Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti “Sharq silvizatsiyasi va tarix” fakulteti shmt -kurs sirtqi bo’limi turk – ingiliz guruxi talabasi Qo`chqorov Hikmatyorning Pedagogik texnologiyalar fanidan oraliq nazorat ishi



Download 98,84 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi98,84 Kb.
#934080
Bog'liq
2 5361751702477221012

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti “Sharq silvizatsiyasi va tarix” fakulteti SHMT 4-kurs sirtqi bo’limi turk – ingiliz guruxi talabasi Qo`chqorov Hikmatyorning Pedagogik texnologiyalar fanidan 1 oraliq nazorat ishi.

Ta'limda innovatsiyalar va u bilan bog'liq tushunchalarning pedagogik tavsifi

Ta'limda innovatsiyalar va u bilan bog'liq tushunchalarning pedagogik tavsifi

Annotatsiya: Zamonaviy jamiyatda innovatsion texnologiyalar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida, jumladan, ta'lim sohasida kengayib bormoqda. Ta'limda innovatsiyalar - ilmiy pedagogik bilimlarning yangi sohasi; taʼlim sohasidagi uchta asosiy pedagogik jarayon: yangiliklar yaratish, ularni o'zlashtirish va qo'llashning ajralmas birligi va o'zaro bog'liqligi hisoblanadi. Ushbu maqolada ta'limda innovatsion texnalogiyalar va u bilan bog'liq tushunchalarning pedagogik tavsifi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, o'qitish usullari, o'rganish, innovatsiya, innovatsion texnalogiyalar, pedagogik texnika, pedagogik innovatsiya, didaktik texnalogiya.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qoʻllashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Axborot yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo'lib ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday o'z aksini topganligini quyidagilarda ko'rishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagilar bilan belgilandi. a) Gendr pedagogikasi; b) Evristik pedagogika; e) Majburiy pedagogika; d) Androgogik pedagogika

O'qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida ko'ramiz. Aktiv metodni qo'llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (o'qituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.

O'qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli ta'lim, Evristik ta'lim, darajalangan ta'lim, Integratsiyalangan ta'lim, Interfaol ta'lim, Informal ta'lim, Rasmiy ta'lim, Norasmiy ta'lim turlari mavjud.

Etiboringiz uchun Rahmat


Download 98,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish