A. Nadson, B.L. Isachenko, M.A. Egunov, V.O. Tauson, V.S. Butkevich, A.E. Kriss, A.S. Razumov va boshqalar bu tormoqni rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. G.A. Nadson va uning shogirdi G.S. Fillipov 1925 yilda achitqi zamburugʻlariga turli nurlar ta’sir etib, ulardan mutantlar oldi.
Mikrobiologiyadagi ana shunday katta kashfiyotlar mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bogʻliqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar tizimini takomillashtirdi. 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ultramikroskopni, 1908 yilda A. Keller va Zidentopf birinchi lyuminessent mikroskopni kashf etdilar. Nihoyat 1928-1931 yillarda birinchi elektron mikroskop yaratildi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda oʻlchamli buyumlarni koʻrish mumkin boʻldi. 1934 yili F. Sernike fazo-kontrast tamoilini takomillashtirdi.
Mamlakatimizda mikrobiologiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli, uning nazariy va amaliy masalalari bilan bogʻliq boʻlgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining mikrobiologiya va botanika institutlarining xodimlari akademik A.M. Muzafarov, M.I. Mavloniy, A.Gʻ. Xolmurodov, S.A. Asqarova, professorlar I.J. Jumaniyozov, Q.D. Davronov, S.S. Ramazonova, S.M. Xojiboeva, J. Safiyazov, J. Qutliev, A.S. Rasulov, X.O. Berdiqulov, R. Shoyoqubov, J. Toshpoʻlatov, Z.R. Ahmedova va boshqalar fan rivojiga katta hissa qoʻshib kelmoqdalar. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti olimlari M.M. Raximov, A.A. Vohobov, O.G. Yolkina, K.Yu. Musaev, F.G. Axmedova, Ya.F. Nizametdinova, M.L. Mansurova, I.A. Muzafarova, Toshkent Davlat Texnika Universiteti olimlari S.X. Abdurazzoqova, Sh.I. Hakimova, M. Kil va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishida oʻz xissalarini qoʻshib kelmoqdalar.



Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish