II Bob. ZAMONAVIY BOSQICHDA XITOYNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN ALOQALARI VA MINTAQADAGI SIYOSIY O’RNI
2.1. Markaziy Osiyo davlatlari bilan Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi hamkorligi
Xitoyning Markaziy Osiyodagi siyosatiXitoy o’zining uzoq muddatga ko’zlangan iqtisodiy srategiyasini ishlab chiqishi hozirgi zamonning muhim bir jihatidir. Bu strategiya XXR jahon iqtisodiy markazlaridan biriga aylanishiga yo’naltirilgan. Shu tariqa, Xitoy yirik davlatlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarini rivojlantirishga va ayni paytda ko’p tomonlama diplomatiya orqali o’zaro munosabatlarining mintaqaviy va global ahamiyatini oshirishga intilmoqda.
Ko’rinib turibdiki, Xitoyning Markaziy Osiyodagi tutgan o’rni har jihtadan faollashishi uning strategik dasturi yo’nalishlaridan biridir. Budungi kunda Markaziy Osiyodagi Xitoy manfaatlari ikki sohaga ajratishimiz mumkin: xavfsizlik masalasi va iqtisodiy faollik. Tahlillilchilarning fikricha, hozirda Xitoy milliy xavfsizligi uchun Markaziy Osiyoda quydagi tahdidlar mavjud:
-XXR hududidagi uyg’ur ayirmachiligi;
-mamlakat ichida va tashqarisidagi diniy ekstremizim va terorchilik,
giyohvandlik savdosi ;
-mintaqada Amerika harbiylarining joylashuvi.
Hozirgi paytda XXR Sintszyan-Uyg’ur muxtor o’lkasida (SUMO’) barqaror holatni saqlashga qaratilgan. SUMO’ning ko’pchilik aholisi musulmon-uyg’urlari bo’lib, ular bir necha marta mustaqil Uyg’ur davlatini tuzmoqchi ekanligini bildirishgan. Hali XX asr boshlarida etnik va diniy o’zligini saqlab qolish maqsadida Sharqiy Turkiston islom harakati tuzilgan edi. Biroq o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab bu harakat mustaqillik uchun Pekin hokimiyati bilan kurashishda teroristik usullardan foydalana boshladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko’plab uyg’urlar yashashadi, ularning qator madaniy-milliy va madanaiy-diniy mazmundagi tashkilotlari ish olib boradi. Bular Xitoy uchun jiddiy ahamiyatga egadir27.
Tahlillarga ko’ra, yuqorida ko’rsatilgan jihatlarning barchasi Xitoy hukmron doiralari Markaziy Osiyo davatlarini mahalliy uyg’urlarga nisbatan o’z siyosatini keskinlashtirshga undashi uchun asos bo’ladi. Bugungi kunda xitoy-qozoq bitimi imzolangan bo’lib, unda xitoylik musulmonlar orasida targ’ibot olib bormaslik to’g’rida majburiyatlar ko’rsatilgan. 2004-yilda XXR bilan Qozog’iston o’rtasida “O’zaro jinoyatchi-fuqarolarini almashish” to’g’risida shartnoma tuzilgan. Unga ko’ra tomonlar bir bilan ikkala davlat sudlari jinoyatchi deb topgan fuqarolarini almashishi shartdir. Sir emaski, bu birinchi galda uyg’ur ayirmachilarini XXRga topshirish bilan bog’liqdir. Qolaversa, Xitoy hukmron doiralarinig urunishlari sharofati bilan Sharqiy Turkiston islom harakati xalqaro jamiyatda terorchi tashkilot deb ko’rsatilgan. Bu esa rasmiy Pekinga zaruriyat tug’ilganda harakat a’zolariga nisbatan qattiq qo’l choralar ko’rishga imkon berardi.
Markaziy Osiyo va Afg’oniston davlatlaridagi notinch holatning o’zi Xitoyni ancha xavotirlantiradi. Birinchi navbatda bu terozrizm, diniy ekstremizm va giyohvand savdosi muammolari bilan bog’liqdir. Ularning barchasi Xitoyni Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan samaraliroq hamkorlik qilishga undamoqda, xususan Shanxay hamkorlik tashkilot doirasida. Markaziy Osiyo mamlakatlarida amerika harbiy bazalarining joylashganligi alohida o’rin tutadi. Xitoy uchun bu holat ham geostrategik, ham geosiyosiy jihatdan jiddiy to’siqdir. Qolaversa, ularning uzoq muddatli istiqboli rasmiy Pekinni umuman qoniqtirmaydi. Pekin hukmron doiralari Markaziy Osiyo davlat boshliqlarini o’z mamlakatlaridagi amerikaning mavjudligining miqyosi va shakllarini o’zgartirishga ishontirishga imkon qadar harakat qilishmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida 2006-yil Ostonadagi sammit qarorini keltiraylik. Sammitda Qirg’izistondagi “Gansi” bazasining aniq muddati belgilanishi kerak deb takidlab o’tilgan28. Bundan tashqari, shu masala Bishkek sammitida ham o’rtaga tashlanishi ehtimoli katta. Biroq XXR rahbariyati mintaqda AQSHga to’la qarshi chiqish uchun yetarli kuchga ega emasligini anglab, SHHT doirasida mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishni afzal ko’radi.
Rasmiy Pekin mintaqdagi uzoqni ko’zlovchi iqtisodiy maqsadlari sari intiladi. Xitoy manbalariga ko’ra, hozirda XXRda Markaziy Osiyo respubliklari bilan hamkorlik qilish bo’yicha xitoylik tadbirkorlarning qatnashuvi bilan idoralararo kengash tuzilgan. Yoqilg’i quvurlari va boshqa komunikatsion liniyalarni qurilishi neft maxsuotlarini yirik ist’emolchisi bo’lgan Xitoy uchun alohida ahamiyat kasb etadi. XXR jahonda enrgetika resurslarini import qilish bo’yicha AQSH va Yaponiyadan keyin 3-o’rinda turadi. Malumotlarga ko’ra, 10 yildan so’ng Xitoy Yaponiyadan o’zib ketadi, 2020-yilda uning neftga bo’lgan ehtiyoji 380-400 mln. tonnani tashkil etadi. Mamlakatning o’z manbalari faqatgina 170-180 mln. tonnaga teng.
Xitoy energetika sohasiga kiritayotgan sarmoyalarining katta qismi Qozog’istonga to’g’ri keladi. Xitoyning yirik energetikachi kompaniyalaridian biri “CNPC” 20 yil davomida 43 mlrd. dollar mablag’ kiritish sharti bilan “Aktobemunaygaz” qozoq neft kompaniyasining 82% aksiyasiga egalik qilmoqda29. 2005-yilda CNPC “QozMunGaz” kompaniyasi bilan Kaspiydagi Darxon konini o’zlashtirishda qatnashish haqida memorandum imzolashgan. O’shanda Xitoy Kanadaning “PetroQozog’iston” kompaniyasi aksiyalari to’liq paketini qo’lga kiritgan edi. Bundan tashqari, boshqa bir yirik kompaniya CNOOC Qozog’istondagi Britaniyaning “BP Group” kompaniyasining 8,3% aksiyasiga ega bo’lgan.
Xitoy mintaqadan gaz import qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, Xitoy 2020-yilga qadar gaz qazib olishni 3 baravar (100-115 mlrd kub. m.gacha) ko’paytirishni rejalashtirgan. 2006-yil 3-aprelda XXR va Turkmaniston o’rtasida kelishuv imzolagan. Unga ko’ra Xitoy 30 mlrd. kub. metr hajmda turkman gazini 2009-yilda Turkmaniston - Xitoy gaz quvuri ishga tushurilishidan boshlab 30 yil mobaynida xarid qilishi belgilangan.
Bu sohada Xitoy O’zbekistonga nisbatan kam e’tibor qaratadi. Buning asosiy sabablaridan biri Markaziy Osiyo davlatlariga qaraganda O’zbekistonda chet el sarmoyalari faoliyati uchun qattiqolroq siyosat yuritilishidir.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga Xitoy o’z sarmoyalarini faol kiritayotgan yana bir muhim javha bu transport infrastrukturasidir. Hozirgi vaqtda temir yo’llar va boshqa turdagi transport infrastrukturalarini qurish bo’yicha bir qator qo’shma loyihalar ustida ish olib borimoqda. Bularing hammasi kelgusida Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqlarini yanda rivojlantiradi.
Xitoyning mintaqada olib borayotgan iqtisodiy siyosatining bosh maqsadlaridan biri bu MO davlatlari bilan savdo-sotiqni rivojlantirshdir. Bugun MO davlatlari tashqi savdosining 9% XXRga to’g’ri kelmoqda. Xitoy tashqi savdo aylanmasida ularning ulushi atiga 0,4%ni tashkil etadi.
XXR mintaqada Qozog’iston va Qirg’iziston bilan eng yirik tijorat aloqalarini o’rnatgan.
Markaziy Osiyo avlatlariga XXR asosan mashinalar va qurilmalarni (65%), hamda oziq ovqat va ist’emol tovarlarini (30%) chiqaradi. O’z navbatida, mintaqa mamlakatlari XXRga hom-ashyo va energetika resurslarini sotishadi.
So’nggi yillarda Xitoy tomon mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rag’batlantirish bo’yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Xususan SHHT doirasida erkin savdo zonasi va mintaqaviy infrastrukturani yaratish, shu orqali o’zaro savdo-sotiqni o’stirish, tarifdan tashqari to’siqlarni qisqartirish va bartaraf etish; transport, qishloq xo’jaligi, yengil-tekstil sa’noati, energetika, telekomunikatsiya sohasida yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish. Hozircha MO davlatlari bu takliflar bo’yicha yagona yechimga kelishmagan. Ularning bozorlari nafaqat xitoy import tovarlari bilan to’ldiriladi, balki mahalliy maxsulotlar o’z bozorlaridan siqib chiqariladi. Bundan tashqari, mamlakatlardagi qonuniy va noqonuniy mehnat migratsiyasining oshishi, hamda joylardagi xitoy diasporasining o’sib borishi xavotirga sabab bo’lmoqda30.
Hozirgi kunda MO davlatlari bilan XXRning ikki va ko’p tomonlama aloqalari jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Ammo bunday munosabatlarni mutlaqo optimal deb aytaolmaymiz. Umuman olganda, hozircha aniq emaski, kimga bu aloqalardan ko’proq naf keladi?
Xitoy va Markaziy Osiyoning hozirgi munosabatlari mazmunini belgilovchi omillarn Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p jihatli doimiy, tarixiy, geosiyosiy hodisa bo‘lib, to‘rt muhim omil bilan belgilanadi. Birinchisi -geografik omil. Markaziy Osiyo va Xitoy shunchaki chegaradosh emas. Xitoyning g‘arbiy qismi Markaziy Osiyoning geografik mintaqa sifatida keng tarqalgan talqiniga kiradi. Bu qism, yoki Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni - hatto fanda Sharqiy Turkiston deb ham ataladi. Vaholanki, G‘arbiy Turkiston –Markaziy Osiyoning turkiy tilida so‘zlashadigan qismidir. Ikkinchi omil -Xitoyning miqyosi, uning mintaqa va dunyo miqyosidagi obro‘si. Xitoy - BMT asoschilaridan biri, Tashkilot Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Xitoy boshqa xalqaro tashkilotlarda ham faol ishtirok etadi, ular orqali jahondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Xitoy YEXHT bilan bevosita aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. 1955 - yilgi Bandung konferensiyasidan so‘ng Xitoy xalqaro munosabatlar amaliyotida tinch-totuv yashash prinsiplari qaror topishining tashabbuskorlaridan biriga aylandi. Uommaviy qirg‘in quroliga, ko‘p sonli, yaxshi jihozlangan va o‘rgatilgan qurolli kuchlarga, keng miqyosda jangovar harakatlar olib borish tajribasiga, qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasiga ega bo‘lgan qudratli harbiy davlat maqomini olgan. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlariga Xitoy tomondan xavf mavjud emas. Boz ustiga, Markaziy Osiyo va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi oxirgi muzokaralar jarayonida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan muhim bitimlar imzolandi. Shu jumladan hozirda mavjud chegaralarning daxlsizligi va hududlar bo‘yicha hech qanday da’vo yo‘qligi tan olindi. Uchinchi omil -Xitoyning iqtisodiy taraqqiyoti. Ma’lumki, Xitoy jahonning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan eng yirik davlatlaridan biriga aylanib bormoqda. Xitoy - ulkan va tobora kattalashib borayotgan bozor. U chetdan kelayotgan juda ko‘p tovarlarni iste’mol qilishga qodir. Ayni vaqtda, u boshqa mamlakatlarga ko‘p turdagi arzon iste’mol mahsulotlari yetkazib beradi. Markaziy Osiyo va Xitoyning geografik jihatdan yaqinligi ular o‘rtasida savdo aloqalarining istiqbollari porloq ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, Xitoy Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorlikdan juda manfaatdor. Uning manfaatlari savdo aloqalarini rivojlantirish bilangina cheklanmaydi. Ular strategik, iqtisodiy omillar - tabiiy va energetik resurslar, sanoat va mehnat salohiyati, ushbu mintaqa orqali G‘arb bilan bog‘lanish istiqbollari bilan bog‘liq. To‘rtinchi omil - Xitoyning davlat-siyosiy xususiyatlari. Bu mamlakat - Osiyodagi eng qadimgi va yashovchan davlat tuzilmalaridan biri. Xitoy davlat-siyosiy tizimi takomillashganiga qaramay, an’anaviy markazlashgan davlatchilikning asosiy prinsiplarini saqlab qolgan. Shu holat hamda mamlakat so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan va kiritayotgan ulkan yutuqlar qit’aning boshqa mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuni nazarda tutish kerakki, Xitoy yigirmanchi asrning dastlabki yillaridayoq davlatchilikning dunyoviy shaklini tanlagan va Sun Yatsen amalga oshirgan isloqotlardan so‘ng respublika boshqaruv shakliga o‘tgan Osiyodagi birinchi davlatlardan biridir. Beshinchi omil - Xitoynng demografik xususiyati. Tug‘ilishni cheklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Xitoy aholisi o‘sishining mutlaq ko‘rsatkichi o‘rtacha kattalikdagi davlat aholisi soni bilan barobar. Mamlakat iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga qaramay, aholining katta qismi muhtojlikda kun kechirmoqda. Natijada juda ko‘p xitoyliklar har yili yaxshi hayot izlab chet elga chiqib ketmoqdalar. Rivojlangan mamlakatlarda emigratsiyaning cheklanishi yangi mintaqaviy siyosiy muammolar bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyani Xitoy fuqarolarining bir qismi tabiiyravishda kelib o‘rnashadigan zonaga aylantiradi. Shu tariqamahsulot eksportiga Xitoyning ijtimoiy-demografik muammolarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish qo‘shiladi. Oltinchi omil Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning qadimiyligi. Din va tilda farqlar kattaligi tufayli madaniy aloqalar bevosita bo‘lmagan, chunki Markaziy Osiyo doim islom tafakkurining bir qismi bo‘lib kelgan, Xitoy esa o‘z Uzoq Sharq yoki Xitoy tafakkur tarziga ega bo‘lgan. Shunga qaramay, fan va madaniyat sohasida faol aloqa qilish kanallari mavjud bo‘lgan31. Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlariga nisbatan Xitoy tashqi siyosati nisbatan asta-sekin, lekin izchil rivojlanib bordi. Xitoy o‘zining «ta’sirchan» qismi -Sinszyan-Uyg‘ur avtonomrayoni bilan chegaradosh mintaqada biron-bir uchinchi taraf o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor emas. Boz ustiga, tarixiy va madaniy jihatdan Sinszyan Markaziy Osiyo bilan uzviy bog‘liq, geografik jiqatdan esa uning tarkibiy qismidir. Mintaqada boshqa davlatlar o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor bo‘lmasada, Pekin bu masala yuzasidan ochiq va qattiq ixtilofga kirishish niyatida ham emas. Uning strategiyasi mintaqa bilan hamkorlikni izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. Shu bois Xitoy Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishidan manfaatdordir, chunki beqarorlik, bir tomondan, tartibsizlik uning g‘arbiy hududlariga o‘tishiga, ikkinchi tomondan esa, mintaqaga uchinchi taraf«ortiqcha jalb qilinishi»ga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi.
Pekin Markaziy Osiyo mamlakatlarida sekulyarizmning mustahkamlanishidan va ular bilan Xitoyda «uch yovuz kuch» deb ataladigan xalqaro terrorizm, etnik separatizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishdan manfaatdordir. Xitoybu masalada O‘zbekistonning pozisiyasini yuksak baholaydi va unga «ishonchli hamkor» sifatida qaraydi. Xitoyning savdo va moliya ekspansiyasi strategiyasi Markaziy Osiyoning istiqbolli va o‘sib borayotgan bozorini chetlab o‘tolmaydi. Birgina 2004 - yilning o’zida XXR Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zolariga, ya’ni amalda mintaqa mamlakatlariga imtiyozli savdo krediti sifatida 900 mln. dollar ajratganini e’lon qilgan edi. Xitoy mintaqaningenergetik resurslaridan foydalanishdan manfaatdordir. U Qozog‘istondan Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoniga neft quvur yo‘li o‘tkazishga katta mablag‘lar ajratgan. Shu bois Markaziy Osiyo bilan transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish Xitoy uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, yangi marshrutlar Yevropa hamda O‘rta va Yaqin Sharqqa olib boradigan transport yo‘llarining muqobil variantlarini vujudga keltirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |