Shuningdek 2009 yilning boshidan boshlab, mehnat bozoridan negativ statistik ma’lumotlar kela boshladi. Turkiya iftisodiy siyosati ilmiy-tekshirio‘ instituti TEPAV ma’lumotlariga ko‘ra, global inqiroz sharoitida Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sanoat rayonlarida joylashgan yirik kompaniyalarning ishchilari birinchilardan bo‘lib, ish yo‘qotishga uchraganlar. Yangi vakansiyalar yaratish imkoniyatlari ancha qisqardi, shunigngdek iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoqlaridagi bandlik sohasida katta yo‘qotishlar yuz berdi. TEPAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yilning uchinchi choragiga qadar 10%ni tashkil qilib turgan ishsizlik 2009 yilning birinchi choragida 16%ni, ikkinchi choragida esa 13%ni tashkil qilgan. CNN Turk ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrdagi ishsizlik Respublika tuzilganidan beri bo‘lgan davr ichida rekord darajasiga yetgan.
Turkiyada ishsizlik darajasi
2009 yilning birinchi choragiga kelib, xorijga ishlashga ketgan turk fuqarolarining soni sezilarli darajada qisqargan. Turkiyaning banlik bo‘yicha tashkiloti İŞKUR ma’lumotlariga ko‘ra, turk gasterbayterlarining aksariyat qismi Rossiya, Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlaydi. 2009 yilning yanvar oyidan to iyul oyiga qadar 20226 ta turk fuqarolari xorijga ishlashga jo‘naganlar, bu ko‘rsatkich 2008 yildagi ma’lumotlarga nisbatan 2 baravar kam. Avvalari turk gasterbayterlarining asosiy manzili Germaniya hisoblangan bo‘lsa, hozirgi kunda Rossiya hisoblanadi, bu mamlakatga 2009 yilning 7 oyi ichida 4480 ta turk fuqarolari ishlashga ketganlar, 2008 yilda esa bu miqdorga 60%ga ortiq, ya’ni 12000 kishiga teng bo‘lgan. Undan so‘ng esa bu davr ichida Liviya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va atiga 20 kishi AQShga ishlashga ketgan.
Shuningdek global inqiroz sharoitida mehmonxona biznesi va turizm sektori katta yo‘qotiishlarga uchragan.
2009 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida mamlakatga 7,08 mln xorijlik sayyohlar kirib kelgan, bu ko‘rsatkich 2008 yilga nisbatan 4,8%ga qisqargan, xususan Rossiyaliklar soni 3,3%ga, Ukrainaliklar soni 24%ga, Isroiliklar soni esa 47%ga qisqargan.
Shuningdek Turkiyada inqiroz sharoitida sanoat ishlab chiqarishi ham 9,2%ga qisqargan.
Antikrizis chora tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, Markaziy Bank 2008 yilning oxiridan boshlab, ishlab chiqaruvchi firmalar uchun kreditlarni arzonlashtirish maqsadida foiz stavkalarini qisqartirdi.
Shuningdek inqiroz sharoitida qazib olish sanoatida 0,6%lik o‘sish, qayta ishlash sanoatida 7,2%lik, energetika sanoatida esa 3,6 lik ishlab chiqarishning qisqarishi kuzatilmoqda. Shu o‘rinda investision maxsulotlar ishlab chiqarish 15,8%ga qisqargan bo‘lsa, uzoq muddatli foydalanadigan maxsulotlar va mebel ishlab chiqarish 11,5%ga o‘sgan. Chunonchi, transport vositalari, neft maxsulotlari ishlab chiarish, hamda tosh ko‘mir qazib olish sezilarli sur’atda qisqargan. Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati 1,7%ga,tekstil sanoatida ishlab chiqarish 2,9%ga, tog‘-kon qazib olish sanoati 9,8%ga qisqargan . 2009 yil avgut oyida turk avtomobillarin xorijga sotish 29%ga, umumiy mamlakat eksporti esa 24,4%ga qisqargan. Shu tariqa Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisenti 2009 yilda o‘tgan yilga nisbatan 6,5%ga qisqargan va bu koefisent 2009 yilning avgust oyida 69,7%ni tashkil etgan.
Ushbu ma’lumotlarni taqdim etgan TurkStat, ishlab chiqarishning qisqarishiga ichki va tashqi bozordagi talabnig qisqarib ketishini omil deb ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inqiroz sharoitida ishlab chiqarishning qisqarishiga 52,2% ichki talabning qisqarishi,29,8% tashqi talabning qisqarishi, 3,7% moliyaviy muammolar, 3,6% ichki xom ashyo resurslarining yetishmasligi, 1,2% ishchilar bilan muammo sabab bo‘lgan.
Ammo turk Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yil Turkiya iqtisodiyotida tiklanish yili bo‘lishi ma’lum qilinmoqda.
Turkiya moliya vazirining ta’kidlashicha, hukumat inqirozga qarshi chora-tadbirlar qatoridanmamlakatga pul oqimini tezlashtirish uchun turk fuqarolari va tashkilotlarining xorijdan olgan daromadlarin soliq olishni bekor qilish,shuningdek turk investorlari uchun birja qimmatbaho qog‘ozlar bilan bo‘ladigan birja operatsiyalarida solilqrni bekor qilish kabilar o‘rign olgan.inqirozga uchragan kompaniyalar faoliyatini saqla qolish uchun ularning faoliyatini nisbatan muvafffaqiyatli kompaniyalar faoliyati bilan qo‘shib yuborish ham ko‘zda tutilgan. Bunday qo‘shilishni qo‘llab qo‘vvatlash uchun u kabi tashkilotlarning soliq to‘lovlarini 1-2 yil muddatga yengillashtirish mo‘ljallangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,Turkiya Respublikasining jahon-moliyaviy inqirozi sharoitida bukabi tushkunlikka tushishiga quyidagi omilar sabab bo‘lgan:
-
Turkiya iqtisodiyotining xizmat ko‘rsatish sohasiga, xususan turizm va mehmoxona biznesiga yo‘naltirilganligi. Turistlar oqimining qisqarishi daromadlarning qisqarishiga, shuningdek bu sharoitda mehnat bozoridagi salbiy o‘zgarishlar ushbu sektorda band bo‘lganlarning ishlaridan ayrilishiga olib keldi.
-
Turkiya iqtisodiyotining jahon moliyaviy inqirozi sharoitida jiddiy talofat ko‘rgan sanoat sektorlariga , masalan avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirilganligi.
-
Mamlakatning tashqi savdo faoliyatida Rossiya va Gkrmaniya kabi inqiroz sharoitida jiddiy talofat ko‘rgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilgani.
-
Aynan Rossiya va Germaniya kadi asosiy savdo hamkorlari hisoblanmish mamlakatlarga inqirozning jiddiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida bu mamlakatlardagi turk ishchilarining soni va ularning mamlakatlariga yuboradigan pul mablahlarining qisqarishi
-
Mamlakatdagi balanslashmagan demogrfik vaziyat va iqtisodiyotnig rivojlanish darajasi
Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat ishlab chiqarishida kuzatilgan o‘zgarishlar
-
qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish 7,2% ga
-
energetika sanoatida ishlab chiqarish 3,6% ga
-
investision maxsulotlar ishlab chiqarish 15,8% ga
-
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati 1,7% ga
-
tekstil sanoatida ishlab chiqarish 2,9% ga
-
tog‘-kon qazib olish sanoati 9,8% ga
-
turk avtomobillarin xorijga sotish 29% ga
-
umumiy mamlakat eksporti 24,4%ga
-
Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisenti 6,5% ga qisqargan. (2009 yilning avgust oyida 69,7% ga teng)
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida Turkiya Respublikasida ishlab chiqarishning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar
Nazorat savol va topshiriqlari
-
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uning turlarini izohlab bering?
-
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aytib bering?
-
Turkiya Resuplikasida iqtisodiy iqtisodiy o‘sish dinamikasini sharhlab bering?
-
Turkiya Respublikasiga jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozining ta’siri
Mustaqil ish topshiriqlari
-
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri va uni bartaraf etish chora-tadbirlari.
-
Turkiya Respublikasida iqtisodiy o‘sish
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
4.Деловая Туркия.Справочники Polpred
5.Turkey 2007. Multi-language cd-rom
5. И.Свистунова: Экономика Турции в условиях мирового финансового кризиса
. www.centrasia.ru
6. Глобальный экономический кризис преобразования социално-экономической ткани Турции.
Today’s Zaman. www.todayszaman.com
8-Mavzu: Turkiya milliy iqtisodiyoti tarkibi va undagi tarkibiy o‘zgarishlar
Dars o‘quv maqsadi- Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi va uning dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlar tushunchasi,Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibidagi o‘zgarishlar va unga ta’sir etuvchi omillar hamda Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibini takomillashtirish yo‘nalishlari.
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uning turlari haqida ma’lumotlar berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar- milliy iqtisodiyot, milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi,tarmoq tarkibidagi o‘zgarishlar.
Asosiy savollar
-
Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi va uning dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlar tushunchasi
-
Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibidagi o‘zgarishlar va unga ta’sir etuvchi omillar
-
Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibini takomillashtirish yo‘nalishlari.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
Iqtisodiyotning asosiy tarmoq tarkibi sanoat, qishloq xo‘jaligi, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy tarmoqlari hisoblanmish qurilish, savdo, transport va aloqa kabilardan iborat. Iqtisodiyotning har bir tarmog‘i o‘z navbatida yaxlitlashgan tarmoqlar va ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Har bir yaxlitlashgan tarmoq tarkibiga bir turdagi, biroq ma’lum maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashagan tarmoqlar kiradi Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi industrial mamlakat xususiyatlari bilan harakterlanadi.2009 yil yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya YaIMning 9,4%i qishloq xo‘jaligi, 25,9%i sanoat va 64,7%i xizmat ko‘rsatish tarmoqlarinig ulushiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning sanoat tarmoq tarkibida qurilishni ham o‘z ichiga olgan qayta ishlash sanoatining ulushi 84%ni, tog‘-kon sanoatining ulushi 7%ni, energetika sanoatining ulushi esa 9%ni tashkil qiladi. An’anviy tarzda Turkiya Respublikasida tekstil sanoati, charm sanoati, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati ancha rivojlangan. Shuningdek o‘z o‘rnida jahon bozorida turk kimyosi va farmasevtika maxsulotlari tobora ko‘zga tashlanmoqda, energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektronika va maishiy elektr maxsulotlarining ishlab chiqarilishi borgan sari ortmoqda. Sanoatning o‘ta tez sur’atlarda o‘sishi munosabati bilan YaIMda agrar sektorning ulushi tobora qisqarib borayotganiga qaramay, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish mamlakatdagi tarmoqlar ichida o‘zining salmoqli ulushini egallab turibdi. Agrar sektorning 60%ini dehqonchilik, 33%ini chorvachilik,75%ini esa baliqchilik va o‘rmonchilik tashkil qiladi. Malakatdagi yer resurslarining taxminan 90%i xususiy sektor qo‘lida bo‘lib, faqatgina o‘rmonzorlar va yaroqli yerlarning atigi 10%i davlat taasarrufidadir. Asosiy qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bu-bug‘doy, arpa, paxta, funduk va shakarqamish hisoblanadi. Shuningdek mamlakat hududida uzum, sitrus mevalar, zaytun, dukuklilar,kungaboqar, guruch, makkajo‘xori, tamaki va choy yetishtiriladi.
Chorvachilikka keladigan bo‘lsak, u Turkiyaning agro-sanoat kompleksining an’anviy rivojlangan sektorlaridan biridir. Biroq qishloq xo‘jaligining aynan chorvachilik sektori rivojlantiriladigan mamlakatning janubiy sharqiy rayonlaridagi kurdlar bilan yuzaga kelgan jangovor harakatlar tufayli Turkiyaning ushbu sektori hozirda og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqda.
Turkiyaning dinamik tarzda rivojlanib kelayotgan sohasi bu turizm sektoridir. Turkiya hududidagi takrorlanmas tarixiy obidalarning ko‘pligi, o‘ta go‘zal O‘rta yer daengizi sohillari va qulay iqlim-bularning barchasi turistik biznesnirivojlantirish uchun eshiklarni ochib beradi. Har yili deyarli 80ta mamlakatdann taxminan 9-10 mlnta turist mamlakatga keladi.Davlat g‘aznasining turizmdan keladigan daromadlari umumiy turk eksportining chorak qismini tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, migrantlarnig katta qismi eng avvalo Germaniyadan, so‘ngra esa Rossiyadan kirib keladi.
Turkiya iqtisodiyoti uchun 50 kishigacha band bo‘lgan kichik va 50tadan 200 kishigacha band bo‘lgan o‘rta korxonalarning katta ulushi harakterlidir. Turkiyada barcha ro‘yxatga olingan korxonalarning 95%i aynan kichik va o‘rta korxonalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotning bu kabi tarkibi mamlakatga ichki va jahon bozori konyunkturasining o‘zgarishlariga zudlik bilan munosabat bildirish va jahondagi iqtisodiy holatga moslashish imkoniyatini beradi.
Biroq ko‘rinib turibdiki, so‘nggi o‘n yilliklar ichida Turkiyaning o‘ta tez sur’atlar bilan zamonaviy industrial mamlakatga aylanishi asoratlarsiz kechmadi. 90-yilarnig boshlari va o‘rtasida ancha barqaror yuqori sur’atlar, ya’ni 6-8%lik ko‘rsatkichlar bilan rivojlanib kelayotgan mamlakat o‘tgan asrning oxirgi yillarida juda ko‘p beqarorlashtiruvchi ichki va tashqi omillar girdobida qoldi. 1995 yildan boshlab 4 yil ichida Turkiyada 7 martta xukumat almashdi, 1998 yilda iqtisodiyot Osiyo va Rossiya inqirozlari natijasida katta yo‘qotishlarga uchradi, 1999 yildagi 20 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan kuchli zilzila mamlakat iqtisodiyotiga 10-13 mlrd dollar mablag‘ miqdorida zarar keltirdi. Shu tariqa 1998 yilda miliy iqtisodiyotning o‘sishi sustlashib YaIMning 3,9%ga ortishiga, 1999 yilda esa 6,1%ga qisqarishiga olib keldi.
90- yillarning 2-yarmiga qadar nisbatan yuqori sur’atlar ya’ni 6-8%lik iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tashkil qilgan zamonaviy Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyoti hozirda nisbatan beqaror makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib turibdi. So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiy hayotining biroz beqarorlashuvigv qator obektiv va subektiv omillar sabab bo‘lmoqda.
Buning natijasija 1998-2000 yillarda mobaynida Turkiyaning moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotidagi aksariyat muhim ko‘rsatkichlar tushib keta boshladi.Bular :
-
1998-99 yillardagi YaIM sur’atlarining sustlashishi va qisqarishi
-
Tarkibiy disproporsiyalarning jadallashishi
-
Eksport stagnatsiyasi va tashqi savlo aylansmasining qisqarishi (bu hol so‘nggi yillar ichida birinchi martta 2000 yilda bo‘ldi)
-
Turizm daromadlarining qisqarib ketishi
-
Keyinchalik tashqi qarz va davlat byudjetining muntazam ortib borishi
-
Inflyatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlarini saqlanib turishi
2000 yillarga kelib, asta-sekinlik bilan iqtisodiy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy aloqalar jarayonlari barqarorlasha boshladi. Jarayonning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, eng avvalo moliyaviy va tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari vaziyat talab etgan tarzda hal qilindi. Umuman olganda bu holatdan chiqib ketish uchun 2000-2001 yillarda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida tiklanish bosqichlarini 2 guruxga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich. Bu bosqich 1999 yilning asosiy qismini egalladi va 2000 yilning noyabr oyiga qadar davom etdi. Bu bosqichda xukumat nafaqat 1999 yildagi YaIM ishlab chiqarishini saqlab qolishga, balki uning o‘sishiga ham erishdi.
Ikkinchi bosqich(2000y noyabr-2001 yil oktyabr). Ikkichi bosqich bank sektoridagi negativ holatlarning jadallashishi va natijada keng qamrovli moliyaviy-iqtisodiy inqirozga aylanib ketish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi. Turkiyaning moliyaviy-iqtisodiy holati va to‘lov qobiliyatining yomonlashishi va mamlakat ichida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning kelib chiqishi aynan shu davrga to‘g‘r keladi. Ushbu jarayonlar asta-seknilik bilan barqarorlashishi YaIMning shakllanishi va dinamikasida o‘z aksini topa boshladi. Masalan, Turkstat ma’lumotlariga ko‘ra, 1999 yilda 112,0 trl turk lirasini tashkil qilgan mamlakat YaIM 6,1%ga o‘si, 2000 yilda 118,9 trl turk lirasiga yetdi.
Ushbu jarayonlar asta-sekinlik bilan o‘zinig barqaror ko‘rsatkichlarini YaIMning shakllanishi va dinamikasida ko‘rsata boshladi. Turkstat ma’lumotlariga ko‘ra, 1999 yilda 112,0 trl turk lirasini tashkil qilgan mamlakat YaIM 6,1%ga o‘sib, 118,9 trl turk lirasig aetdi. Mutaxassislarning fikricha, YaIM va uning asosiy tarmoqlari(sanoat, qishloq xo‘jaligi.,xizmat ko‘satish, transport, savdo va qurilish)ning absolyut sur’atlar bilan o‘sishining asosiy omili va manbasi bu-avvalgi yilllrga qaragnda 32,4%ga ko‘proq bo‘lgan umumiy import hajmining ortishidir. Buning natijasida, yaratilgan YaIMning asosiy o‘sish sur’ati (27,3%) import maxsulortlarining soliqlari hisobidan amalga oshirilgan. Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro statistikada YaIM xisoblanganda import maxsulotlar i soliqlari ham oxirgi etapda hisobga olinadi.
Agar 2000 yil YaIM kvartallar bo‘yicha tahlil qilinsa, ramiy ma’lumotlarg ako‘ra, asosiy o‘sish sur’atlari 2-(7,6%) va 3-(7,2%) kvartallarga to‘g‘ri kelgan.Tubiyyki, bu holat bo‘lishi muqarrar edi. Chunki 4,9%ni tashkil qilgan 2000 yilning 1 kvartalida xukumat iqtisodiyotdagi ijobiy tendensiyalarni mustahkamlashga erishdi, 4,2%ni tashkil qilgan 4 kvartalga kelib esa yuqorida ta’kidlangandek mamlakatning moliya-bank sektoridagi ilk inqiroz holatlari ko‘zga tashlana boshlandi. Biroq. Shu holat 1999 yilda YaIMning 6%ga qisqarishi kuzatilgan mamlakatda 2000 yilda uning 6,1%ga o‘sshiga erishildi.
YaIMning tarmoq tarkibidagi ishlab chiqarish tarmoqlari orasida –kapital qurilish sektoridagi nisbatan keskin o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.Masalan, 1999 yilda ushbu sektorda 5,7%lik qisqarishni 2000 yilda esa 5,8 lik o‘sishni kuzatish mumkin. Bunday tarmoqlar qatoriga 1999 yilda 5,2% va 1,5%ga qisqargan hamda 2000 yilda o‘z navbatida 5,6% va 5,1%ga o‘sgan sanoat va transport tarmoqlarini kiritishimiz mumkin. Shuningdek ijobiy iqtisldi rivojlanish tendensiyalari haqida gap ketganda, aynan shu davr ichida ishlab chiqarishning butunlay qisqarib ketishi natijasida 1999-2000 yillarda o‘ta og‘ir ahvolda qolgan qurilish sektorining ijobiy tomonga o‘zgara olganini qayd etish joiz.
Turkiya iqtisodiyotining yana bir muhim sektorlarilan biri bo‘lmish-sanoat sektorida ham vaziyat birday tus olmadi. Ushub u sektorni rivojlanishining muhim omillaridan biri bu-1999 yilda eng quyi 6%lik qisqarishga uchragan va 2000 yilda 11,6% darajasida o‘sgan ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi edi. An’anaviy yaxshi daromad keltiradiga bu tarmoqning bunday evolyusiya bosqichlari Turkiya iqtiodiyoti rivojlanishining umumiy tendensiyalari bilan izohlanadi.
1999 yilda xalq xo‘jaligining turg‘un holati,sanoat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishni qisqarishi, yuqori inflyatsiya darajasi-bularning bari chakana va ulgurji bozorlar konyunkturasiga salbiy ta’sir qilda va natijada tovar aylanmasinig absolbt qisqarishi yuzaga keldi.
2000 yilda eng avvalo importningo‘sishi va xorijy turstlar sonining ortishi tufayli savdo sohasida unga xos bo‘lgan ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatildi. Bu o‘sish asosan mehmonxona sektori va umumiy ovqatlanish tarmog‘ida kuzatildi.2000 yilga kelib ulgurji va chakana savdo 10,7%ga o‘sdi. Noishlab chiqarish sektorlari ichida moliya-bank sektorini ham o‘z ichiga olgan faqatgina xizmat ko‘satish sektori 1999 yillardagi ko‘rsatkichlarni saqlab qoldi. Aynan moliya-bank sektori tufayli xizmat ko‘rsatish sektori mazkur davrni salbiy saldo bilan yakunladi.
Ishlab chiqarishning boshqa muhim tarmoqlarida ishlab chiqarishning o‘sishi turlicha tusda amlaga oshdi. Masalan, kapital qurilish tarmog‘ining hali ham iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ortdda qolish tendensiyalari, mamlakat bank-moliya tizimining ishdan chiqishi natijasida xizmat ko‘rsatish sektorining stagnsiyaga uchragani kabi holatlarni misol qilish mumkin.
Ushbu tendensiyalarning bari hali ham Turkiya iqtisodiyotida tarkibiy disproporsiyalarning saqlanib qolayotganiniga ishora qilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aynan turkiya iqtisodiyotining beqaror rivojlanish sur’atlari moliya-kredit tizimi va va bank tizimning holatiga, klnkret ishlab chiqarish tarmoqlari balan bog‘liq bo‘lgan maxsus ixtisoslashgan banklar holatiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotgan inflyatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlarini keltirib chiqargan.
Turkiya iqtisodiyotining alohida tarmoqlarining noproporsional rivojlanishi YaIM tarkibiniing shakllanishida o‘z aksini topgan.
1999-2000 yillarda Turkiya milliy iqtisodiyotining tarkibiy o‘zgarishlari
Yillar
|
Sanoat
|
Qishloq xo‘jali
|
Xizmat ko‘rsatish
|
Savdo
|
Transpor
|
Qurilish
|
1999
|
28,2%
|
14%
|
19,0%
|
21,0%
|
13,3%
|
5,4%
|
2000
|
28,2%
|
3,4%
|
18,0%
|
22,3%
|
13,1%
|
5,0%
|
Mazkur davr ichida iqtisodiyotning asosiy sektorlaridagi holat quyidagi xarakterlangan:
Sanoat.2000 yilda Turkiyaning sanoat ishlab chiqarish hajmi 33,6 trl lirani tashkil qildi.Bo‘ ko‘rsatkich 1999 yilda 31,6 trl turk lirasidan 5,6%ga ortiq. Mazkur davr ichida so‘nggi 5 yildan beri hukm surayotgan sanoat ishlab chiqarishining qisqarishini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, sanoat ishlab chiqarishidagi o‘sish, asosan xususiy sektor va qayta ishlash sanoatidagi energetika tarmog‘i hisobidan amalga oshirildi. Sanoat ishlab chiqarishining aksariyat muhim tarmoqlarida maxsulotlar ishlab chiqarish, ya’ni ko‘mir va po‘lat qazib olish, elekt energiyasini, sement, traktor, avtomobil, rangli televizor ishlab chiqarisho‘sdi. Shuningdek nisbatan kam samarador tarmoq bu ishlab chiqarish 2,8%ga qisqargan tog‘-kon sanoati tarmog‘i va nisbatan ancha samarador tarmoq bu-7,5%ga o‘sgan energetika tarmog‘i bo‘ldi .
Shuningdek 1999 yillardagi qisqarishi turk eksportiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazgan qayta ishlash sanoatining asta-sekinlik bilan ijobiy natijalarga erishayotganini misol qilish mumkin. Bunday tarmoqlar qatoriga tekstil, charm,avtomobil, metallurgiya sanoati.,maishiy texnika ishlab chiqarish kabi tarmoqlarni kiritish mumkin. Bu tarmoqlardagi o‘sish ko‘rsatkiichi. 5,6%ni tashkil qildi.
Turkiya sanoat sektori rivojlanishining doimiy muamosi bu- boshqa omillar qatori umumiy sanoat ishlab chiqarishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotgan - ishlab chiqarish quvvatlarining yetmasligidir. Aynan 2000 yillarga kelib sanoat ishlab chiqarishi quvvatining 76%lik o‘sish sur’atlariga erishildi.
Qishloq xo‘jali. Mazkur tarmoqning 1999 yilga nisbatan o‘sishi kuzatilsada, ekpert va mutaxassilar bu yilni agrar sektor uchun “yo‘qotilgan yil” deya ta’riflamoqdalar. Bunday ta’rif qishloq xo‘jaligi rivojlanishining nisbiy ko‘rsatkchilari va sektorning mamlakt iqtisodiyotida tutgan o‘rni bilan izohlanadi. Xususan,qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sanoat ishlab chiqarishining 47,6%ini tashkil qildi va bu ko‘rsatkich 1999 yilda 49,6 %ni va 1998 yilda 51,1%ni tashkil qilgan edi. Har yilgidek mamlakatda agrar ishlab chiqarish dehqonchilik hisobdan amalga oshirilmoqda.
Mamlakatdagi dehqonchilik tarmog‘i 2000 yilda donchilik hisobidan xususan, bug‘doychilik (11,1%),arpachilik (6,5%), va makkajo‘xorichilik (4,%) hisobdan amalga oshirildi. Shuni aytish joizki, agrar sektor ishlab chiqarishidagi noqulay holatning asosida –doimiy muammolar yotibdi. Eng asosiysilari bu :
-
Qshloq xo‘jaligi sohasida uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan umumiy agrar siyosatning mavjud emasligi
-
Doimiy ravishda davlat tomonidan agar sektorning ehtiyoji uchun ajratiladigan moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi,
-
Fermerlarning kasodga uchrashiga olib kelayotgan turli hil maxsulotlarning ichki narxlarini tartibga soluvchi iqtisodiyotning muntazam emasligi
-
Yer islohotlarining to‘liq amalga oshirilmaganiligi
Shuningdek bir qator agrar maxsulotlar ishlab chiqarilishiga ba’zi tashqi omillar ham ta’sir qilmoqda. Ulardan biri bu-asosiy savdo hamkorlaridan bo‘lmish YeI bilan agrar maxsulotlar bilan savdo qilish bo‘yicha maxsus qonunchilik asosining yo‘qligi, shuningdek tashqi bozorlardagi noqulay konyunktrura natijasida ichki ishlab chiqarishning stagnatsiyaga uchrashidir.
Natijada, so‘nggi yillarda Turkiya agrar maxsulotlarining eksporti tobora qisqarib bormoqda. Shuningdek umumiy agrar eksport hajmida yangi meva va sabzavotlarning ulushi tobora qisqarib bormoqda. Masalan, 2000 yilda mazkur maxsulotlarning uumiy eksport hajmidagi ulushi 10%ni tashkil qilgan bo‘lsa, Turkiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2,4% bilan chegaralandi. Hozirda Turkiya hukumati tomonidan dehqonchilik sektoridan o‘ta orqada qolib borayotgan chorvachilik sektoriga alohida e’tibor berila boshlandi. Bunga misol sifatida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha 2000-2005 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan xukumat dasturini olish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish sektoriga keladigan bo‘lsak, aynan mamlakat inqirozga yuz tutgan yillari ushbu tarmoq moliya-bank sektori hisobidan yo‘qotganlarini turizm sektori hisobdan muntazam ravishda qoplab borishga muvaffaq bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2000 yillarga kelib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida ijobiy tendensiyalar kuzatila boshlandi. Xususan YaIM va uning tarmoq tarkibida ijobiy dinamik o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshlandi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari sanalmish qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi noproporsionallik asta-sekinlik bilan o‘zining kamchiliklarini bartaraf eta boshladi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish barqaror 6%ni tashkil qila boshladi. Avvalgi yilardagidek xususiylashtiish jarayonlari intensivlashtirildi. Bu o‘z navbatida milliy iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar o‘tkazish zaruriyatini ko‘rsatdi.
2002 yilning birinchi kvartaliga kelib, Turkiya iqtisodiyotida ijobiy tendensiyalar kuzatila boshlandi. Ko‘pgina asosisy tarmoqlarda iqtisodiy tushkunlik ortga chekina boshlandi, inflyatsiya qisqara boshladi, milliy valyuta kursi barqarorlasha boshladi. Shu tariqa mamlakatnng tarmoq tarkibidagi ijobiy yo‘zgarishlar barqarorlasha boshladi va ular o‘zining natijasini bera boshladi.
2007-2009 yillarga kelib, mamlakatdagi YaIM hajmining tarkibi quyidagicha o‘zgardi.
Asosiy tarmoqlar
|
2007 y
|
2008 y
|
2009 y
|
Qishloq xo‘jaligi
|
8,9%
|
8,9%
|
9,4%
|
Sanoat
|
30,8%
|
28%
|
25,9%
|
Xizmat ko‘rsatish
|
59,3%
|
63%
|
64.7%
|
Nazorat savol va topshiriqlari
1. Milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi tushunchasini izohlab bering?
2. Turkiya milliy iqtisodiyoti tarmoq tarkibi qanday?
3. Turkiya Respublikasi tarmoq tarkibini takomillashtirish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
Mustaqil ish topshiriqlari
1.Turkiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibini takomillashtirish yo‘nalishlari.
2. Turkiya milliy iqtisodiyoti tarkibi va undagi tarkibiy o‘zgarishlar
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
4. Деловая Туркия.Справочники Polpred
5.Turkey 2007. Multi-language cd-rom
6. С.Авдашева. Турция:национальная модель либерализации экономики . www.ecsocman.edu.ru
7. С. Задонский.Состояние основных отраслей экономики Турции на рубеже тысячелетий
www.iimes.ru
9-Mavzu: Turkiya sanoatining rivojlanish xususiyatlari
Dars o‘quv maqsadi- Sanoat ishlab chiqarishining Turkiya iqtisodiyotida tutgan o‘rni va roli,Turkiyada sanoat ishlab chiqarish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi omillar,sanoat ishlab chiqarishining tarmoq tarkibi va uni takomillashtirish masalalari va sanoat ishlab chiqarishining geografik (mintaqaviy) tarkibi.haqida ma’lumotlar berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar- sanoat, sanoatning tarmoq tarkbi,qayta ishlash sanoati, qazib olish sanoati, yengil sanoat
Asosiy savollar
-
Sanoat ishlab chiqarishining Turkiya iqtisodiyotida tutgan o‘rni va roli
-
Turkiyada sanoat ishlab chiqarish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi omillar
-
sanoat ishlab chiqarishining tarmoq tarkibi va uni takomillashtirish masalalari,
-
sanoat ishlab chiqarishining geografik (mintaqaviy) tarkibi.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
Xozirgi kunda dunyodagi nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan mamalkatlaridan biriga aylangan Turkiya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish omillaridan biri bu - uning sanoat sektoridir. 2009 yilga kelib Turkiya sanoatining YaIMdagi ulushi 25,9%ga yetdi, shuningdek mamlakatdagi jami band aholining chorak qismi ya’ni 24,7%i sanoat sektorida band bo‘ldi.
Zamonaviy Turkiyada tekstil, oziq-ovqat, metallurgiya, kimyo shuningdek qazib olish va neftni qayta ishlash va mashinasozlik sanoat tamoqlari rivojlanmoqda.
Qazib olish sanoati umumiy sanoat va qurilish maxsulotlari summasining 7,2%ini tashkil qiladi. Qazib olish tarkibidagi ishlab chiqarishning 72%i davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning yoqilg‘i-xom ashyosi mamlakatnn ichki ehtiyoji uchun sarflanadi. Mamlaktda neft qazib olish uning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan xajm bilan solishtirilganda yetarli emas. Xorijiy kapital uyg‘unligidagi davlat korxonalari, hamda xorijiy va xususiy kompaniyalarning o‘zi neft konlarini qidirish ishlarini olib bormoqdalar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kichik va o‘rta biznes mamlakat iqtisdiyoti, shuningdek uning sanoat sektorida muhim rol o‘ynaydi.Turkiyadagi kichik va o‘rta biznes statusiga faqatgina ishlab chiqarish sog‘asidv band bo‘lgan firmalar ega bo‘lishi mumkin.Turkiyadagi ishlab chiqarish sektoridagi kichik va o‘rta korxonalarning soni 98-99%ni tashkil qiladi. Kichik biznes sohasida band bo‘lganlarning 60%i ishlab chiqarish sektorida band.
Turkiyadagi kichik va o‘rta biznesni ishlab chiqarish sektorlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
charm sanoati — 24%
Metallni qayta ishlash— 24%
Oziq-ovqat sanoati— 15%
kimyo sanoati— 9%
Yog‘ochsozlik — 8%
Boshqalar— 20%
Turkiyada kichik va o’rta biznesni
ishlab chiqarish sektorlari bo’yicha
taqsimlanish
24%
24%
15%
9%
8%
20%
чарм саноати
металлни ?айта
ишлаш саноати
ози?-ов?ат
саноати
кимё саноати
ё?очсозлик
бош?алар
1950-60 yillardan boshlab Turkiya Respublikasida industrializatsiya ya’ni sanoatlashtirish yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Buning natijasida Turkiyaning birgina qayta ishlash sanoatining YaIMdagi ulushi 1952 yilda 12%ni, 1995 yilda esa 30,6%ni tashkil qildi. 1996 yilga qadar, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida bojxona kelishuvining imzolanishiga qadar, mamlakat sanoati tarif va kvotalar bilan sezilarli darajada xorijiy raqobatdan himoyalangan edi.
1990- yillarsha kelib esa, sanoat tarmoqlari ichida qayta ishlash sanoatining ulushi 80%ga, qazib olish sanoatining ulushi 5%ga, energetika va suv ta’minoti sektorining ulushi qolgan 15%ga teng bo‘lgan.
Qayta ishlash sanoatining tarmoq tizimida esa oziq-ovqat sanoati 13%,tekstil sanoati 12%, neftni qayta ishlash sanoati 12%,kimyo sanoati 11%,tranport mashinasozligi 7%, qora metallurgiya 5%, elektromashinasozlik 5%, tikuvchilik sanoati 4,5% ulushga ega bo‘ldilar.
Qayta ishlash sanoatining tarmoq tarkibi
Turkiyanigng sanoat sanoat tarmoq tarkibining muhim muammolaridan biri bu- mehnatni va resursni tejovchi tarmoqlarga ega bo‘lgan yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlarining ulushini nisbatan kamligi.
Turk qayta ishlash sanoatidagi tarkibiy yutuqlardan biri esa bu-xususiylashtirish jarayonlari natijasida borgan sari davlat sektorining ulushi qisqarib, xususiy sektorning mavqei mustahkamlanib borayotganidir.
2003 yilga kelib, qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirilgan investisiyalarning atiga 4%davlat sektorining ulushiga to‘g‘ri kelgan.
2007 yil fevral oyida mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarish o‘tgan 2006 yil fevral oyiga qaraganda 7.1%ga o‘sgan. Bu kabi yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari bevosita Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ijobiy tomonga o‘zgarishi, hamda Turkiyaning muzlatkich va tekstil maxsulotlarining eksportiga talab oshgani bilan bog‘liq.
Statkom ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada sanoat ishlab chiqarish 2009 yil iyun oyida 2008 yil iyun oyiga qaraganda 9,7%ga, tog‘-kon tarmog‘ida ishlab chiqarish 7,9%ga qayta ishlash sanoatida 10,6%ga, hamda energetika tarmog‘ida 3,8%ga qisqargan. Biroq mamlakat sanoat ishlab chiqarilishi 2009 yil iyun oyida 2009 yilning may oyiga solishtirilganda 7,3%ga o‘sgan.
Shuningdek 2009 dekabr oyida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yil dekabr yiga qaraganda 25,2%ga , 2009 yil noayabr oyiiga qaraganda 8,7%ga o‘sgan.Shuningdek aynan 2009 yil dekabr-2008 yil dekbr oylari solishtirilganda qazib olish sanoati 15,4%ga, qayta ishlash sanoati 28%ga va elektro-gaz va suv ta’minoti tarmog‘ida ishlab chiqarish 10,9%ga, uzoq muddatli foydalaniladigan maxsulotlar ishlab chiqarish 30,1%ga, investision maxsulotlar ishlab chiqarish 28.5%ga, xalq iste’moli maxsulotlari ishlab chiqarish 22,5%ga va energetika sanoatida ishlab chiqarish 10,1%ga o‘sgan. Umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmi 2008 yilda ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 9,6%ga ortda qolgan.
Turkiya Savdo-sanoati palatisi raisi Nedjat Kocherning ta’kidlashicha, sanoat ishlab chiqarishidagi bunday ijobiy ko‘rsatkichlar mamlakatning jahon-moliyaviy inqirozidan chiqayotganini izohlamoqda. Aynan Turkiyadan tashqariga maxsulotlarning eksport qiluvchi kompaniyalarning muvaffaqiyati mamlakatning inqiroz sharoitidan chiqib olishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qildi. 2009 yil oktyabr oyida turk maxsulot va xizmatlarining eksporti 4,6%ga o‘sgan. Shuni ta’kidlash joizki, aynan shu davrga qadar so‘nggi 15 oy ichida bunday yuqori ijobiy ko‘rsatkich ya’ni 8,9%lik o‘sish kuzatilmagan edi. Turk analitiklarining fikricha, mamlaktning og‘ir inqiroz holatlari ortda qolib, joriy va keyingi yillarda ishlab chiqarish, bandlik va eksportning o‘sishi kutilmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishiining va unda band bo‘lganlarning 75%i Istambul va Izmirda, shuningdek bu mamlakatlarga tutashgan Marmar va Egey dengizi sohillari hududida joylashgan. Bundan tashqari mamlakatning yana muhim sanoat markazlari bu-Anqara, Chukurova rayoni, hamda hozirgi kunda 2 mln tonnadan ortiq tosh ko‘mir qazib olinuvchi Qora dengiz sohilidagi Zonguldak rayoni, 50 mln tonnadan ortiq kul rang ko‘mir qazib olinuvchi Elbistan, Seytomir, Tunchbilek shuningdek 2ta yirik metallurgiya kombinatlari joylashgan Karabyuke va Eregli rayonlaridir. Shuningdek mamlakat bo‘ylab unchalik katta bo‘lmagan,lekin ishlab chiqarishda o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lgan ko‘plab unchalik katta bo‘lmagan korxonalar tarqalgan.
Neftni qayta ishlash esa Mersin viloyatida joylashgan Batme, Izmit va Aliagadagi davlat zavodlari tomonidan amalga oshiriladi va mamlakatda yiliga umumiy miqdorda 2,5 mln tonnadan ortiq neft qazib olinadi. Neft konlariningasosiy qismi joylashagan hudud bu janubi-sharqiy Anatoliya hududidir
Tabiiy gaz qazib olish sanoatiga keladigan bo‘lsak, bu faoliyat mamlakatda 1988-yillarda boshlanagan.Mamlakatning gazga bo‘lgan ehtiyoji Ankara, Istambul va Izmailda joylashgan zavodlar hisobidan qondiriladi.
Mineral o‘g‘itlar, xusuan fosfat va azot Izmir va Istambul hududidiga rayonlarda qazib olinadi. Temir rudasi esa Sivas va Malatya viloyatlarida qazib olinadi.
Qora metall qazib olish Karabyuk, Ereg va Iskanderundagi 3 ta yirik kombinatda ishlab chiqariladi. Shunigde Iskanderunda stal, med va alyumin ham ishlab chiqariladi. Umumiy olib qaralganda, rangli metallar ishlab chiqarilishi mamlakatda o‘sib borayotgan ehtiyojni qondira olmayapti.
Mamlakatdagi mashinasozlik va elektrotexnike sanoati asosan yig‘ma (sborochniy) korxonalarning tashkil etilishi hisobidan amalga oshirildi. Ushbu sohada xususiy sektorrning ham ishtiroki salmoqli.
Mashinasozlik sanoatining tarmoqlari -transport vositalarini, temir yo‘llar, vagon, muzlatkich va dizel motorlarini yig‘ish va ishlab chiqarishdan iborat.
Qayta ishlash sanoatining tarmoqlaridan hisoblanmish dastgohsozlik mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan yangi tarmoqlardan biridir. Jihozlarining ba’zi turlari g‘arb firmalarining lisenziyasi bilan yig‘iladi. Isitgich (kotel),muzlatgichlar va sanoat gaz pechlari xususiy firmalarning unchalik katta bo‘lmagan korxonalarida yasaladi. O‘z navbatida xususiy sektor tomonidan xorij kapitali bilan hamkorlikda maishiy texnika maxsulotlari-gaz pechlari, plitalar, tikuv mashinalari va velosipedlar ishlab chiqariladi.
Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan elektrotexnika sanoati elektroizometr va elektr vositalarini g‘arb firmalarinig lisenziyasi ostida ishlab chiqariladi. Telefon, radiotexnika, teletexika , elektoron apparatlar ishlab chiqarish va EHMlar yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi elektron sanoati ham asta-sekinlik bilan sezilarli sur’atlarda o‘sdi.
Energetika obektlarini qurish va ekspluatatsiya qilish va elektoroenergiyani taqsimlab berish Turkiyada deyarli davlat qo‘lida qolgan.
Nazorat savol va topshiriqlari
-
Turkiyaning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qanday?
-
Turkiyada sanoat ishlab chiqarishi o‘sishining dinamikasitarmoq tarkibi qanday?
-
Turkiya Respublikasi tarmoi tarkibini takomiooashtirish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Turkiya sanoatining rivojlanish xususiyatlari.
2. Turkiya sanoat ishlab chiqarishining geografik (mintaqaviy) tarkibi
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1 . Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
4. Деловая Туркия.Справочники Polpred
5.Turkey 2007. Multi-language cd-rom
6. С.Авдашева. Турция:националmная модель либерализации экономики . www.ecsocman.edu.ru
7. С. Задонский.Состояние основных отраслей экономики Турции на рубеже тысячелетий
www.iimes.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |