Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet33/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

I-Firmibacteria sinfi.
Bu sinfga 3 guruh prokariotlar kiradi.
1-guruhga Gram musbat Micrococcaceae, Streptococcaceae va Peptococaceae oilalari kiradi.
Micrococcaceae oilasiga sharsimon shaklli bakteriyalar kirib, har xil tekislikda boʻlinib, har xil shaklli toʻplamlar, paketlar hosil qiladi. Tuproqda, suvda uchraydi. Issiq qonli hayvonlar terisi va shilliq qavatlarida uchrab, kasalliklar vujudga keltiradi.
Streptococcaceae oilasining vakillari sut-qatiq mahsulotlari olishda, silos tayyorlashda va boshqalarda katta ahamiyatga ega boʻlib, sharsimon yoki oval koʻrinishga ega, hujayralar juft-juft boʻlib, ikkitadan yoki toʻrttadan-birgalashib har xil uzunlikda zanjir hosil qiladi. Tuproqda, oʻsimlik barglarida, sut va undan tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi.
Peptococcaceae oilasi vakillari tuproqda oʻsimliklar ustida, odam va hayvonlarning oshqozon-ichak yoʻllarida uchrab, sharsimon shaklli ular alohida ikkitadan zanjir, toʻrttadan kubsimon paketlar hosil qiluvchi prokariotlardir.
2-guruhga spora hosil qiluvchi Bacillaceae oilasi vakillari kiradi. Tayoqchasimon, harakatchan vakillari peritrixal hivchinlar bilan ta’minlangan. Sporalari hujayraning har xil qismlarida hosil boʻlib hujayra shakli oʻzgarmasligi yoki baraban tayoqchasi yoki dug shaklida boʻlishi mumkin. Tuproqda, suvda, odam va hayvonlar hazm sistemasida uchraydi.
3-guruhga spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon shaklli Lactobacillaceae oilasi vakillari kirib, tuproq, oʻsimlik, hayvonlarning oshqozon-ichak yoʻllarida va sut mahsulotlarida uchraydi.
II-Tallobacteria sinfi.
Bu sinfga aktinomisetlar va ularga yaqin organizmlar kiradi va uch guruhga boʻlinadi.
1-guruhga bakteriyalari spora hosil qilmaydigan, bir tomoni yoʻgʻonlashgan tayoqcha shakliga ega bakteriyalar kiradi. Ularga polimorfizm xususiyati xos boʻlib, ba’zan katta tayoqcha shakliga ega boʻlishi va oʻsish jarayonida kalta tayoqcha va sharsimon shaklli bakteriyalar hosil bulishi mumkin. Vakillari odam, hayvon na oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatadi. Artrobakter ham shu guruhga kirib, sharsimon shaklli formalar hosil qiladi, ba’zan esa gigant, limon shaklli koʻrinishga ega boʻladi.
2-guruhga Propionibacteriaceae oilasi kirib, Propionobacterium va Eubacterium avlodlaridan tashkil topgandir.
Propionobacterium avlodi hujayralari toʻgʻri, shoxlangan tayoqcha, toʻgʻnagʻich yoki ipsimon shakllarga ega. Ba’zan sharsimon shaklli boʻlishi ham mumkin. Sut mahsulotlarida, odam terisida, oshqozon-ichak yoʻllarida uchraydi. Ba’zi vakillari pishloq tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zilari odam va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatadi. .
Eubacterium avlodiga tayoqchasimon shaklli sporasiz bakteriyalar kirib, odam va hayvon organizmida, hayvon va oʻsimliklardan tayyorlagan mahsulotlarda keng tarqalgan. Ba’zi turlari kasallik qoʻzgʻatuvchilardir.
3-guruhga Actinomycetales tartibi kiradi. Ular shoxlangan gifalardan iborat boʻlib, ulardan mitselliy hosil boʻladi. Gifalar bir hujayrali, diametri 0,5-2 mkm. Agarli ozuqa muhitda oʻstirilgan aktinomisetlarda substrat va havo mitselliylari boʻladi. Havo mitsellalari toʻgʻri shoxlangan, spiralsimon koʻrinishda boʻladi. Spora hosil qiluvchilari boʻlib, sporalar koʻpayish uchun xizmat qiladi. Ba’zi aktinomisetlarda havo mitsellalari oʻrnida har xil shoxlangan tayoqchalar boʻladi. Aktinomisetlarning saprofit hamda odam va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchilari mavjud. Ba’zi vakillari hayvon, odam va oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashishda ishlatiladigan antibiotiklar ajratadi. Aktinomisetlar tartibi oltita oilani oʻz ichiga oladi.
III. Tenericutes boʻlimi.
Bu boʻlimga rigid (qattiq) hujayra devori yoʻq, Gramanfiy, peptidoglikan sintezlamaydigan prokariotlar, odam, hayvon va oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchi mikoplazmalar kiradi. Ularda hujayra devori yoʻq. Hujayra membranasi uch qavatdan iborat boʻlib, oval yoki sharsimon shaklli ba’zilari ipsimon shoxlangan boʻlishi mumkin. Kattaligi 125-250 nm. boʻlib eng kichik bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson oʻtadi. Ular Mollicules sinfini tashkil etib, Mycorlasmatales tartibi va bu tartibga uch oila-Mycorlasmataceae, Acholeplasmataceae va Spiroplasmataceaelar kiradi.
IV. Mendosicutes boʻlimi.
Bu boʻlimga hujayra devori takomillashmagan, peptidoglikani yoʻq, hujayralari sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon, piramida koʻrinishli, kvadrat, olti burchakli, turli yulduzsimon, mitselliyli va hokazo shaklli prokariotlar kiradi. Ba’zi vakillari Gram musbat, ba’zilari Gram manfiy boʻyaladi. Boʻlimga Agsheobacteria sinfi kirib, ular oʻzining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari va ekologiyasining noyobligi bilan boshqa prokariotlardan keskin farqlanadi, Xususan, ribosomasi RNK-5S va 16S, transport RNK lari tarkibi va birlamchi tuzilishi va hujayra devori lipid membranasi tarkibi bilan ajralib turadi. Ba’zi turlarining 100°C dan ham yuqori haroratda rivojlanishi va boshqa noyob xususiyatlar bu xil prokariotlarga xosdir.
Arxibakteriyalar 5 guruhga boʻlinadi:
1-guruhga metan hosil qiluvchi, sharsimon, tayoqchasimon shaklli bakteriyalar kirib, sirka kislota yoki metil spirtidan metan va CO2 hosil qildi. Ular tuproq, botqoqliklarda, hayvon va odamlarning oshqozon-ichak yoʻllarida tarqalgan.
2-guruhga aerob, oltingugurtni oksidlovchi, qulay rivojlanish harorati 70-75°C, pH optimumi 3 boʻlgan atsidofil bakteriyalar kiradi.
3-guruhga oltingugurtni H2S gacha anaerob qaytaruvchi, qulay rivojlanish harorati 85-105°C issiq suvlarda tarqalgan prokariotlar kiradi.
4-guruhga galobakteriyalar kirib, “kvadrat bakteriyalar” ham deyiladi. Ular NaCl ning 20-25% li eritmasida ham rivojlanadi. Ular shoʻrlangan tuproq, suv havzalari va boshqa muhitlarda tarqalgan.
5-guruhga termoasidofil “mikoplazma”lar kirib, yuqori (60°C) haroratda va past (1-2) pH da rivojlanadi. Ular Yaponiyaning issiq mineral suvlarida topilgan.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish