YUqorgi ikkinchi kichik oziq tishi – birinchi premolyar tishiga o‘xshab ketadi, ammo xajmi kichikroq, chaynov yuzasi yaxshi rivojlanmagan va tekis bo‘ladi. CHaynov dumboqlari ko‘p xolatda bir xil shaklga va xajmga ega. Ularni ajratib turuvchi egat yaxshi rivojlanmagan. Odatda bu tish bir ildizli va bitta kanali bor. Ikkita ildiz aniqlansa, ular ildiz uchida birlashib umumiy kanal hosil qiladi. Tish barcha belgilarini farqlash qiyin. Ikkinchi premolyarning umumiy uzunligi- 20-21 mm, toj qismi uzunligi – 7,5-8 mm, ildiz uzunligi – 12-14mm, medio-distal kesimi kengligi – 6,5 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 8,9 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |