Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti 2-kurs sirtqi fors ingliz guruhi talabasi Kadirov Nodirbekning O’zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Tayyorladi : Kadirov N
Tekshirdi : Madaminova D
Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi-huquqiy munosabatlar sub`yektlari o`rtasida tenglik, xohish-iroda muxtoriyligi va mulkiy mustaqillik asoslarida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlar hamda ular bilan bog`liq bo`lgan yohud bog`liq bo`lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi-insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog`liq bo`lgan huquq sohalaridan biridir. U fuqaroga mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar sohasida katta huquqlar beradi va bu huquqlarni boshqa fuqarolar tomonidan buzilishidan muhofaza qiladi. Har bir fuqaro qonunga binoan xususiy mulkka ega bo`lish, mulkni meros qilib olish va vasiyat qilib qoldirish, ijodiy faoliyati va hokazolar bilan bog`liq ravishda vujudga keladigan huquqlarni qo`lga kiritishga haqlidir. Fuqarolik huquqining predmeti – huquq subyektining muayyan bir mol-mulkka aloqasi mohiyatini aniqlovchi, ashyoning (mulkning) bir xil shaxslardan boshqalarga o`tishini tartibga soluvchi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzish va ular bo`yicha olingan majburiyatlarni bajarish qoidalarini belgilovchi, shuningdek, yetkazilgan mulkiy va ma`naviy zararni qoplash tartibini ko`rsatib beruvchi ijtimoiy munosabatlarning keng doirasidan iborat. Fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar: 1. Mulkiy munosabatlar. Mulkning muayyan shaxslarga tegishliligi yoki mulkning bir shaxsdan boshqasiga o`tishi yoxud ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish bilan bog`liq munosabatlar. 2. Shaxsiy huquqiy munosabatlar. Nomulkiy xarakterga ega bo`lgan, mulk, qiymat, ekvivalent bilan bog`liq bo`lmagan, shaxslardan boshqa shaxslarga “o`tkazib va berib bo`lmaydigan” munosabatlar. Mulkiy munosabatlar mol-mulkning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi, mol-mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi bilan bog`liq bo`ladi. Mulkiy munosabatlarning birinchi guruhiga mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlarning ikkinchi guruhiga, avvalo, ko`pdan ko`p shartnoma munosabatlari ( mol yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi, yuklarni tashish shartnomasi munosabatlari) kiradi. Biroq bu munosabatlar shartnoma asosida paydo bo`lmasligi ham mumkin. Xususan, yetkazilgan zararning o`rnini qoplashda, asossiz ravishda qo`lga kiritilgan yoki saqlangan mol-mulkni qaytarib berishda, meros mulkning merosxo`rga o`tishida shunday bo`ladi. - Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi-huquqiy munosabatlar sub`yektlari o`rtasida tenglik, xohish-iroda muxtoriyligi va mulkiy mustaqillik asoslarida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlar hamda ular bilan bog`liq bo`lgan yohud bog`liq bo`lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi-insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog`liq bo`lgan huquq sohalaridan biridir. U fuqaroga mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar sohasida katta huquqlar beradi va bu huquqlarni boshqa fuqarolar tomonidan buzilishidan muhofaza qiladi. Har bir fuqaro qonunga binoan xususiy mulkka ega bo`lish, mulkni meros qilib olish va vasiyat qilib qoldirish, ijodiy faoliyati va hokazolar bilan bog`liq ravishda vujudga keladigan huquqlarni qo`lga kiritishga haqlidir. Fuqarolik huquqining predmeti – huquq subyektining muayyan bir mol-mulkka aloqasi mohiyatini aniqlovchi, ashyoning (mulkning) bir xil shaxslardan boshqalarga o`tishini tartibga soluvchi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzish va ular bo`yicha olingan majburiyatlarni bajarish qoidalarini belgilovchi, shuningdek, yetkazilgan mulkiy va ma`naviy zararni qoplash tartibini ko`rsatib beruvchi ijtimoiy munosabatlarning keng doirasidan iborat. Fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar: 1. Mulkiy munosabatlar. Mulkning muayyan shaxslarga tegishliligi yoki mulkning bir shaxsdan boshqasiga o`tishi yoxud ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish bilan bog`liq munosabatlar. 2. Shaxsiy huquqiy munosabatlar. Nomulkiy xarakterga ega bo`lgan, mulk, qiymat, ekvivalent bilan bog`liq bo`lmagan, shaxslardan boshqa shaxslarga “o`tkazib va berib bo`lmaydigan” munosabatlar. Mulkiy munosabatlar mol-mulkning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi, mol-mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi bilan bog`liq bo`ladi. Mulkiy munosabatlarning birinchi guruhiga mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlarning ikkinchi guruhiga, avvalo, ko`pdan ko`p shartnoma munosabatlari ( mol yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi, yuklarni tashish shartnomasi munosabatlari) kiradi. Biroq bu munosabatlar shartnoma asosida paydo bo`lmasligi ham mumkin. Xususan, yetkazilgan zararning o`rnini qoplashda, asossiz ravishda qo`lga kiritilgan yoki saqlangan mol-mulkni qaytarib berishda, meros mulkning merosxo`rga o`tishida shunday bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |