Qorongʻi maydonda koʻrish mikroskopi. Koʻrish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Odatda ishlatiladigan kondensorlar (yorugʻ maydonli mikroskopda) oʻrtadagi nurlarini oʻtkazib, chetkilarini tutib qolsa, qorongʻi maydonli mikroskopda kondensor faqat chetki nurni oʻtkazadi, nurlarning ogʻish burchagi katta boʻlganligi uchun, ular ob’ektivga tushmaydi, natijada koʻrish maydoni qorongʻi boʻlganligi uchun, koʻrish maydoni qorongʻi boʻlib qoladi.
Difraksiya natijasida nurlar har tomonga sochilib ob’ektivga tushadi. Natijada qorongʻi fonda turgan bakteriyalar yaltirab koʻrinadi. Bu usulida kurish OI-7 yoki OI-19 kabi yoritgichlar ishlatilsa yaxshi natija beradi .
V). Oddiy va differensial boʻyash va ularga tavsif.
Mikroblarni boʻyashning oddiy va murakkab usullari bor.
Oddiy boʻyash usulida boʻyoqlardan faqat birontasi suyultirilgan fuksin (2-3 minut davomida boʻyaladi), metilen sinkasining suvli eritmasi, ishqorli sinka (3-5 minut davomida boʻyaladi) qoʻllaniladi.
Murakkab (yoki differensial) boʻyash usullarida 2-3 boʻyoq ishlatiladi. Bu usullar mikroblarning turli boʻyoq va reaktivlarga turlicha munosabatda boʻlishiga aooslangan. Shuning uchun murakkab boʻyash usullari mikrob hujayralarning tuzilishini mukammal oʻrganish va mikroblarning ayrim turlarini bir-biridan ajratish uchun qoʻllaniladi.
Mikroblarni murakkab boʻyashdagi universal usul – Gram usulida boʻyashdir.
Gram usulida boʻyash mikroblarni differensial boʻyashdagi asosiy usuldir. Bunda hamma bakteriyalar ikki guruhga boʻlinadi. Gram usulida boʻyaladigan-Grammusbat mikroblar (Gram+) deb ataladigan mikroblar va Gram usulida boʻyalmaydigan-Grammanfiy (Gram-) mikroblarga boʻlinadi. Mikroblarning Gram usulida boʻyalish-boʻyalmasligi ularning xususiyatlarida albatta koʻrinadi. Gram usulida boʻyashning mohiyati shundan iboratki, Grammusbat mikroblar gunafsha boʻyoqlar (gensianviolet, metilviolet, kristalviolet) va yod bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Bu birikma spirt ta’sirida bakteriya va zamburugʻlarning tanasidan ajralib chiqmaydi. Boshqa, Grammanfiy mikroblar esa boʻsh birikma hosil qiladi, bu birikma spirt ta’sirida ajralib chiqadi, natijada mikroblar rangini yoʻqotadi.
Grammanfiy bakteriyalarni aniqlash uchun preparat kontrast boʻyoq bilan qoʻshimcha boʻyaladi, buning uchui eng yaxshi boʻyoq-suyultirilgan fuksindir.
Mikroblarning Gram usulida boʻyalish-boʻyalmasligi kimyoviy tarkibining xususiyatlari bilan izohlanadi. Grammusbat mikroorganizmlar protoplazmasining yuza qavatlarida ribonuklein kislotaning magniyli tuzi bor, u gensianviolet bilan birikib, spirtda erimaydigan birikma hosil qiladi.
Gram usulida boʻyash uchun quyidagi boʻyoq eritmalari va reaktivlar boʻlishi kerak: 1) karbolli gensianviolet (yoki metilviolet, yoki kristalviolet);
Lyugol eritmasi;
spirt;
suyultirilgan fuksin.
Do'stlaringiz bilan baham: |