4.Градов А.П. Национальная экономика. Спб.Питер 2005 5.Деловая Турция.Справочники Полпред.Совет ветеранов МИД РФ.Москва 2009. 6.Маматказин А.Мухторов А Экономика Турции: история и современность Т.1993
7.Шодиев Т.Ш. Рыночная экономика Турции Т., 1993
8.Холматов А.Х.Турция: Государство и рыночние отношения М, 1992
9.Драчева Е.Л., Яворская А.О., Христов Т.Т. Страноведение – Испания, Кипр, Турция, Египет. – М., 2007
10.Huseyin Sahin.Turkiye Ekonomisi.Bursa 1995
Internet resurslari
-
www.cia.gov
-
www.turkey-info.ru
-
www.yartpp.ru
-
www.hotturkey.ru
3-Mavzu:Turkiyaning aholi va mehnat resurslari
Dars o‘quv maqsadi. Turkiya aholisi,uning yillar davomidagi o‘sish dinamika, mamlakat aholisining o‘lim va tug‘ilish, tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari, ushbu ko‘rsatkichlarning mamlakat hududiy bo‘ylab xususiyatlarini va unga ta’sir etuvchi omillar, shunindek mamlakat aholisining dinamik harakatini, emmigratsiya va immigratsiya muammolarini, ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini hamda ularning ijobiy va salbiy oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni talabalarga yetkazish.
Tushuncha va tayanch iborala. Aholi tarkibi, tabiiy takror ishlab chiqarish, mehnat resurslari, aholining mexanik harakati, ishchi kuchi, migratsiya, emmigratsiya,immigratsiya.
Asosiy savollar
-
Turkiya aholisi, dinamikasi va tarkibi
-
Turkiya aholisining tabiiy takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
-
Mamlakatda tabiiy takror ishlab chiqarishning mintaqaviy xususiyatlari
-
Turk ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi
-
Migrantlarning pul o‘tkazmalari
-
Turkiyada migratsiya jarayonlariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
-
Turk mehnat migratsiyasining geografiyasi
-
Malakatdagi ichki migratsiyaning dinamikasi
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
2009 yil iyul oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning aholisining 76.805.524 kishini tashkil qilib, mamlakat dunyoda aholi soni bo‘yicha 18-o‘rinda turadi.Turkiya Respublikasida hozirgi kunga qadar 12 martta aholini ro‘yxatga olishlar bo‘lib o‘tgan. Birinchi martta ro‘yxatga olish esa 1927 yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, bu davrda aholining soni 13.648 kishini tashkil qilgan. Asta-sekin mamlakatdagi demoografik o‘sish ko‘rsatkichi ko‘tarilib borishi natijasida, mamlakat aholisining soni 1955y-24,112mln, 1990y- 50,664 mln, 1997y- 62,800mln, 2000y-67,804 mln, 2004y-68,89mln, 2006 y-72 mln kishini tashkil qildi.
Turkiya aholisining o‘sish dinamikasi(mln kishi)
Yillar
|
1955 y
|
1990 y
|
1997y
|
2000y
|
2004y
|
2006 y
|
2009
|
Aholi soni (mln kishi)
|
24 .112
|
50 .664
|
62 .800
|
67.804
|
68.890
|
72,0
|
76.805
|
Mamlakatdagi dastlabki ro‘yxatga olishlar davrida mamlakatdagi demografik o‘sish ko‘rsatkichi 2,7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1955 yildan 1985 yilgacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich 3,7%ga ko‘tarildi, ammo, 1990-97 yillar oralig‘ida esa 1,5%ga tushib ketdi. 2009 yilga kelib esa, demogrfik o‘sish 1,3%ga tushib, mamlakat aholi soning o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda 102-o‘rinni egallay boshladi.
Turkiyada aholining o‘sish sur’ati dinamikasi(%)
Yillar
|
1927
|
1955-85
|
1990-97
|
2009
|
Demografik o‘sish ko‘rsatkichlari(%)
|
2,7%
|
3,7%
|
1,5%
|
1,3%
|
Mamlakatda aholining zichligi 96 kishi /kv km.ni tashkil qiladi.Mamlakat dunyoda tabiy o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha 110-o‘rinda turadi. Ushbu ko‘rsatkichning ijobiy tomonga qarab o‘zgarishi, mamlakatdagi ijtimoiy soha va turmush darajasining ko‘tarilishi, shuningdek sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatining ko‘tarili, ayniqsa yosh bolalar o‘rtasida o‘lim koeffisentining qisqarishi bilan izohlanadi. Garchand bu ko‘rsatkich 1997y- 38,8%ni, 2000y- 28,9%ni, 2004 y-12,7%ni, 2007y- 16%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2009 y iyul holatiga 18,6%ni tashkil qildi.
Mamlakatdagi o‘lim ko‘rsatkichi 6,1ni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich bilan Turkiya dunyoda 161- o‘rinda turadi.
Turkiyada tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari
Yillar
|
1997
|
2000
|
2004
|
2007
|
2009
|
Tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi
|
38,8
|
28,9
|
12,7
|
16
|
18,6
|
Aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 72 yosh bo‘lib (dunyoda 122- o‘rinda), bu ko‘rsatkich 1955 yilda 45 yoshni tashkil qilgan. O‘rtacha umr ko‘rish ayollar o‘rtasida 2004 yilda 73 yoshni, erkaklar o‘rtasida esa 68 yoshni tashkil qilgan bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy infratuzilmaning yanada yaxshilanishi bu nisbatni 73,8 va 70 yoshga yetkazdi. Mamlakatda erkaklarning ayollarga nisbati 102/100ga teng.
Umumiy aholining 27,2 %ni 15 yoshgacha bo‘lganlar, 66,7 %ni 15-65 yoshgacha bo‘lganlar, 6,1 % ini 65 yoshdan katta bo‘lganlar tashkil qiladi. Mamlakat aholisining yosh tarkibidagi o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu aholining 30%ini, 90- yillarning boshid aesa hattoki 35%ini 15 yoshgacha bo‘lganlar, ya’ni mehnatga qobiliyatli yoshdagilar tashkil qiladi. Aholining deyarli yarmi 35 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi, bu esa Turk millatining yosh millat ekanligi va tug‘ilish ko‘rsatkichlarining yuqori ekanligidag dalolat beradi
Shuningdek mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davrining uzayishiga qaramay, nafaqa yoshidagilarning nisbati hali ham 6,1%ni tashkil qilmoqda . So‘nggi yillargacha mehnat staji ayollarda 20 yil , erkakalarda 25 yil bo‘lgan kishilar nafaqa olish huquqiga ega edilar. Mamlakatda minimal nafaqa yoshi tushunchasining yo‘qligi hatoki 38/43 yoshdagilar uchun ham nafaqa olish imkonini berardi. Bu esa Turkiyada nafaqaxo‘rlarning sonini ko‘payib ketishiga olib kelardi. Hozirgi kunda esa mamlakatda minimal nafaqa yoshi ya’ni 62 yosh belgilab qo‘yildi. .
Mamlakat aholisining 87,4%i savodli bo‘lib, bu ko‘rsatkich erkaklar orasida 95.3%ni, ayollar orasida 79,6%n tashkil qiladi.Ular orasidagi bu katta farqni mamlakatda hukm surayotgan dinniy va milliy qadriyatlar, ya’ni ayollarning xo‘jalik faoliyatdarida ishtirok etishlarining man etilishi bilan izohlanadi.
Turkiyada biron marta ham aholining milliy tarkibi bo‘yicha ro‘yxatga olishlar bo‘lmagan. Shuning uchun taxminiy ravishda aholining 70-75%ini turklar, 18%ini kurdlar va 12%ini boshqa millatlar tashkil qiladi. Ya’ni aholining taxminan 56-57 mlnini turklar, 14 mlnnini kurdlar, 2 mlnini arablar, 3 mlnnini Shimoliy Kavkaz ortiliklar, qolgan qismini esa armanlar, greklar, bosniyaliklar, albanlar, suriyaliklar, azarbayjonlar va yahudiylar tashkil qiladi.
Turkiya Respublikasi Milliy Ta’lim Vazirining Aksham gazetasida ta’kidlashicha, Turkiyada so‘nggi 6 yil ichida aholining o‘sish sur’ati 4,8%dan 2,2%ga tushib ketdi. Buning natijasida so‘nggi 4 yil ichida 1-sinf o‘quvchilarining soni 70-80 mingtaga qisqargani shuninggdek , o‘quvchilar sonining qisqarishi tufayli 18 mingta makatablarning yopilganini ma’lum qildi. Yoshlarning ulushi ayniqsa mamlakatning nisbatan rivojlangan mintaqalari bo‘lmish Marmar va Egey dengizi mintaqalarida qisqarib ketgan. Istambulning qator rayonlarida yangi maktablarni qurish ishlari to‘xtatildi. Biroq shu bilan bir qatorda mamlakatning iqtisodiy qoloq hududlari bo‘lmish sharqiy va janubi-sharqiy mintaqalarida aholining faol o‘sishi kuzatilmoqda.
Tug‘ilishni rag‘batantirish maqsadida Vazirlik xukumatga Shvesiyada bo‘lgani kabi yosh turmush qurishni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishni taklif qilmoqda. Satistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yosh oiladagi farzandlar soni nisbatan yoshi katta bo‘lib turmush qurgan oilalarnikiga qaraganda ko‘proq. Vazirning ta’kidlashicha, mamlakat aholisi yana 20-25 yil mobaynida o‘sib, 2050 yilga kelib 89 million kishi bo‘lib barqarorlashadi.
Mamlakatda aholining zichligi 96 kishi /kv km.ni tashkil qiladi.Eng yuqori zichlik Turkiyaning Istambul shahriga xos bo‘lib, u 2 444 kishi/km kvga, undan so‘ng esa Kochaelida – 413kishi/km kv , Izmir (316), Xatay (242) va Bursada 241 kishi/kmga, eng quyi zichlik Tuncheli shahriga 12 kishi/kv kmga teng.
Aholining mamlakat hududi bo‘yicha taqsimlanishi biroz notekis. Masalan aholi eng zich joylashgan hududlar bu Marmar va Qora dengiz sohillari, undan keyin esa Egey dengiziga yaqin hududlar. Mamlakat eng yirik va aholisi eng zich bo‘lgan Istambulda 15 mln, Ankarada 6 mln, Izmirda 3,5 mln mln aholi yashaydi. Mamlakatning eng kam aholi yashaydigan viloyati bu Xanyari bo‘lib, bu yerda aholining 82%i turklar, 10,6%i kurdlar ,qolgan qismini esa boshqa mayda millatlar tashkil qiladi.
Turkiya umumiy aholisining aholisi zich bo‘lgan shaharlardigi ulushi
Aholisi zich bo‘lgan shaharlar
|
Istambul
|
Ankara
|
Izmir
|
Bursa
|
Umumiy aholining %i
|
17,80%
|
6,40%
|
5,30%
|
3,50%
|
Turkiyaning 81 ta viloyatidan 55 tasida aholiningo‘sishi,qolgan qismida esa qisqarishi kuzatilmoqda. TurkStat ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 75%i shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Istambul hududi aholisining 99%i megapolislarda yashaydi, bu esa mamlakatning eng urbanizatsiyalashgan hududi nomiga muvaffaq bo‘lishiga imkon beradi. Eng kam urbanizatsiyalashgan hudud bu Bartin viloyati hisoblanib, u yerda aholining bor yo‘g‘i 33,20%i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda urbanizatsiyalashtirish jarayonlari 1955 yillarda keng miqyosda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish jarayonlarini faollashtirish bilan boshlandi. 1985 yilda birinchi marta shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan ko‘paygani, ya’ni 53% i 47%ga yetgani aniqlandi. Ammo 1980- yillarda shahar aholisining o‘sish ko‘rsatkichi 5,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90- yillarda 2,8%ga tushib ketdi. 2003 yilda aholisi soni 1 mlndan ortiq bo‘lgan 10 ta shahar qayd etildi.Bular Istambul, Ankara, Izmir, Konya, Bursa, Adana, Antaliya, Ichel, Diyarbakir,va Gaziantep . Tabiiyki, щaharlarda tug‘ilish va aholining tabiiy o‘sishi ko‘rsatkichlar ancha past.
Turkiya aholisining tarmoqlardagi bandlik strukturasi.
|
1980
|
2003
|
2004
|
2005
|
Qishloq xo‘jaligi
|
50%
|
48%
|
34%
|
29%
|
Sanoat
|
12%
|
14%
|
18%
|
24%
|
Xizmat ko‘rsatish
|
38%
|
38%
|
48%
|
45%
|
Yuqorida keltirilgan dinamik o‘zgarishlar Turkiyaning asta-sekin agrar mamlakatdan , agrar-industrial mamlakatga , undan keyin esa industrial mamlakatga aylanayotgani, nafaqat YaIM tarkibidi, balki aynan bandlik tizimidi ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Masalan 1980- yilda sanoat sohasidagi 1,2 mln ishchi o‘rinlari, 2004 yilda 4,2 mlnga, xizmat ko‘rsatishda esa 5,9 mln tadan 9,4 mlnta ga yetdi.
Shuningdek Turkiyada aholining bandligi strukturasi mamlakatning turli hududlarida turlicha bo‘lib, bu o‘sha hududdagi tarmoqlarda yaratilgan ishchi o‘rinlari va o‘sha hududlarda ba’zi tarmoqlarning nisbatan yaxshi rivojlanganini va hududning qanchalik shaharlashganini izohlaydi.(Jadval ilova qilinadi)
Turkiya Respublikasinig mintaqalarida aholi soni va bandlik tizimi (2003 y)
Mintaqa nomi
|
Aholi soni
|
Q/X sohasida band bo‘lganlar
|
Sanoat sohasida band bo‘lganlar
|
Xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar
|
Marmar dengizi hududi
|
17.351
|
22%
|
23%
|
55%
|
Egey dengizi hududi
|
8.953
|
47%
|
13%
|
40%
|
Anatoliya(Markaziy) hududi
|
11.625
|
48%
|
10%
|
44%
|
O‘rta Yer dengizi
|
8.724
|
54%
|
9%
|
37%
|
Qora dengiz hududi
|
8.439
|
66%
|
7%
|
27%
|
Janubi-Sharqiy Anatolya
|
6.604
|
60%
|
7%
|
33%
|
Sharqiy Anatoliya
|
6.148
|
68%
|
3%
|
29%
|
Turkiya
|
67.844
|
48%
|
14%
|
38%
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, janubi-sharqiy Anatoliya, hamda O‘rta Yer va Qora dengiz mintaqalarida qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lganlarning, Marmar dengizi mintaqasida esa sanoat va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lganlarning , shuningdek aynan Marmar dengizi hududi, Egey dengizi hududi va Anatoliya(Markaziy) hududlarida xizmat ko‘rsatishda band bo‘lganlarning ulushi katta.
Turkiya Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari
Turkiya aholisi:
-
76.805.524 kishi (2009y iyul)-dunyoda 17-o‘rinda turadi
Aholining yosh tarkibi (2009 y)
-
0-14 yosh: 27,2% (10.701.631 kishi erkak/ 10.223.260 kishi ayol)
-
15-64 yosh: 66,7% (25.896.326 kishi erkak/ 25.327.403 kishi ayol)
-
65 yoshdan yuqori: 6,1% (2.130.160 kishi erkak/ 2.526.544 kishi ayol)
Turkiya aholining o‘rtacha yoshi: 27,7 yosh (2009 y )
-
Erkalar 27,4 yosh
-
Ayollar 28,1 yosh
Turkiya aholisining o‘sish sur’ati: (2009 y)
-
1,3%-dunyoda 103 o‘rinda turadi
Turkiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi: (2009 y)
-
Har 1000 kishiga 18,66 kishi-dunyoda 110 o‘rinda
Turkiyada o‘lim ko‘rsatkichi: (2009 y)
-
Har 1000 kishiga 6,1 kishi- dunyoda 160- o‘rinda
Sof migratsiya ko‘rsatkichi:
-
Har 1000 kishiga 0,56 migrant
Turkiya aholisining urbanlashgani: (2008 y)
-
Umumiy aholining 69%i shahar aholisi
Urbanizatsiya sur’ati: (2005-2010y)
Turkiya aholisining jins nisbati:
-
Tug‘ilganda-1,05 erkak 1 ayolga
-
15 yoshgacha-1,05 erkak 1 ayolga
-
15-64 yoshgacha- 1,02 erkak 1 ayolga
-
65 yoshdan yuqori -0,84 erkak 1 ayolga
Jinslarning o‘rtacha nisbati: (2009 y)
Go‘dakalarning o‘limi: dunyoda 85-o‘rinda turadi
-
Umumiy : xar 1000 ta tug‘ilishga 25,78 ta o‘lim
-
Erkaklar : xar 1000 ta tug‘ilishga 26,84 ta o‘lim
-
Ayollar : xar 1000 ta tug‘ilishga 24,67 ta o‘lim
Aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi:( 20009 y)
-
Umumiy : 71,96 yosh
-
Erkaklar : 70,12 yosh
-
Ayollar : 73,89 yosh
Umumiy tug‘ilish koeffisienti: (2009 y )
-
Har bir ayolga 2,21 tug‘ilish
Etnik tarkib: (2008 y )
-
Turklar 70-75%
-
Kurdlar 18%
-
Boshqa millatlar: 7-12%
Savodxonlik darajasi: (2004 y)
-
Umumiy aholinig 87,4%i
-
Erakalar 95,3%
-
Ayollar 79,6%
XX asrning 2- yarmiga kelib mehnat migratsiyasi u yoki bu darajada dunyoning xar bir mamlakatigao‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Uch mintaqaning Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarining chorrahasida joylashgan Turkiya geografik qulayligi qaysidir darajada mamlakatningmigratsiya spesifikasi ya’ni xususiyatini belgilab berdi. Tarixdan Turkiya ishchi kuchini yetkazib beruchi ya’ni donor mamlakat bo‘lib, u ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga, 70-yillarga kelib esa Fors ko‘rfaziga ishchi kuchini eksport qila boshladi.
1961 yilda Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat fuqarolari erkin chiqib ketish va kirib kelish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Aynan shu davrdan turk ishchi kuchining G‘arbiy Yevropa mamlkatlariga ommaviy migratsiyasi boshlanib ketdi, bu esa o‘z navbatida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ushbu davrdagi migratsiyaning ichki omillari bular:
-
Mamlakatning agrar sohadagi aholisining ko‘payib ketishi tufayli, Turkiyada yuqori darajadagi ishsizlikning xukm surishi
-
Inflyatsiyaning yuqori ko‘rsatkichi
-
Kam ish haqi
Malakasiz ishchi kuchining mamlakatdan emigratsiya qilishi ijobiy omil deb qaralgan. Buning sababi esa malakasiz ishchilarning borib malaka orttirishlari va ularni yuqori texnologiyalarni o‘rganish va undan foydalanishga doir bilimlaridan ular mamlakatga qaytib kelganlaridan keyin mahalliy korxonalarda ishlatishi rejalashtirilgan.
Shunisi ahamiyatga molikki, turk migrantlarning mamlakatga yuborayotgan valyuta o‘tkazmalari o‘sha davrda Turkiyaning asosiy daromad manbalaridan biri edi. O‘z navbatida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan so‘ng butunlay barbod bo‘lgan infratuzilmani qayta tiklash va past malakali ishlarni bajarish uchun arzon ishchi kuchi defisitiga uchragan edi. Shuningdek Turkiya xukumatining qator g‘arb davlatlari bilan, masalan 1964 yilda Germaniya, 1961 yilda Niderlandiya, Belgiya, Avstriya,1967 yilda Fransiya, Shvesiya va 1970 yilda Shveysariya bilanturk migrantlarning migratsiya qilishi va keyinchalik ish bilan ta’minlanishiga doir qator ikki tomonlama kelishuvlarning imzolanishi har ikki tomonga ham manfaatli edi. Shu tariqa Turkiya xukumati boshidanoq bu kabi aloqalarning rivojlanishiga hayrihohlik qilar va ishchi kuchi eksporti jarayonlarini xukumat darjasida tartibga solar edi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, 1963-yilda Turkiyaning Yevropa hamjamiyatiga a’zo bo‘lishining muhim sabablaridan biri ham, bu a’zo mamlakatlar doirasida turk ishchi kuchining erkin harakatlanishi edi.
Turkiyada Milliy xizmat qoshida xorijda ish bilan ta’minlovchi qator davlat vosita agentliklari tashkil etila boshlandi. Ushbu tashkilotlar kelishuvlarga muvofiq, migrantlarning soni va navbatini tartibga solish, tibbiy ma’lumotnoma berish, zarur xujjatlarni to‘ldirish, shuningdek turk ishchilari va xorijlik ish beruvchilar bilan shartnoma imzolanishiga yordam berish kabi ishlar bilash shug‘ullangan.Yuqori maosh evaziga xorijda ishlashni hohlovchilarning soni tobora orta boshladi.
Migrantlarning pul o‘tkazmalari tobora mamlakatning asosiy laromal manbiga aylana bordi.(Jadval)
Yillar
|
1964y
|
1965
|
1966
|
1970
|
2008
|
2009
|
Pul o‘tkazmalari
|
8,1 mln dollar
|
69,8 mln dollar
|
115,3mln doollar
|
173 mln
|
110 mln
|
50 mln
|
1970- yillarning boshiga kelib turk migrantlariga davlat banklarida hisob ochilishiga ruxsat berila boshlandi, bu esa ularga mablag‘larini maxalliy valyutada to‘lash imkonini beruvchi lgota kursini kafolatlar edi. Shundan so‘ng Turkiyada ishchi investisiyasi banki tashkil etilib , bu bank turk migrantalarining mablag‘larini sanoat loyihaliriga kiritish bilan shug‘ullanar, mamlakatiga qaytib kelgan migrant esa o‘z puli tikilgan korxonada ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritar edi. Vaziyatdan foydalangan xukumat maxsus kooperativlar tuzib, uning a’zolarini esa shartli ravishda xorijga iщlashga jo‘natib, ular yuborgan pul mamblag‘larini tijoriy va infratuzilma loyihalariga investisiya qilgan. Shuningdek xukumat migrantlarning uzoq muddat foydalanadigan iste’mol maxsulotlariga boj to‘lovlarini qisman kamaytirgan.
1976 yilga kelib Turk migrantlarinig pul o‘tkazmalari hajmi qisqardi, bunga sabab esa Tursiyani ham chetlab o‘tmagan 1973-74 yillardagi jahon energetika inqirozi edi. Shuni ham aytish joizki, 2002 yildan beri pul o‘tkazmalaring hajmi qisqarmoqda. Shuningdek so‘nggi yillarda mamlakat YaIMdagi pul o‘tkazmalarining hajmi juda kam bo‘lib, oxirigi 5 yid davomida bu ko‘rsatkich 0,2%dan oshmayapti. Albattaki, jahon moliyaviy inqirozi sharoida Turkiyada bandlikning qisqarishi, o‘z navbatida pul o‘tkazmalarining 2 baravarga kamayib ketishi kuzatilmoqda. Masalan, 2008 yil yanvar oyida pul o‘tkamalari 110 mln dollarni tashkil qilganbo‘lsa, 2009 yil yanvar oyida bu ko‘rsatkich 50 mln dollarga tushib ketdi.
Turk ishchi kuchining migrasion oqimi nafaqat mamlakatdagi holatga, balki, Yevropa mamlkatlarining migrasion siyosatiga bog‘liq ham edi. 70- yillardan so‘ng Yevropa sanoatining ilm talab qiluvchi va ekologik toza ishlab chiqarishga tomon yo‘naltirilishi, shuningdek zararli ishlab chiqarishlarning rivojlanayotgan mamlakatdarga chiqarib yuborilishi tufayli yangi migrantlarning kirib kelishi to‘xtatilgan, shuningdek ularning o‘z vatanlariga qaytib ketishlari rag‘batlantirigan. Masalan, 1983 yilda Germaniyada yangi qonun kiritilib, unga ko‘ra, o‘z vataniga qaytgan har bir migrant ishchiga 100 ming marka mukofot puli, shuningdek u bilan qaytayotgan har bir oila a’zosig50 ming marka pul berilgan.Fransiyada esa bu ko‘rsatkiya 70-100 ming frankni tashkil qilgan. Turk migrantlaring ma’lum qismi bu dasturlardan foydalangach, dastlabki yillarda migrantlarning ulushi keskin qisqarib ketdi. Lekin ko‘pchilik bu mamlakatlarga keyinchalik qaytib kelish imkoniyatining bo‘lmasligi va Turkiyada ham o‘ziga mos va bu kabi haq to‘lovchi ish joyini topa olmasligini anglaganlari uchun bu taklifni rad etganlar. Shuning uchun keyinchalik ham, ayniqsa ularning oilalarini olib kelish dasturlarini amalga oshirilishi bilan, ularning soni ortishda davom etgan. Oila a’zolaring kirib kelishi esa butun bir turklarning yashash kvartallarini paydo bo‘lshiga olib keldi. Turk jamiyatlaring kompakt bo‘lib, yashashlari ularning mamlakatga nisbatan adaptatsiya jarayonlarining sust rivojlanishiga olib keldi. Migrantlarning istiqboli bo‘lmagan ishlarda ilashi, xorij tiligi o‘rganishidagi muammolar turklarning g‘arblik aholidan izolyatsiya qilib qo‘ydi. Bu kabi qiyinchiliklarga asosan 45 yoshdan katta bo‘lganlar uchraganlar.
2006 yil ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda 3,4 mln turklar yashaydi, shulardan 52,1 %i Germaniyada, 12,7%i Fransiyada, 11%i Gollandiyada yashaydi. Germaniya turklar eng ko‘p yashaydigan lider mamlakat hisoblanadi. Bunga sabab, ikkinchi jahon urushidan so‘ng ishchi kuchiga katta ehtiyoj sezgan, shuningdek ikki mamlakatning tarixiy iqtisodiy aloqalari omili tufayli turk ishchilarini ishga yollashga deyarli monopol huquqqa ega davlat Germaniya edi.1972 yildayoq turk diasporasi Germaniyaning eng yirig etnik guruxlaridan biri hisoblanar edi.
1972-2006 yillar oalig‘ida 732,5 ming kishi Germaniya, 1946-2005 yillarda 228,3 ming kishi Gollandiya, 1985-2006 yillarda 129 ming kishi Belgiya fuqaroligin qo‘lga kiritdi. 2006 yilga kelib xorij fuqaroligini olganlarning umumiy soni 1.480 ming kishiga yetdi.
Shuningdek Milliy bandlik xizmati 2007 yilda 70024 kishini 3 yildan to 2 yilgacha bo‘lgan shartnoma bilan MDH(58,5%),Yaqin Sharq(34,2%)va Yevropa mamlakatlari(6,8%) ga ishchilarni yubordi. Muammoning yana bir tomoni shundaki, g‘arb mamlakatlari migrantlar hisobiga o‘zlaridagi demografiya muammosini ma’lum ma’noda hal qilmoqchilar. Ma’lumki, g‘arb davlatlarining aholisi sezilarli darajala qisqarmoqda, tug‘ilish qisqarmoqda, aholining o‘sishi kamaymoqda, ammo shu bilan birga umr ko‘rish uzaymoqda, bu o‘z-o‘zidan iqtisodiy faol aholiga bosimni keltirib chiqarada va mamlakatda ishchi kuchi yetishmay qoladi. Aholisining 67%i 16 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qilgan ,Turkiya esa Ushbu mamlakatlarning mehnat resurslarini qoplab berish imkoniyatiga ega.
O‘z navbatida Turkiyaga ishchi kuchi import ham qilinadi.Migrantlarning katta qismi mamlakatga 1923-60 yillarda kirib kelgan. Migrantlarning asosiy qismi turkiy zabon musulmonlar bo‘lib, ular asosan greklar, bolgarlar, Ruminiyaliklar va Yugoslaviyaliklardir. 1960 yillardan boshlab eng katta migratsiya oqimi bolgariyadan kirib kelan bo‘lib, bunga sabab Bolgariya xukumatining turklar etnik guruxini ajratish siyosati bo‘lgan. 1989 yil mobaynidagi bolgariyalik turklarning oqimi xukumat uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Natijada Bolgariya xukumati bilan muzokaralar olib borilishi va rejimning ag‘darilishi migrantlar oqimini kamaytirdi. Yangi Bolgariya xukumatining siyosati ko‘plab turklarning qaytib borishiga imkoniyat yaratdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu davrda 3000-ta bolgariyalik turklar Turkiyaga kirib kelgan bo‘lsa, shulardan 15000 tasi qaytib ketgan. Lekin shundan keyin bolgariyalik turklarning Bolgariyadagi iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli Turkiyaga turistik vizalar bilan kirib keluvchi oqimi boshlanib ketdi. Ammo mintaqadagi etnosiyoiy nizolar va tartibsizliklar tufayli mamlakatning immigrasion masshtab iva geografiyasini o‘zgartirib yubordi. Mamlakat Eron, Iroq,Yugoslaviya va Kosovodan keluvchi kutilmagan migratsiya oqimlarini qabul qilish imkoniyatiyaga ega bo‘lmay qo‘ydi.
Shuningdek mamlakat ichidagi migratsiya jarayonlari ham alohida e’tiborga molik. 2007 yilda mamlakat fuqarolarining manzilini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining joriy qilinish mamlakat iichdagi migratsiya jarayonlarini kuzzatishda juda as qotdi. Kuzatishlarga ko‘ra, birgina 2008 yilda 2.2 mln turklar mamlakatnin bir qismidan ikkinchisiga ko‘chib o‘z yashyash joylarini o‘zgartirganlar.
Migrantalarning aksariyat qismini ya’ni 92 ming kishini Antaliya qabul qilgan bo‘lsada, ularning 55 mingtasi keyingi yili ushbu hududni tark etganlar va 36 ming kishi doimiy yashash uchun qolgan. Bu ko‘rsatkichlar Antaliyani mamlakatdagi eng ommabop ichiki migrasi xududlaridan biriga aylantirdi.
Ammo umumiy migrantlarni qabul qilish bo‘yicha ro‘yxatda birinchi o‘rinda Istambul turadi. Biroq shaharda doimiy yashash uchun qoluvchi turklar haqida gap ketganda Istambul o‘z o‘rnini Antaliya, Bursa, Ankara va Izmirga bo‘shatib berib bu ko‘rsatkich bo‘yicha 5-o‘rinni egallaydi.
Shu bilan Isatmbul shaharni tark etuvchilar aholisi sonining ko‘pligi bilan ham 1-o‘rinda turadi. Masaln, 2008 yilda Istambulni 348 ming kishi, Ankarani 126 ming kishi, Izmirni 89ming kishi va Antaliyani 55ming kishi tark etgan.
Antaliyaga asosan malakali ishchilar ko‘chib keladilar.Ushbu hududda turiz sektori gullab yashnagani uchun doimi bo‘sh vakansiyalar mavjud bo‘ladi. Shuningdek Turkiyaning O‘rta Yer dengizi mintaqasi shovqin va katta shaharlarning behalovatligidan dam olishni istagan nafaqa yoshidagilarni ko‘plab qabul qiladi. 2008 yilda Istambuldan Antaliyaga 10000 kishi ko‘chib kelgan. Shuningdek ushbu xududga Ankara, Isparta va Mersindan ham ko‘plab ichki migrantlar kirib keladi.
Turk migrantlarining mamlakatga yuboradigan pul o‘tkazmalari
Yil
|
Pul o‘tkazmalarining hajmi ($)
|
Pul o‘tkazmalarining o‘sish sur’ati
|
Pul o‘tkazmalarining YaIMdagi ulushi
|
Savdo balansi saldosi ($)
|
Savdo balansi saldosidapul o‘tkazmalarining ulushi(%)
|
1964
|
8,1
|
-
|
-
|
-1 264
|
0,6
|
1965
|
69,8
|
861,7
|
-
|
-1 083
|
6,4
|
1966
|
115,3
|
165,2
|
-
|
-2 278
|
5,1
|
1967
|
93,0
|
80,7
|
-
|
-1 624
|
5,7
|
1968
|
107,3
|
115,4
|
0,6
|
- 2 672
|
4,0
|
1969
|
140,6
|
131,0
|
0,7
|
- 2 644
|
5,3
|
1970
|
273,0
|
194,2
|
1,5
|
- 3 591
|
7,6
|
1971
|
471,4
|
172,7
|
2,8
|
- 4 942
|
9,5
|
1972
|
740,0
|
157,0
|
3,4
|
- 6 776
|
10,9
|
1973
|
1183,0
|
159,9
|
4,4
|
- 7 691
|
15,4
|
1976
|
983,0
|
83,1
|
1,8
|
-2 912
|
33,8
|
1980
|
2071,0
|
210,7
|
2,9
|
-4 603
|
45,0
|
1984
|
1807,0
|
87,3
|
2,2
|
-2 910
|
62,1
|
1985
|
1714,0
|
94,9
|
1,9
|
-2 976
|
57,6
|
1986
|
1634,0
|
95,3
|
1,6
|
-3 018
|
54,1
|
1987
|
2021,0
|
123,7
|
1,7
|
-3 206
|
63,0
|
1988
|
1776,0
|
87,9
|
1,5
|
-1 813
|
98,0
|
1989
|
3040,0
|
171,2
|
2,1
|
-4 190
|
72,6
|
1990
|
3246,0
|
106,8
|
1,6
|
-9 448
|
34,4
|
1991
|
2819,0
|
86,8
|
1,4
|
-7 290
|
38,7
|
1992
|
3008,0
|
106,7
|
1,4
|
-8 076
|
37,2
|
1993
|
2919,0
|
97,0
|
1,2
|
-14 081
|
20,7
|
1994
|
2627,0
|
90,0
|
1,5
|
-4 167
|
63,0
|
1995
|
3327,0
|
126,6
|
1,5
|
-13 152
|
25,3
|
1996
|
3542,0
|
106,5
|
1,5
|
-10 264
|
34,5
|
1997
|
4197,0
|
118,5
|
1,7
|
-15 048
|
27,9
|
1998
|
5356,0
|
127,6
|
2,0
|
-14 038
|
38,2
|
1999
|
4529,0
|
84,6
|
1,8
|
-9 771
|
46,4
|
2000
|
4560,0
|
100,7
|
1,7
|
-22 057
|
20,7
|
2001
|
2786,0
|
61,1
|
1,4
|
-3 363
|
82,8
|
2002
|
1936,0
|
69,5
|
0,8
|
-6 390
|
30,3
|
2003
|
729,0
|
37,7
|
0,2
|
-13 489
|
5,4
|
2004
|
804,0
|
110,3
|
0,2
|
-22 736
|
3,5
|
2005
|
851,0
|
105,8
|
0,2
|
-33 001
|
2,6
|
2006
|
1111,0
|
130,6
|
0,2
|
-40 962
|
2,7
|
2007
|
1209,0
|
108,8
|
0,2
|
-46 677
|
2,6
|
2008
|
1324,0
|
109,5
|
0,2
|
-53 174
|
2,5
|
Evropa mamlakatlaridagi turk fuqarolari 2006 y.
Mamlakat
|
Xorijda yashovchi turk fuqarolari
|
Ishlayotgan turk fuqarolari
|
Vaqtinchalik iishsil turk fuqarolari
|
Soni
|
%
|
Ming kishi
|
Ming kishi
|
Germaniya
|
1 738 831
|
65,2
|
461 753
|
176 192
|
Fransiya*
|
423 471
|
15,9
|
92 992
|
21 275
|
Gollandiya*
|
364 333
|
16,1
|
104 000
|
13 000
|
Velikobritaniya
|
52 893
|
2,0
|
22 458
|
4 279
|
Avstriya
|
113 635
|
4,6
|
52 839
|
9 381
|
Shveysariya
|
73 861
|
2,8
|
3 200
|
3 678
|
Daniya*
|
54 859
|
2,1
|
23 774
|
4 406
|
Belgiya
|
39 664
|
1,5
|
15 155
|
6 067
|
umumiy
|
2 668 900
|
100
|
826 184
|
245 251
|
Yevropa mamlakatlarida fuqarolikn qo‘lga kiritgan turklar
Mamlakat
|
Yillar
|
Soni
|
Germaniya
|
1972 – 2006
|
732 524
|
Gollandiya
|
1946 – 2005
|
258 272
|
Belgiya
|
1985 - 2006
|
129 501
|
Avstriya
|
1983 – 2005
|
111 300
|
Fransiya
|
1991 – 2002
|
66 575
|
Shvesiya
|
1990 – 2006
|
30 942
|
Daniya
|
1980 – 2003
|
21 544
|
Velikobritaniya
|
1989 – 2005
|
53 335
|
Shveysariya
|
1990 – 2006
|
36 817
|
Avstriya
|
1996 – 2006
|
39 446
|
Jami
|
|
1 480 256
|
Milliy Bandlik Xizmati tomonidan xorijga yuborilgan turk ishchilari
2001-2007 yillar
Mamlakat
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
Avstraliya
|
5
|
11
|
4
|
3
|
2
|
0
|
-
|
Kanada
|
7
|
6
|
2
|
1
|
2
|
2
|
1
|
Izrail
|
3 917
|
347
|
422
|
130
|
417
|
602
|
275
|
SShA
|
104
|
168
|
87
|
74
|
90
|
57
|
96
|
Evropa
|
|
|
|
|
|
|
|
Avstriya
|
5
|
2
|
11
|
22
|
23
|
2
|
120
|
Belgiya
|
1
|
0
|
2
|
0
|
|
6
|
59
|
Daniya
|
5
|
5
|
7
|
1
|
1
|
0
|
-
|
Finlyandiya
|
3
|
1
|
0
|
0
|
7
|
0
|
-
|
Fransiya
|
202
|
341
|
422
|
530
|
593
|
377
|
487
|
Germaniya
|
2 437
|
3 367
|
3 366
|
2 197
|
1 074
|
708
|
2 022
|
Gresiya
|
3
|
0
|
0
|
0
|
|
0
|
-
|
Irlandiya
|
1
|
2
|
2
|
1
|
0
|
0
|
-
|
Italiya
|
2
|
5
|
2
|
0
|
|
0
|
-
|
Lyuksemburg
|
0
|
1
|
2
|
0
|
|
0
|
-
|
Portugaliya
|
0
|
2
|
0
|
0
|
|
0
|
-
|
Shvesiya
|
5
|
28
|
42
|
29
|
10
|
9
|
14
|
Gollandiya
|
2
|
131
|
431
|
1
|
0
|
0
|
-
|
Velikobritaniya
|
19
|
27
|
12
|
2
|
2
|
1
|
22
|
Albaniya
|
201
|
120
|
111
|
70
|
11
|
27
|
-
|
Bolgariya
|
4
|
0
|
36
|
88
|
44
|
58
|
413
|
Polsha
|
0
|
1
|
2
|
18
|
7
|
0
|
-
|
Ruminiya
|
13
|
12
|
2
|
230
|
113
|
169
|
1656
|
Shveysariya
|
1
|
2
|
86
|
0
|
|
0
|
|
Strani Blijnego Vostoka
|
|
|
|
|
|
|
|
Aljir
|
0
|
12
|
160
|
699
|
724
|
1478
|
875
|
Egipet
|
1
|
0
|
0
|
0
|
118
|
694
|
603
|
Irak
|
37
|
191
|
601
|
4 900
|
8 237
|
7 525
|
6 696
|
Iordaniya
|
203
|
234
|
368
|
752
|
2 241
|
2 239
|
1099
|
Katar
|
0
|
34
|
241
|
454
|
1 604
|
4 597
|
5 160
|
Kuveyt
|
11
|
45
|
26
|
230
|
151
|
596
|
115
|
Liviya
|
238
|
1 037
|
2 515
|
668
|
986
|
770
|
2 574
|
Morokko
|
0
|
69
|
182
|
279
|
330
|
368
|
991
|
Saudovskaya Araviya
|
4 657
|
6 399
|
6 064
|
1 146
|
6 452
|
19 841
|
4 049
|
Sudan
|
0
|
14
|
29
|
18
|
107
|
469
|
359
|
Siriya
|
9
|
21
|
2
|
0
|
|
0
|
-
|
OAE
|
0
|
1
|
1
|
628
|
1843
|
1176
|
1 398
|
MDH
|
|
|
|
|
|
|
|
Azerbaydjan
|
267
|
668
|
1049
|
745
|
629
|
632
|
1 299
|
Belarus
|
299
|
23
|
0
|
0
|
|
0
|
-
|
Gruziya
|
65
|
375
|
357
|
276
|
104
|
9
|
102
|
Kazaxstan
|
1 290
|
1 102
|
1 532
|
4 403
|
5 775
|
8 627
|
7 994
|
Kirgiziya
|
34
|
95
|
34
|
260
|
129
|
0
|
-
|
Moldova
|
2
|
132
|
0
|
0
|
|
85
|
-
|
Rossiya
|
4 190
|
10 137
|
10 816
|
13 271
|
19 540
|
24 142
|
23 349
|
Turkmenistan
|
1 327
|
1 068
|
1 603
|
2 031
|
964
|
1 086
|
741
|
Ukraina
|
90
|
151
|
89
|
761
|
1 017
|
1 926
|
2 753
|
Uzbekistan
|
455
|
423
|
773
|
455
|
349
|
147
|
134
|
Boshqalar
|
130
|
107
|
2 581
|
4 872
|
6 503
|
2 954
|
4 568
|
Jami
|
20 242
|
26 921
|
34 151
|
40 198
|
60 355
|
81 379
|
70 024
|
Manba: 1) Turkey and International Migration. SOPEMI Report for Turkey 2006/2007. Istanbul 2007. 2) T T.C. Çalışma ve Sosyal Güvenlik Bakanlığı, Dış İlişkiler ve Yurtdışı İşçi Hizmetleri Genel Müdürlüğü. 2007 Yılı Faaliyet Raporu. http://statik.iskur.gov.tr/tr/rapor_bulten/2007_yili_faaliyet_raporu.pdf
Turkiyaga immigratsiya 1923-1997 y (ming kishi)
|
Soni
|
%
|
1960 gacha
|
Bolgariya
|
790,8
|
48
|
47,4
|
Yugoslaviya
|
305,7
|
18,5
|
88
|
Ruminiya
|
123,6
|
7,4
|
99,1
|
Gresiya
|
408,6
|
24,8
|
99,8
|
Turkmenistan
|
2,9
|
0,2
|
73,9
|
Prochie strani
|
72,5
|
1,1
|
69
|
Vsego
|
1648
|
100
|
72
|
Nazorat savol va topshiriqlari
-
Turkiya aholisi o‘sish dinamikasini va ungata’sir etuvchi omillarni izohla bering?
-
Mamlakatda urbanizatsiya qanday sur’atlar bilan rivojlanmoqda, hamda uning salbiy va ijobiy xususiyatlarini ko‘rsating?
3.Turkiya aholisining sektorlar va mintaqalar bo‘yicha bandligi qanday?
4.Turkiya Respublikasida emmigratsiya jarayonlari qachonboshlandiva uning a uning sabablari nimadan iborat edi ?
5.Mamlakatdagi emmigratsiya va immigratsiya jarayonlarining salbiy va ijobiyoqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi,?
6.Turkiyaning emmigratsiya jarayonlari qachchondan boshlab sustlashdi va unga qanday omillar ta’sir etdi?
Mustaqil ish topshiriqlari
-
Turkiyada bandlik darajasini oshirish yo‘nalishlari
-
Turkiyaning demografik rivojlanish xususiyatlari
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
Do'stlaringiz bilan baham: |