Bog'liq Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti 2 kurs sirtqi fors (2)
Ishtirokchilari sub`yektiv huquq va majburiyatlar sohiblari bo`lgan hamda fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga fuqarolik-huquqiy munosabatlar deyiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o`rtasidagi nizolar xo`jalik sudi yoxud hakamlik sudi tomonidan da`vogarlik tartibida hal etiladi, bunda fuqarolik prosessual qonunlar belgilangan alohida qoidalarga rioya qilinadi. Qonunda maxsus ko`zda tutilgan hollarda fuqarolik huquqlarini himoya qilish ma`muriy tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarining asosiy xususiyati uning ishtirokchilarining yuridik tengligidan iborat. Fuqarolik-huquqiy munosabat tarkibi quyidagilardan iborat: a) huquqiy munosabat ishtirokchilari sub`yektiv huquq va majburiyatlari; b) huquqiy munosabat ob`yektlari; v) huquqiy munosabat sub`yektlari. Sub`yektiv huquqlar-fuqarolik-huquqiy munosabati sub`yektining ijozat berilgan hatti-harakati ko`lamidir. Sub`yektiv majburiyatlar-muayyan hatti-harakatlarni sodir etish shartligi yoki qandaydir hatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilib turish shartligidir. Majburiyatlarning ikki turi mavjud: 1. Passiv xildagi majburiyatlar. Ular fuqarolik-huquqiy taqiqlardan vujudga keladi va qonuniy huquqli taraf yoki davlat manfaatlariga zarar keltiruv harakatlarni sodir etishning yuridik mumkin emasligini bildiradi. 2. Faol xildagi majburiyatlar. Uning mazmuni ijtimoiy foydali hatti-harakatlarni sodir etishga undashdan iborat. Odatda ularda mulkni topshirish yoki muayyan ishlarni bajarish va hokazolarni sodir etish talabi o`z ifodasini topadi.