Toshkent davlat sharqshunoslik



Download 233,83 Kb.
bet1/9
Sana24.01.2017
Hajmi233,83 Kb.
#1049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK

INSTITUTI

O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodiyoti”



FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI

Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishi: 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik

Tuzuvchi: O’qituvchi Qodirova Z.A.



TOSHKENT-2012
1-mavzu: O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodi fanining predmeti va metodi
Darsning maqsadi. O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodiyoti fanining predmeti, metodi, maqsadi va vazifalari, hamda ushbu fanning hozirgi zamondagi rivojlanish tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot berish.

Tushunchalar va tayanch iboralar: Mintaqaviy iqtisodiyot, fanning predmeti, metodi, vazifalari, maqsadi, mintaqaviy iqtisodiyot ilmining rivojlanish bosqichlari.
Asosiy savollar:
1. “O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodi” fanining predmeti va vazifalari, fanning metodologiyasi.

2. “O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqalari.


Asosiy o‘quv materiallar qisqacha bayoni.
O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodiyoti mamlakat mintaqalarining o‘zaro faoliyat ko‘rasatayotgan tizimlari, erkin iqtisodiy hududlarini, yirik iqtisodiy rayonlarini, alohida hududiy – ishlab chiqarish majmualarini, hamda yirik sanoat va shahar aglomeratsiyasi kabi davlat iqtisodiyoti rivojlanishi va shakllanish muammolari va qonuniyatlarini o‘rganadi.

Mintaqaviy iqtisodiyot nisbatan yosh, fan va o‘quv dasturi hisoblanadi. G‘arb fan dasturlarida ushbu soha fani “mintaqaviy fan” nomi bilan yuritiladi va u XX asrning 50-yillari oxirlarida shakllangan. Ushbu ilmiy yo‘nalishning g‘oyachisi va tashkilotchisi U. Ayzard bo‘ladi. Mintaqaviy iqtisodiyot fani mustaqil soha sifatida 1970-80 yillarda shakllangagn va o‘tgan asrning 90 yillarning oxirlarida o‘quv fani maqomini oladi.

Bizning davlatimizda va umuman MDH mintaqasida doirasida mintaqaviy iqtisodiyot fani tadqiqotlari XX asrning 70 yillarida paydo bo‘la boshladi. Biroq uzoq yillar davomida ushbu fan universitetlarda iqtisodiy bilim shakllanish sikllari hisoblangan “iqtisodiy geografiya” kurslarida o‘qitilgan.

O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodiyoti kursi boshqa iqtisodiy va umum ijtimoiy fanlar bilan chambar-chas aloqada. Fanning predmeti iqtisodiy nazariya, sotsiologiya, demografiya, siyosatshunoslik, menedjment va boshqa fanlar yuzasidagi masalalardan tashkil topgan.

Shu borada avvalo mintaqaviy iqtisodiyot tushunchasiga e’tiborni qaratishimiz zarur. Sababi, ta’kidlanganidek, ushbu fan jamiki fanlar orasidagi yosh fan hisoblanadi. Shu nuqtai nazarga ko‘ra uning tushunchasini konkretlashtirish va unga berilgan tariflarni ko‘rib o‘tishimiz kerak.

“Mintaqaviy iqtisodiyot” tushunchasiga bir qancha ta’riflar mavjud.

Gramlerning nuqtai nazariga ko‘ra mintaqaviy iqstisodiyot iqtisodiy fanning markaziy bo‘limlardan birida turishi va o‘rganilishi kerak. Olimning qarashlariga muvofiq iqtisodiyot fan markazi (yadrosi) uch qutbli tizimdan tashkil topadi:

1 – makro iqtisodiyot;

2 – mikro iqtisodiyot;

3 – mintaqaviy iqtisodiyot.

Ta’kidlanganidek, mintaqaviy iqtisodiyot fani MDH davlatlari doirasida XX asrning 70 yillardan boshlab tadqiq etib kelinmoqda. Shundan kelib chiqib, Rossiya mintaqaviy iqtisodiyot ilmining asoschisi etib akademik Nekrasov tan olinadi. Uning fikricha, mintaqaviy iqtisodiyot iqtisodiy va ijtimoiy omillar majmuasini o‘rganib, alohida davlatlar tizimida va qisman alohida mintaqalarda rejaviy shakllanishni belgilovchi va ishlab chiqaruvchi kuchlar hamda ijtimoiy jarayonlarni rivojlanishiga fundamental hisoblangan fandir. Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi sifatida olimlar, mahsulot ishlab chiqarishda harajatlarni maksimal qisqartirish maqsadida davlat hududlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarsh omillari, mintaqaviy ishlab chiqarishda raqobat bardoshlikni oshirishi maqsadida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish sifatida ko‘rishadi.

Granbergning nuqtai nazaricha, mintaqaviy iqtisodiyot fani keng ma’noda o‘ta murakkabdir va ko‘p yondashuvli. Uning asosiy tarkibiy qismlari:

1. alohida mintaqalar iqtisodiyoti;

2. mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar;

3. nafaqat iqtisodiy hayotning turli jihatlarini o‘ziga oluvchi mintaqaviy tizimlar balki, davlat boshqaruvi tizimlari va mintaqani tartibga solish tizimi, mintaqaviy byudjetlar va byuyudjetlararo munosabatlar tizimi, federal, mintaqaviy va mahalliy byudjetlararo o‘tkazmalar, hamda quyi byudjetlarga yuqori turuvchi byudjetlar tomonidan jismoniy shaxslarga dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar taqdim etish tizimi, hamda mintaqada hayot darajasini ko‘rsatuvchi, ichki mintaqaviy bozor sig‘imini ifodalovchi, uning diversifikatsiyalashuv darajasi, mintaqada ishchi kuchi malakasi demografik jarayonlari, ijtimoiy tuzilmalari bilan bog‘liq ishchi kuchidagi talab darajasini belgilab beruvchi bir qancha ko‘rsatkichlarni baholash tizimidir.

Mintaqaviy iqtisodiyot tushunchasiga bo‘lgan boshqa qarashlar Sank-Peterburgning zamonaviy iqtisodchi olimlari guruhlari qarashlarida o‘z aksini topa boshlagan. Ularning fikricha, zamonaviy bosqichda mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifasi iqtisodiy islohotlarning mintaqaviy muammolarini o‘rganish va bartaraf etish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishga muvofiq, mintaqaviy iqtisodiyot fani ijtimoiy-hududiy mehnat taqsimotinin va mintaqalararo iqtisodiy integratsiyani ifodalash kerak.

Sank-Peterburglik olimlarning nuqtai nazariga muvofiq, mintaqaviy iqtisodiyotning vazifalari milliy iqtisodiyot iqtisodiy rivojlanishining keng miqyosli muammolarini tadqiq etish va ushbu muammolarini aniqlash yo‘llari va hal etish yo‘nalishlari mexanizmlarini izlab topish hisoblanadi. Ushbu holatda mintaqaviy iqtisodiyotning ob’ekti mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarining hududiy jihatlari (aspektlari), mintaqaviy iqtisodiyot tizimlari ostida hududiy shakllanish hisoblanadi. Bu borada, unga o‘xshash tizimlar sifatida Turkiya Respublikasi sub’ekti ma’lum hududlar hisoblanadi.

Yuqoridagi bir qancha iqtisodichi olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, shuni narsani aytish mumkinki, O‘rganilayotgan mintaqa (Turkiya) iqtisodiyoti o‘quv fani eng katta e’tiborni mamlakat hududlarida bevosita ko‘riladigan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va davlat boshqaruvi institutlari hamda tadqiqotlar mexanizmini yaratishga qaratadi. Negaki, ushbu tadqiqotlar asosida Turkiyaning barcha maqsadli iqtisodiy rivojlanish dasturlarida yuzaga keladigan turli adekvativ muammolar yechimlari aynan ushbu tadqiqotlar markazida jamlanadi. Bu borada, shakllanish tashabbuslari mintaqaviy hokimiyatlardan kelib chiqishi kerak.

Turkiya iqtisodiyoti fanining metodologiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni o‘rganishda keng ko‘lamdagi turli ilmiy metodlar majmuasidan foydalaniladi.

Tizimli tahlil metodi. Ushbu metod bosqichli prinsipga asoslanadi (maqsadni qo‘yish, vazifalarni belgilash, ilmiy gipotezalari formulalashtirish, sohalarni shakllanishining optimal variatnlari xususiyatlarini majmuaviy o‘rganish). Bu metod ilmiy tushuncha, xo‘jalik sohalari tuzilmalarini, ularning ichki aloqalari va o‘zaro faoliyatini o‘rganishga imkon beradi.

Tizimlashtirish metodi. U o‘rganilayotgan aspektga qo‘yilgan tadqiqot maqsadlari va belgilab olingan jamiyatni ifodalashga va ularning bir-biridan farqli jihatlarini ochib berishga asoslangan tanlangan kriteriyalar bilan bog‘langan. Bu yerda gap, tasniflashtirish, tipologiya, konsentratsiyalashtirish kabi ko‘rsatkichlar borasida bormoqda.

Normativ metodi. Mintaqaviy iqtisodiyotning ushbu metodi oldindan ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan norma va normativlar yordamida mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi asosli metod hisoblanadi. Norma va normativlar o‘zida zaruriy bazalar, mintaqaviy iqtisodiy prognozlarning ilmiy ishlanmalari, rejalar, dasturlar, texnik – iqtisodi loyihalarni aks ettiradi.

Norma va normativlar tarkibining o‘zi yetarlicha turli xildir. Unda uchta tizimli normalar mavjud:

1. resursli normalar: harajatlarning norma va normativlari, xom ashyo zahiralari, materiallar, yoqilg‘ilar;

2. ijtimoiy ishlab chiqishning samarali tizimi: mehnat ishlab chiqaruvchanlik, 1 so‘mlik harajatli mahsulot ishlab chiqarish;

3. ijtimoiy – iqtsiodiy normalar: mintaqa aholisi kishi boshiga pulli daromadlar, o‘rtacha ish haqi, mintaqada “iste’mol savatchasi” qiymati, ma’lum muhitda zararli narsalar konsentratsiyasining chegaralari.

Zamonaviy sharoitlarda katta ahamiyat yagona ilmiy asoslangan norma va normativlar tizimini yaratishga qaratiladi va ularning ahamiyatini hisobga olgan holda har bir mintaqada ularning diferensiatsiyasini mintaqa darajasida va bosqichma-bosqich singdirish.



Iqtisodiy – geografik tadqiqotlar metodi. Ushbu metod uchta tarkibiy qismlarga bo‘linadi: mintaqaviy metod (hududlar rivojlanishi va shakllanish yo‘llari tadqiqotlari, mintaqaviy rivojlanishda ijtimoiy ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlanishini o‘rganish), sohaviy metod (geografik aspektlarda iqtisodiyot sohalarining shakllanish yo‘llari va takomillashishini tadqiq etish, sohalar kesimida ijtimoiy ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlanishini o‘rganish) va mahalliy metod (ishlab chiqarish shakllanish yo‘llari va rivojlanishini alohida shaharlar, qishloqlar bo‘yicha tadqiq etish, ishlab chiqarish rivojlanishi va joylashishini uning birlamchi bo‘g‘inlari bo‘yicha o‘rganish).

Kartografik metod. Ushbu metod ko‘rgazmali (muvofiq xaritalar bo‘yicha) qurollar bo‘yicha alohida ob’ektlar joylashishi xususiyatlarini aks ettirishiga imkon beradi.

Iqtisodiy – matematik modellashtirish metodi. (mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy proporsional modellashtirish; mintaqa xo‘jalik sohalari bo‘yicha modellashtirish; mintaqa xo‘jalik majmualarining shakllanishini modellashtirish). Ushbu metodda zamonaviy elektron vositalardan foydalanish mehnat va vaqt harajatlarini minimallashtirish, ulkan va turli statistik materiallarni ishlab chiqishga, mintaqa ijtimoiy – iqtisodiy komplekslari xususiyatlari, darajalari, tarkibiy tuzilmalarini xarakterlovchi turli ko‘rsatkichlarga imkon beradi. Bundan tashqari, u mintaqaviy tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsadlarrga muvofiq optimal qaror qabul qilishga, optimal variantlar tanlashga imkon beradi.

Ushbu metod (tizimlashtirish metodi bilan bir xil) ko‘p o‘lchamli statistik tahlil metodi bilan uzviy chambar-chas aloqada. Eng ko‘p tarqalgan ko‘p o‘lchamli axborot metod tahlili klaster – tahlil hisoblanadi. U kam sonli yashirish, omilli o‘tishda va ushbu omilllar bo‘yicha ob’ektlar klassifikatsiyasida tashkil topadi.

Mintaqaviy tadqiqotlarda ishlatiladigan statistik metodlar eng birinchi turi iqtisodiy baza deb nomlangan. U AQSh olimi G. Xoyt tomonidan 30 yillarda formulalashtirilgan va 40 yil davomida AQShning 100 dan oshiq alohida mintaqalari tadqiqotlarida foydalanilgan.

Iqtisodiy baza modeli nazariy asoslanishi va uni ishlab chiqarish bo‘yicha oddiy usul hisoblanadi. Ular uchun ikki vaqt orqlg‘ida faqatgina iqtisodiy faol ko‘rsatkichlar (asosan bandlik ko‘rsatkichida) zarurdir.

Iqtisodiy baza tahlili mintaqaviy iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirishning tezlashgan metodi hisoblanadi, unda soddalashgan iqtisodiy o‘sish nazariyasidan foydalaniladi, iste’molda esa, axborot minimallashtiriladi. Olingan natijalar, baza va xizmat ko‘rsatish sektorlari rivojlanish prognozlashtirilishi jamlanadi.

Mintaqaviy iqtisodiyotda ilmiy yo‘nalishda matematik metod qo‘llaniladi, shuningdek, mintaqaviy modellashtirish, regionometrika deb nomlanadi. Matematik metodlar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.



Taksonlashtirish metodi; mintaqa ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirishning variantli metodi bu metod yordamida mintaqa hududlari bo‘yicha ishlab chiqarishni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqishda foydalaniladi, birinchi bosqichda rejalashtirish va prognozlashtirish. U, u yoki bu mintaqa xo‘jalik rivojlanishining turli darajalari variantlarini ko‘rib o‘tishda, mintaqalar bo‘yicha variantli hududiy iqtisodiy proporsialarda ko‘riladi.

Ijtimoiy tadqiqotlar metodi. Ushbu metodlar guruhi mintaqaviy iqtisodiyot boshqaruvida, shuningdek, amaliy sotsilogiyada ko‘riladigan vazifalarda, konkret ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish, rejalashtirishdan mustaqil holda, mintaqa iqtisodiy hayoti sohalarida va tarmoqlarini boshqarishda o‘rin oladi.

Mintaqa iqtisodiy sohalari rivojlanishida ijtimoiy tadqiqotlar metodi quyidagi vazifalarni hal etish uchun qo‘llaniladi:

1. mintaqa iqtisodiyot sohalarini o‘rganish, tahlillash va baholashda;

2. shoshilinch muammolar yechimini yoritishda, ularni bartaraf etish variantlarini ishlab chiqishda;

3. aniqlangan ko‘rsatkichlar tizimlarini shakllantirishda (mintaqa, sohalar iqtisodiyotini rejalashtirish va prognozlashtirishning ustuvorligini aniqlashda);

4. mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqiladigan islohotlar, chora-tadbirlar natijalarini va oqibatlarini baholash va tahlil qilishda;

5. mintaqa iqtisodiy muammolarini hal etishda ilmiy ta’minlash va amaliy tavsiyalash ishlab chiqishda.

Ijtimoiy tadqiqotlar metodi: standartlashtirilgan intervyu, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy kompleks (ekspert so‘rovlar) sohalari va turli tarmoqlari vakillari bilan yakka tartibdagi suhbat; mintaqaning yuqori doira rahbarlari kontent-tahlil intervyusi va ommaviy chiqshlari, olimlar va mutaxassislarini o‘z ichiga oladi.

Shu borada, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o‘rganish, mintaqashunoslar faol tarzda foydalangan va ishlatayotgan yetarlicha keng doiradagi metodlar va usullarni keltirib chiqaradi.

Nazorat savol va topshiriqlar:

1. Mintaqaviy iqtisodiyot tushunchasi predmeti va ob’ektiga bo‘lgan turli ilmiy maktablarga ta’rif bering.

2. Mintaqaviy iqtsiodiyotning asosiy metodlari (metodlar guruhi) sanab bering va ta’riflab bering.

Mustaqil ish topshiriqlar:

1. Jahonda mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanish bosqichlari va uning namoyondalari.

2. O‘zbekistonda mintaqaviy iqtisodiyot fani rivojlanishi va istiqbollari.

O‘quv adabiyotlar ro‘yxati.

1. Бутов В.И., Игнатов В.Г., Кетова Н.В. Основы региональной экономики.- М., 2000г.

2. Гаврилов А.И. Региональная экономика и управление.- М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003г.

3. Гранберг А.Г. Основы региональной экономики.- М.: ГУ ВШЕ, 2000 г.

4. Истанов В.В., Копилов Н.В. Региональная экономика России.- М.: Финансы и статистика, 2002 г.

5. Михеева Н.Н. Региональная экономика и управление.- М., 2000г.

6. Некрасов Н.Н. Региональная экономика. Теория, проблемы, метод.- М.: Экономика,1999 г.

7. Новоселов А.С. Теория региональных рынков.- Ростов-на-Дону, 2002 г.

8. Орешин В.П. Государственное регулирование национальной экономики. – М.: ИНФРА-М, 2000г 9. Региональная экономика / под ред. Морозовой Т.Г. – М.: ЮНИТИ, 1998 г.

10. Региональная экономика / под ред. Степанова М.В. – М.:2000г.

11. Штулберг Б.М., Введенский Б.К. Региональная политика России. – М.: ГЕЛИОСАР, 2000 г.

12. Якобсон Н.И. Государственный сектор экономики: экономическая теория и политика. – М.: ГУ ВШЕ,2000 г.

13. Андреев С.Ю. Совершенствование организационно-экономических механизмов управления региональной экономикой. – СПб, 1998 г.

14. Градов А.П. основы региональной экономики. – СПб, 1998 г.

15. Региональная экономика / под ред. Обедина Н.П. – М.: ЮНИТИ,1995 г.

16. Региональная экономика / под ред. Градова А.П. – СПб, 2003 г.

17. Региональная экономика и управление / под ред. Коваленко Е.Г. – СПб, 2005 г.


Download 233,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish