III fasli. Subhonqulixon davrida ro’y bergan voqealar12 1097-yil bahorida Xo’jaquli Xorazmdan chiqib keladi va odamlarning azob- uqubatlariga sabab bo’ladigan bir qator ishlarga qo’l uradi. Bu haqida eshitgan Subhonqulixon jahl otiga minib, Balx va Badaxshon hukmdorlari, Andijon va Turkiston harbiy boshliqlarining katta qo’shin bilan yetib kelishlarini buyuradi.
otryadda Muhammad Saidxoja naqib Balx ba Badaxshon qo’shinlari bilan yetib keladi.
otryadda esa qatag’onlar va durmanlardan iborat qo’shin bilan Mahmud parvonachi as yetib keladi.
otryadda Misrdan katta qo’shin bilan karvon boshlig’i buyuk hoji Muhammadjon keladi va uning bu tashrifi Qarshi aholisining qalbida umid uyg’otadi. U esa xonga nisbatan dushmanlikni unutib, unga xizmat ko’rsatishga rozi bo’ladi.
Anushaxonning Samarqandga yurishi haqidagi xabar Subhonqulxonga yetib kelgach, Subhonqulixon Kermin tomon yo’l oladi. Yo’l-yo’lakay Buxoroga kirib keladi va vaziyatni o’rganib, qo’shin tayyorlaydi. Kermin boshqaruvini qo’lga olgan Odil miroxo’r ming xorazmliklarning yurishi haqida eshitib, qal’a devorlari va minoralarini qo’riqlashga kirishadi.
Anushaxon Samarqandga yo’l oladi va o’zidan oldin bir qator va’dalar bitilgan xatlar bilan samarqandliklarning huzuriga elchini jo’natadi. Samarqandliklarda kurashish uchun kuch qolmagani sababli Anushaxonni Samarqandga taklif qilishadi. Dushmanlar esa samarqandliklarning do’stona munosabatda ekanliklarini bilishgach, Cho’pon-Otagacha talonchilik ishlarini amalga oshirishadi. Samarqandliklar Anushaxonning bu qo’polliklaridan qo’rqib, Samarqand darvozalari kalitlarini uning qo’liga topshirishadi.
Anushaxon g’ozal Kesh tomon yo’l oladi va bu orada Shahrisabzning bir nechta katta kishilari xorazmliklardan chekinadilar. Anushaxon Samarqand va Shahrisabzni qo’lga kiritgach, Qarshining jasur kishilari juma namozida to’planishib, mirza Xonxoji shayx ul-islom huzurida hukmdorlariga sadoqatliliklari to’g’risida qasam ichadilar. Anushaxon qarshiliklarning xonga bunchalar sadoqatli ekanliklarini eshitgach, Qarshi darvozalari uning uchun osongina ochilmasligini tushunadi. So’ng ko’plab va’dalar bitilgan xatni elchilar orqali qarshiliklarga jo’natishga qaror qiladi. Biroq bu ishi samara bermaydi, hatto uning elchilari o’ldirib yuboriladi. Bu vaqtda Subhonqulixon qozi Badi’ning uning huzuriga kelishini buyuradi hamda unga Anushaxonni Qarshiga hujum qilmasligiga ko’ndirishini so’raydi.
Shu o’rinda hukmdorlarning davlat ishlarini yurituvchi - vazirning yordamisiz davlatni bo’ysundirish mushkulligi to’g’risida gapiriladi. Subhonqulixon hujjatlar hamda qog’oz va daftar ishlarini mirzo Abdul-Boqi devon va mirza Rizo daftardorga topshiradi. Ularning yordamida mamlakatda tartib va qonun o’rnatiladi. Biroq, yomon kimsalarning tuhmatlari oqibatida shu ikki odam o’z lavozimlaridan olib tashlanadi va vazir majburiyatlariga kiradigan hujjatlar ishlar adolatsiz, pastkash Mirzo Bekler qo’liga o’tadi. U yig’imlarni oshirib, xalq boshiga kulfatlar soladi. Lekin xalq xudodan uning ketishini so’rab iltijo qilishni boshlashadi va keyinchalik uning lavozimidan chetlatilishi musulmonlar baxtiga sabab bo’ladi.
Keyingi o’rinlarda Muhammad Saidxoji naqib haqidagi hikoya berib o’tiladi. Anushaxon Samarqandga kirib kelganida qo’zg’olon ko’taradi va o’zining to’rt mingga yaqin kishilariga Kasbi va Kosonni talashga buyruq beradi. Buni eshitgan Subhonqulixon mazkur ishga qarshi chora ko’rishni Muhammad Saidxoji naqibga topshiradi. U otini dushmanga qarshi yo’naltirib, 200 ta kishisi bilan raqibining yo’lini o’rab oladi. Xoji huzuriga Nodirbiy dodxox va Ali sayid eshikog’aboshi yordamga keladi. Xorazmliklar esa mag’lubiyatga uchrab chekinadilar.
Shuningdek, muhim voqealardan biri bu tashqi ko’rinishdan va xarakter jihatidan go’zal bo’lgan Xoja Zakariya shayx ul-islomning Anushaxon makkorligi va yovuzliklaridan sarosimaga tushib, istar-istamas unga o’z qizlaridan birini berishidir. Xojalar bilan qarindoshlik rishtalarini bo’g’lagandan keyin Anushaxon Dabusiya qal’asiga yo’l oladi. Qattiq janglardan so’ng Subhonqulixon g’alabani qo’lga kiritadi, Anushaxon esa mag’lubiyatga uchrab, Samarqandga ketadi. Bu orada yo’lda xudo tomonidan Anushaxonga dahshatli jazo beriladi. Anushaxonning bir o’g’li bo’lib, uni boshqa farzandlariga qaraganda ko’proq yaxshi ko’rar va unga bo’lakcha e’tibor qaratar edi. Ammo bu o’g’li otasining ko’zini temir mil bilan ko’r qiladi. Shu bilan Anushaxon o’z qilmishiga jazosini oladi.
Anushaxonning ko’r bo’lganidan so’ng Xorazm amirlari pushaymonlikdan Subhonqulixon huzuriga kelishib, unga umrlarini oxirigacha xizmat qilishga rozi bo’lishadi. Shundan so’ng xonga elchi yuborib, son-sanoqsiz in’omlar yuborgan holda itoatliklarini ifodalashadi. Hattoki Bek-Qulibiy otaliq va boshqalar ham xon huzuriga kelishib, uning xizmatiga kirishadi. Shu tariqa Subhonqulixon Andijon va Turkistondan Xinjon va Badaxshongacha bo’lgan o’lkalarni bo’ysundiradi hamda ularning obodonchiligiga e’tibor qaratadi. Adolatli qonun o’rnatib xalqi va dehqonlarini xursand qiladi, shariat qonunlariga hurmat ko’rsatadi. Qo’lidan ish keladigan har bir erkak kishiga naqd pul beradi, marhamat ko’rsatib ot sovg’a qiladi, ba’zilariga tunlar kiydiradi.