Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti



Download 42,22 Kb.
bet9/11
Sana13.04.2022
Hajmi42,22 Kb.
#547430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamidov KURS ISHI (2)(1)

IV fasl. Subhonqulixonning Amudaryodan o’tishi (xorazmliklarning Movarounnahrdan ketganidan keyin oliy hazrat xizmatkorlari ishtirok etgan voqealar haqida)13
Xorazmliklar Buxoroni qurshab olishganida Subhonqulixonning o’g’li Siddiq Muhammad otasiga yordamga kelish umidini amalga oshirmaydi. O’zining bir qancha g’ulomlari so’zlariga quloq tutib, Amudaryoga qaytib Balx qal’asiga kirib keladi. U g’ulomlarining sotqinligi haqida bilmasdi, xorazmliklarning harakatiga hatto e’tibor ham bermadi. Subhonqulixonni ranjitgan yana bir holat shu bo’lganki, Anushaxon Subhonqulixon tomonidan mag’lubiyatga uchrab, Xorazmga qaytganida Siddiq Muhammad g’iybatchilar gapiga quloq solib Hindistonga Hasanxo’jani yuboradi. Shuningdek, Siddiq Muhammad xon xizmatkorlariga nisbatan ham yomon munosabatda bo’ladi.
Bu xabar Subhonqulixon qulog’iga yetib borgach, “Bu arzimas harakatdan nizolar kelib chiqmasligi kerak; qo’zg’olon olovi yonishidan oldin biz Balx tomon yo’l olishimiz darkor” deya xizmatkorlar xitob qilishadi. Yo’lga otlanisharkan, xon Mir Ashraf qutvolga qo’shinning daryodan o’tishidan oldin yetib borishini va Kalif qal’asiga kirib borishni buyuradi, zero Siddiq tarafdorlari Movarounnahr qo’shiniga qarshilik ko’rsatishmasin.
Buxoro qo’shinlari daryoni ko’rib, undan gubsarlar yordamisiz kechib bo’lmasligini tushunib yetgach, sarosimaga tushishadi. Subhonqulixon ularning sarosimaga tushganlarini ko’rib, kechib o’tish ishlari bilan shug’ullanishni buyuradi. Keyingi kuni tongda Subhonqulixon o’zining yaqin kishilari Yayloq qushbegi, Xo’jamberdi miroxo’r saroy bilan daryoning narigi tomoniga o’tadi. Daryodan o’tib bo’lgach, Balx shahriga yo’l olishadi. Bu vaqtda Muhammad Siddiq hukmdoming yurishi haqida bilib oladi. Ba’zi g’iybatchilar gapiga quloq solib, xonga itoat etishdan bosh tortadi. Balx darvozalarini bekitib, qurollanishga tayyorgarlik ko’radi. Subhonqulixon esa darvozalarning bekitilganini bilib, qurollarning ovozini eshitgach, o’g’liga xat jo’natadi. Xatni harbiy turklarning otliq qo’shini boshlig’i Qilichbiy dodxox topshiradi. Shuningdek, unga qo’shib xoja Muhammad Amin kitobdorni qo’shib jo’natadi. U Siddiq Muhammadni o’zining yumshoq tili bilan yovuzlik olovini o’chirishga harakat qiladi. Shundan so’ng Muhammad Amin Subhonqulixonning Balxdagi amirlari bilan ittifoq tuzadi. Shunda Siddiqxon kutilmaganda o’z amirlari bilan otasining huzuriga keladi va shaharga kirib, arkda qolishga ko’ndiradi. Xon Siddiqning xizmatkorlariga marhamat ko’rsatib, Siddiq Muhammadni o’z yoniga o’tqazadi.
Oliy hazratlari ehtiyot choralari yuzasidan darvozalar oldida Tangriberdibiy parvonachini qoldirib, chap va o’ng qanot qo’shinlarini qo’yib yuboradi hamda Siddiq bilan do’stona munosabatni o’rnatib, yo’lga chiqadi. Ammo shoh xizmatkorlaridan biri Subhonqulixonga o’g’lining otasini oldidagi qo’rquvni deb ayyorlik bilan otasiga qarshi chiqmoqchiligini aytadi. Subhonqulixon ushbu yolg’onga ishonib, o’g’liga nisbatan boshqacha yo’l tutadi. O’z navbatida Siddiq ham buni bilgach, ortiga qaytadi. Yayloq qushbegi, Turumtoybiy, Xo’jamberdi miroxo’r va boshqalar esa Siddiq ketidan borib uni o’rab olishadi va xon huzuriga keltirishadi. Xon aybdorlarni jazolab, Muhammadjonbiy yuzga Balx boshqaruvini topshiradi. Shu orada xon yuragida Buxoroga qaytish istagi tug’ilib, yo’lga chiqadi.
Keyinchalik o’sha davrda ro’y bergan voqealar haqida hikoyalar berib o’tiladi. Masalan, Samarqandni boshqarayotgan va o’sha davrning dongdor kishilaridan biri bo’lmish Olloyorbiy devonbegi durman hamda uning boshiga g’am tushgani haqida, ya’ni o’g’illaridan biri bo’lgan Qalandarbekning jangda og’ir jarohatlanib, so’ng esa jon berganligi haqida gapirib o’tiladi.
Yana bir hikoyada esa xonga va davlat ishlariga xiyonat qilishga qodir bo’lmagan G’oyib Nazarbiy saroy to’g’risida so’zlab o’tiladi.
Bir qancha hikoyalardan so’ng muhim voqea sifatida asar muallif Samandarxo’janing o’zidek bir kasb egasi bo’lgan Mirza Yusuf bilan har doim yuzma-yuz ko’rishmasa ham, ammo bir-birlari bilan xat-xabar jo’natishgani, bir- birlarini bo’lib o’tayotgan voqealardan xabardor qilishgani to’g’risida beriladi.
Asar davomida Nasaf viloyatida bo’lgan bir qozi haqida hikoya berib o’tiladi. U zo’ravonlikni ifodalaydigan mayda gaplari ila qozilik ishlarini olib borarkan, adolat tushunchasini johillik, odobsizlik pardasi ortida yashirardi. Uni qozi Badi’ deb atashardi.
Xo’ja Samandar ham bir vaqtlar Nasaf viloyatida yashaganida ikkita qo’shnining kelishmovchiligi ustidan chiqib qoladi. Ya’ni muallif bir tojik bilan qo’shni bo’lib yashaganida uning faqat bitta eshagi bilan oilasini boqayotganini aytib o’tadi. Ammo bir kuni Qarshida yashaydigan bir turk kelib, eshakni ko’rgach, eshagining noqonuniy ekanligi hamda uning aslida turkka tegishli ekanligini aytadi. Shu tariqa ikkalasi bir eshakni deb urushib qolishadi. Shunda turk qozi Badi’ oldiga borish taklifini beradi. Ular qozi huzuriga borisharkan, ikkalasi alohida ikki yo’ldan borayotib, qozi oldiga kelganda esa ikki tomondan 10 tangadan pora berishadi. So’ng qozi bo’lib o’tgan voqeani so’zlab berishlarini so’raydi. Voqeani eshitib bo’lgach, eshakni o’zining g’ulomi Mushkobga berib, evaziga 10 tanga olishni hamda eshakka egalik qilishdan voz kechishlarini so’raydi. Aks holda ularni jazolashlarini aytib o’tadi. Arz qiluvchilar unga yana pora berishlarini aytishsa ham baribir qozi hech qaysi gapga ahamiyat bermaydi. Oxiri ular eshakni berishga rozi bo’lib ketishadi. Keyingi hikoyalarda esa uning kutilmaganda qilmishiga yarasha jazo sifatida kasal bo’lib vafot etishi beriladi.



Download 42,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish