O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Markaziy Osiyo tarixiga oid muhim manba
Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi
kafedrasi o‘qituvchisi Karimov Nodir
Bajardi: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
va etnologiyasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Xamidov Azizbek
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...
I BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING HAYOTI VA ‘‘DASTUR UL-MULUK’’ ASARI
Xoja Samandar Termiziyning ilmiy faoliyati……………………
“Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi…………………………….
II BOB. “DASTUR UL-MULUK” - XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA
2.1. «Dastur ul-muluk» asarida Shayboniylar hukmronligi davri………………………………
2.2. «Dastur ul-muluk» asarida berilgan muhim ma’lumotlar………………………
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy istiqlol yillarida jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ardoqli, bebaho merosini o‘rganish, ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o‘z samarasini bermoqda. Qadimiy ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri Termiz shahridan yetishib chiqqan Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘zlashtirish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Xurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyatimizni quyidagicha ta’riflaydi: «Ma’naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg’u tinim bilmaganidek, ularning masuli o’larok, ma’naviyat ham doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo’ladi. Ma’naviyat deganda avvalambor odamning ruhan pokligiga qalban ulg’ayishiga chorlaydigan inson ichki dunyosini, idrokini bakuvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman».
Istiqlol tufayli o’zligimizni anglay boshladik, hayotimiz, fikrimiz, dunyoqarashimiz o’zgardi shunga yarasha tushunchalarimiz ham yangilandi: Milliy g’oya, milliy mafkura, komil inson tarbiyasi davrimizning dolzarb vazifasiga aylandi. Ota-bobolarimiz asrlar davomida yaratgan, beshavqat davr sinovlaridan omon qolgani iymonni mustahkam, bakuvvat etuvchi, komil inson xususida yozilgan axloqiy, diniy, ilmiy va didaktik asarlarni o’rganish ham davlat siyosati darajasiga kutarildi
Mustaqillikning samarasi sifatida dunyo yuzini kurgan ana shunday asarlardan biri Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» («Podshohlarga qo’llanma ») kitobidir.
Markaziy Osiyo tarixida Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o’rtasidagi siyosiy munosabatlami chuqurroq o’rganishda “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini aniqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |