1. O‘XSHASH USKUNALAR TASNIFI 1.1. Erkin oqib tushuvchi pardali bug‘latgichlar. Biosintezning aksariyat mahsulotlari uzoq termik ishlov berish davomida o‘zining qimmatga ega sifatlarini yo‘qotib boradi. Shuning uchun bunday termolabil moddalarni tutgan eritma yoki suspenziyalarni bug‘latishda o‘ziga xos yondashuv va mos keladigan apparatura talab etiladi.
Pardali oqimni turli xil usullar orqali hosil qilish mumkin. Ulardan eng oddiysi suyuqlikning maxsus sug‘orgich (parda hosil qiluvchi) dan vertikal yuzaga uzatilishidan iborat. Ushbu prinsip asosida erkin oqib tushuvchi pardali bug‘latgichlar ishlaydi. Ular qovushqoqligi past bo‘lgan termolabil suyuqliklarni bug‘latishda ishlatiladi. Konstruktiv jihatdan yasalishiga ko‘ra bu apparatlar ikki naysimon va plastinkasimon turlarga bo‘linadi.
Sanoatda naysimon bug‘latgichlar keng miqyosda qo‘llaniladi. Bunday apparat (1.1-rasm) quvurlar orasidagi bo‘shliqqa uzatiladigan to‘yingan suv bug‘i yoki issiq suv orqali isitiladigan kojux- naysimon issiqlik almashtirgich ko‘rinishida yasaladi.
Oddiy issiqlik almashtirgichdan farqli ravishda u boshlang‘ich eritma taqsimlagichi (2) va har bir quvurning (3) yuqori qismida o‘rnatiladigan sug‘orgichlarda hosil qiluvchilar (1) ga ega. Quvurlarning pastdagi quvur panjarasi tagiga chiqarilgan rastki uchlari egri kesmalarga ega bo‘lib, ular suyuqlikning oqim bo‘ylab tushishiga hamda undan ikkilamchi bug‘ning yaxshiroq ajralib chiqishiga yordam beradi.
1 .1-rasm. Oqib tushuvchi parli bug‘latgich
1.2. Markazdan yuguruvchi bug‘latgichlar. Markazdan yuguruvchi kuch ta’siri ostida issiqlik almashinuvining tez aylanayotgan yuzasi bo‘ylab harakatlanayotgan suyuqlikning yupqa pardasidan erituvchining bug‘lanishi sodir bo‘ladigan apparatlar markazdan yuguruvchi bug‘latgichlar nomini oldilar. Hamma ma’lum bo‘lgan pardali bug‘latuvchi apparatlar ichida markazdan yuguruvchi bug‘latgichlar eng tezkor bo‘lib hisoblanadi.
Issiqlik almashinuvining yuzasi aylanadigan bug‘latgichlar asosan termolabil va ko‘piruvchi eritmalarni konsentrlash uchun qullaniladi. Mikrobiologik sanoatda ular harorat ta’siriga o‘ta sezgir bo‘lgan ferment eritmalarni bug‘latishda ishlatiladi. Bunday apparatlarning issiqlik almashinuvi yuzasi yupqadevorli elementlardan tayyorlangan bo‘lib, ularning bir tomoniga issiqlik tashuvchi, ikkinchisiga ega bug‘lanayotgan suyuqlik yaqinlashtirilgan. Sanoatda ko‘proq tepa qismi 70-130o burchak ostida bo‘lgan, kesilgan, yupqadevorli konuslardan yasalgan issiqlik almashinuvi yuzasiga ega markazdan yuguruvchi bug‘latgichlardan foydalaniladi.
Bunday apparat (1.2-rasm) ichki qismida rotor-bug‘latgich joylashtirilgan qopqoqli (1) harakatlanmaydigan kojux (3) ga ega. Rotor korpusi (4) da konuslar yig‘masi o‘rnatilgan bo‘lib, ular quyidagi kameralarni hosil qiladi