5) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu holat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida mustahkamlangan; 6) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi. Bu qoida FKning 1-moddasida o`z ifodasini topgan. Shu bilan birga, FKning 166-moddasiga muvofiq, mulk daxlsizdir va qonun bilan qo`riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishidan o`zlarini saqlashlaridan iborat. Bu yerda “mulkdorga qarshi turgan” iborasini muayyan mulkning sohibi bo`lmagan har qanday boshqa shaxs sifatida tushunish lozim. Bunday subyektlar (shaxslar) o`zganing mulkiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan “o`zlarini saqlash”ni amalga oshirsalar, mulkning daxlsizligi tamoyiliga amal qilgan bo`ladilar. Fuqarolik huquqining boshqa tamoyillari kabi mulkning daxlsizligi tamoyili ham mutlaqlik xarakteriga ega emasligini nazarda tutib, FKning 166-moddasi 2-qismi, mulkdorning mol-mulkini olib qo`yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqatgina qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo`l qo`yilishi mumkinligini belgilaydi; 7) Qonuniy asoslarga ega bo`lmasdan turib, hech kim fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirokchilarining xususiy ishlariga o`zboshimchalik bilan aralishishga haqli emas. Fuqarolik huquqi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan asosiy tamoyillardan biri hisoblangan xususiy ishlarga o`zboshimchalik bilan aralashishga yo`l qo`yilmasligi tamoyili fuqarolik huquqi subyektlari o`z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlaridagi harakatlar bevositaligi va uzluksizligini ta'minlaydi. Ma'lumki, fuqarolik huquqida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy manfaatlari asosiy o`rinni egallaydi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi ana shu manfaatlar ustunligini kafolatlash maqsadida FKning 1-moddasidayoq, mazkur tamoyilni mustahkamlaydi. Bundan tashqari ushbu tamoyil boshqa qonun hujjatlarida ham alohida qoida tarzida belgilab qo`yilgan. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi 2000 yil 25 maydagi qonunining 34-moddasiga muvofiq, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Bunday aralashuv FKning 1-moddasi talablariga zid bo`lib, noqonuniy harakat hisoblanadi. Albatta, qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan aralashuv (xususiy ishlarga) bundan mustasnodir; 8) fuqarolik huquqlarining to`sqinliksiz amalga oshirilishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har qanday to`sqinliklarni bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Qonun hujjatlaridagi ba'zi cheklashlarning mavjud bo`lishi bu tamoyilning ahamiyatiga putur yetkazmaydi. Chunki huquq subyektiga berilgan, huquq subyektlarining o`z huquqini amalga oshira olish imkoniyatiga ega bo`lishlari, bu huquqlar mavjudligining asosiy mezonidir. Aynan shu xususda to`xtalar ekan, H.R.Rahmonqulov fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutilishini ta'kidlab o`tadi5; 9) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik huquqi birinchi navbatda huquqiy munosabat ishtirokchisining buzilgan huquqlarining avvalgi holatiga qaytarilishiga qaratiladi (mulkni natura holida qaytarish, buzilgan shaxsiy huquqni tan olish va h.k.). Buzilgan huquqlarning tiklanishi, amalda mumkin bo`lmagan hollardagina taraflar talabini qanoatlantirishning boshqa usullari qo`llaniladi; 10) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini ta'minlash (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o`z huquqlarini himoya qilish uchun o`z talabini maxsus organ - sud orqali bildirishga haqli va bu huquq qonun bilan kafolatlanadi;

11) shartnoma tuzish erkinligi (FK 1-354-moddalar). Fuqaro-lar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o`z fuqarolik huquqlari hamda burchlariga o`z erklariga muvofiq ega bo`ladilar, o`z manfaatlarini ko`zlab amalga oshiradilar. FKning 354-moddasida esa, ushbu tamoyilning mazmuni ochib berilgan. Shartnomalar erkinligi tamoyilini quyidagi uchta holatni ajratib ko`rsatish orqali tushunish mumkin: 1) subyektning shartnoma bo`yicha o`z kontragenti, ya'ni shart-noma bo`yicha sherigini tanlash erkinligi; 2) shartnoma predmetini, ya'ni aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi; 3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi. Ushbu uchala holatni amalga oshirishda subyektga hech qanday noqonuniy ta'sir o`tkazmaslik lozim bo`ladi. Ba'zi hollarda yuqoridagi holatlar subyektga qonuniy ta'sir o`tkazish orqali uning xohish-irodasini boshqa tomonga o`zgartirish orqali amalga oshiriladi. Shartnomalar erkinligi tamoyiliga nisbatan bunday cheklov faqatgina qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan hollarda tadbiq etiladi (FKning 377-moddasi). Ular shartnoma asosida o`z huquqlari va majburiyatlarini belgilashda hamda qonunga zid bo`lmagan har qanday shartnoma shartlarini belgilashda erkindirlar; 12) bozor munosabatlari sharoitidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan fuqarolik huquqi tamoyillaridan yana biri - O`zbekiston Respublikasining butun hududida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag`larning erkin harakatda bo`lishidir (FK 1-moddasi). Bu tamoyil bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo`lgan moddiy ne'matlarning erkin harakatlanishi hisobiga tovar-pul munosabatlari tezlashishini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ma'lumki, iqtisodiy rivojlanish va ma'muriy-hududiy tuzilmalarning geografik joylashishi muayyan turdagi tovarlar taqsimotining nomutanosibligiga sabab bo`ladi. Mazkur tamoyil ana shu nomutanosiblikni bartaraf etishda yetakchi o`rinni egallaydi. Shuning uchun ham faqatgina xavfsizlikni ta'minlash, insonlarning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo`lganda, tovarlar va xizmatlar harakatda bo`lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin. Fuqarolik huquqida xo`jalik hisobi tamoyili fuqarolik-huquqiy munosabatlarida, masalan, yetkazilgan mahsulotlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlar bo`yicha haq to`lashda, shartnomalarni bajarmaganlik yoki kechiktirib bajarganlik yoxud sifatsiz bajarganlik uchun sanksiyalar belgilashda ifodalanadi. Bulardan tashqari ayrim huquqiy institutlar, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi instituti ham o`z tamoyillariga ega.