Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti 208 b guruh talabasi qudratillayev ulug’bekning ortopedik stomatologiya propedevtikasi fanidan tayyorlagan taqdimot materiali
Mavzu: Tish va tish yoylari. Periodont to’qimasining anatomik va funksional xususiyatlari 2021-yil
TISH YOYI-TISH QATORINING CHAYNOV YUZASIDAN KESUVCHI CHETI VA O’RTASI BO’YICHA O’TUVCHI CHIZIQQA AYTILADI. DOIMIY TISHLARNING YUQORI QATORLARI YARIM ELLIPS PASTKISI ESA PARABOLA SHAKLIGA EGA
YUQORI TISH PASTKISIDAN KENGROQ, BUNING OQIBATIDA OLDINGI TISHLAR SHU NOM BILAN ATALADIGAN PASTKI TISHLARNI YOPIB TURADI(YA’NI QOZIQ TISHLAR QOZIQ TISHLARNI). TISH QATORLARINI BUNDAY MOSLASHISH IMKONI MAYDA OVQATNI YUMSHATISH VA MAYDALASH IMKONINI BERADI
TISH QATORLARI MUSTAXKAMLIGI TISHLAR ORASIDAGI ALOQALAR, ALVEOLAR QISM, PARADONT ORQALI TA’MINLANADI. TISH QATORLARI MUSTAXKAMLIGIDA TISHLARNING JOYLASHISH HARAKTERI, ULARNI TOJ VA ILDIZ YO’NALISHLARI RO’L O’YNAYDI. PASTKI TISHLAR BUNDAN TASHQARI TISH YOYINING YANOQ BO’RTIG’I, TISH TIJLARINI OG’ISHI VA SHAKLI HISOBIGA QO’SHIMCHA MUSTAXKAMLIK OLADI
ORTOPEDIK STOMATOLOGIYADA TISH YOYIDAN TASHQARI ALVEOLYAR VA BAZAL(APIKAL) YOYLARNI FARQLASH QABUL QILINGAN. ALVEOLYAR YOY DEB ALVEOLYAR QIRRA O’RTASI BO’YICHA O’TKAZILGAN, TASAVVURDAGI CHIZIQ KO’ZDA TUTILADI. BAZAL YOY DEB ESA TISH ILDIZINING CHO’QQISI BO’YICHA O’TADIGAN CHIZIQQA AYTILADI. 2-NOMI APIKAL BAZIS DEB AYTILADI
Periodont-tish katakchasini kompakt plastinkasi va tishni ildiz qismini qoplovchi sement oralig’idagi periodontal yoriqda joylashgan biriktiruvchi to’qima bo’lib hisoblanadi. Periodontni asosini sharpey tolalari deb nomlanuvchi sement hamda alveolyar suyak tomon yo’nalgan kollagen va tishlar oralig’I tolalar tashkil qiladi
Sharpey tolalari 3-4 mikron qalinlikda bo’lib polipeptid molekulalardan iborat. Kollagen tolalarda ishqoriy va kislotali fosfataza va ko’p miqdorda mukopolisaxaridlar mavjud. Periodontni kollagen tolalari bir tomondan ildiz sementiga boshqa tomondan esa alveolyar suyakka birikadi
Venger olimi shugar bu tolalarni 3 ta guruhga boladi: 1 milk tolalari. 2 tishlar orasi tolalari. 3 tish katakchasi tolalari. Yo’nalishi bo’yicha esa: suyak qirg’og;ida joylashgan, qiyshiq, gorizontal, ildiz uchidagi radial yo’nalgan tolalar farqlanadi
Periodont- murakkab tuzilgan to’qimalar majmuasi bo’lib, tish jag’ tizimining ayrilmAS QISMI BO’LIB XISOBLANADI VA QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARADI: TAYANCH, BOSIM TARQATUVCHI, PLASTIK, TROFIK, SENSOR, BAR’YER YOKI HIMOYA. PERIODONTNING TAYANCH- USHLAB TURUVCHI FUNKSIYASI TOLALAR HISOBIGA AMALGA OSHIRILADI. CHUNKI PERIODONT ALVEOLAR KATAKDA TURLI YO’NALGAN TOLALAR YORDAMIDA TISHNI USHLAB TURADI
PERIODONTNING PLASTIK FUNKSIYASI UNDAGI HUJAYRA ELEMENTLARIGA BOG’LIQ BO’LADI. JUMLADAN SEMENTOSITLAR IKKILAMCHI SEMENT, OSTEOBLASTLAR ESA SUYAK TO’QIMASINI HOSIL BO’LISHIDA QATNASHADILAR. YAXSHI RIVOJLANGAN NERV VA QON TOMIR VA NERVLAR HISOBIGA PERIODONTNING TROFIK FUNKSIYASI BAJARILADI. BUNDA ILDIZ SEMENTI HAMDA ALVEOLANING KOMPAKT PLASTINKASI OZIQLANISHI TA’MINLANADI.
PERIODONTNI SENSOR FUNKSIYASI NERV OXIRLARI XISOBIGA AMALGA OSHADI. UNDAN TASHQARI PERIODONT TISHNI CHIQISHIDA, ALMASHINISHIDA VA SHAKLLANISHIDA QATNASHADI. PERIODONTNI HIMOYA FUNKSIYASI HISOBIGA ORGANIZM TURLI ZARARLI OMILLARDAN EXTIYOT QISMINI, USHBU ZARARLIKLARGA TO’SIQ HOSIL BO;LISHI BILAN TAVSIFLANADI
PERIODONT TO’QIMASINI YALLIG’LANISHI PERIODONTIT DEYILADI. PERIODONTITLAR KELIB CHIQISHIGA KO’RA INFEKSIYALI, JAROXATLI VA KIMYOVIY TURLARGA BO’LINADI. INFEKSIYALI PERIODONTITNI KELIB CHIQISHIDA STREPTOKOKK BAKTERIYALARI MUHIM O’RIN TUTADI. MIKROBLAR VA CHIRIGAN PULPA TOKSINLARI ILDIZ KANALI YOKI MILK CHO’NTAGI ORQALI PERIODONTAL YORIQQA KELIB TUSHADI
SHIKASTLANISH JARAYONIDA HOSIL BO’LGAN PERIODONTIT TISHGA BIR ZUMLI ZARB VA BIR NECHA BOR TA’SIR ETUVCHI MIKRO SHIKASTLAR(PRIKUSNI KO’TARUVCHI PLOMBA, QOPLAMA), ZARARLI ODATLAR(QALAMNI TISH QATORIDA USHLASH, TISHDA MIX USHLASH) KABI TA’SIRLAR NATIJASIDA YUZAGA CHIQADI
KIMYOVIY TA’SIRDAN KELIB CHIQUVCHI PERIODONTIT ARSENAT PASTA, FORMALIN, FENOLLAR TA’SIRIDA KELIB CHIQADI. KASALLIKNI KLINIK KECHISHIGA KO’RA O’TKIR VA SURUNKALI PERIODONTITLAR BIR BIRIDAN FARQLANADI. YALLIG’LANISHNING JOYLASHISHIGA KO’RA ILDIZ UCHI-APIKAL VA ILDIZ CHETLARIGA BO’LINADI
O’TKIR PERIODONTITLAR EKSSUDATIGA KO’RA O’TKIR SEROZ VA O’TKIR YIRINGLIGA BO’LINADI. SURUNKALI ILDIZ UCHI PERIODONTLARI PERIODONT TO’QIMASINI ZRARLANISH XARAKTERI VA DARAJASIGA KO’RA: SURUNKALI FIBROZ, SURUNKALI GRANULATSIYALOVCHI, SURUNKALI GRANULAMETOZ PERIODONTITGA BO’LINADI. SURUNKALI PERIODONTITLAR NOXUSH TASHQI MUHIT TA’SIRIDA O’TKIRLASHISHI KUZATILADI.