Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti mavzu: zamonaviy xalqaro munosabatlarda xitoyning markaziy osiyodagi manfaatlari


Xitoy tashqi siyosatining asosiy ustivor yo’nalishlari



Download 67,49 Kb.
bet7/14
Sana31.12.2021
Hajmi67,49 Kb.
#271581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Эшбеков Бахтиер

1.2. Xitoy tashqi siyosatining asosiy ustivor yo’nalishlari

Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu bilan bir vaqtda samarali yo‘llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg‘u berish Xitoy tashqi siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi.

Xitoy barcha davlatlar bilan tinch hamkorlikni 5 prinsipi asosida aloqalarni rivojlantiradi17. Ular quydagilar:

-davlatlar suverenitetini o’zaro hurmat etish;

-davlatlarning hududiy yaxlitligi;

-bir - biriga hujum qilmaslik;

-davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

-tenglik va o’zaro manfaatli hamkorlik.

Xitoy tashqi siyosatda quyidagilarga amal qiladi:

a) xalqaro munosabatlarning barcha yo’nalishlari bo’yicha Xitoy mustaqil va erkin o’zining siyosatini tanlaydi;

b) Xitoy harbiy kuch va gegemoniyaga qarshi chiqadi. Davlatlar bloklariga yoki yirik derjavalar bilan hech qanday strategic aloqalar o’rnatmaydi;

c) Xitoyning tashqi siyosat maqsadlari xalqaro dunyo holatini yaratish va butun dunyoda tinchlik mavjudligini taminlash.

Xitoyning boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatish prinsiplari:1949-yil 1-oktabr kuni XXR hukumati: “Mazkur hukumat XXRning barcha xalqlar irodasini ifoda etuvchi yagona qonuniy hukumatidir. Mazkur hukumat dunyoning har qanday hukumati bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga rozi, agar ikkinchi tomon tenglik, o’zaro foyda va hududiy suverenitetni hurmat qilish prinsiplari asosida a’loqalarni o’rnatishga rozi bo’lsa” e’lon qiladi. XXR qaysidir davlat Tayvanni davlat sifatida tan olsa u davlat bilan diplomatik aloqalarni uzadi18.

XXR kamdan-kam hollarda o‘zi yirik xalqaro tashabbuslar bilan maydonga chiqadi. Odatda bu mamlakat jahonda yuz berayotgan voqealarni baholashga ham shoshilmaydi, ko‘pincha fursat poylashga yoki betaraflikka asoslangan pozisiyani egallaydi. Xitoy tashqi siyosatining so‘nggi ikki o‘n yillikdagi tashqi siyosatining tadrijiy rivojlanish jarayonini ma’lum darajada sxematizm bilan davom etayotgan bir nechta o‘zgarishlar va almashayotgan o‘zaro nisbatlar sifatida ifodalash mumkin. Bunda tashqi siyosatning milliy istiqlolni ta’minlovchi “turg‘un” holati bilan uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “faolligi” o‘rtasidagi jiddiy farqni e’tiborga olish talab etiladi.

XXRning takliflari va tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora keng ma’qullanmoqda va qo‘llab-quvvatlanmoqda, Xitoyning jahonda yirik davlat sifatidagi o‘rni, ahamiyati va rolini ma’qullagan va baholagan mamlakatlar soni kundan-kunga ko‘payib borayotir. Bugungi kunda Xitoy dunyoning 161 davlati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan19.

XXRning bugungi tashqi siyosati mamlakatning hozirgi ichki siyosati va strategik vazifalari bilan uzviy bog‘liq. O‘zgarishlarning mohiyati quyidagi qoidalarda aks etadi:

Birinchi. Xitoy rahbariyati 25 yil mobaynida amalga oshirilgan “islohotlar va ochiqlik” siyosatining natijalarini sarhisob qilar ekan, faqat Yalpi ichki mahsulotining miqdor ko‘rsatkichlarini ko‘paytirishga qarab mo‘ljal olishdan voz kechdi. Yangi kurs bundan buyon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uyg‘un muhitini yaratishga yanada ko‘proq e’tibor qaratilishini anglatadi20.

Ikkinchi. Xitoy butun dunyoda kuzatilayotgan globallashuv jarayoniga uyg‘un qo‘shilishi, jahon iqtisodiy tizimidan o‘rin olishga qaratilgan harakatlarini yanada faollashtirishi lozim. 2001- yilda XXR Butunjahon savdo tashkiloti (BST)ga qabul qilindi. Xitoy bozoriga AQSh eksportining 22%, Germaniya eksportining 28%, Yaponiya eksportining 32% to‘g‘ri keladi. XXI asrning dastlabki yillari Xitoy iqtisodiyoti uchun umuman olganda samarali bo‘ldi. 2014-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 10 mlrd 360 mln AQSh dollarini tashkil etdi21. 2013-yilda Xitoy tashqi savdo aylanmasi 4.16 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Xitoy elektronika va informatika ishlab chiqarish bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi.

Uchinchi. Xitoy rahbariyati xalqaro vaziyatga baho berar ekan, hozirgi vaqtda tinchlik va rivojlanish muammosi hali-hanuz jahon siyosatining eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, deb hisoblaydi. Xitoy kompartiyasi markazko‘mi yangi voqelikni hisobga olib 2003 - yilning oxirida mamlakatni tinch yo‘l bilan tiklash* tashqi siyosiy konsepsiyasini ishlab chiqdi va rasmiy darajada ilgari surdi. Bu konsepsiyaga quyidagi bandlar kiradi:

a) XXR faqat tinch yo‘l bilan qayta tiklanishi mumkin. Xitoylik ekspertlar so‘nggi besh yuz yil mobaynida yetakchi davlatlarning yuksalish va tanazzulga yuz tutish davrlari tarixini qiyosiy tahlil qilib, mazkur mamlakatlar gegemoniyani asosan urushlar natijasida qo‘lga kiritgan va boy bergan, degan xulosaga keldilar. Xitoy Osiyoda va jahonda yetakchi rol o‘ynash bilan bir qatorda, ba’zan mag‘lubiyatga ham uchragan.

b) XXR hozirgi tinch xalqaro vaziyat yaratayotgan imkoniyatlarni qadrlashi lozim. Xitoy oldida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa turibdi: u mazkur imkoniyatlardan o‘z iqtisodiyoti va ijtimoiy infratuzilmasini samarali rivojlantirish uchun foydalanishi va shu bilan bir vaqtda tinchlikni mustahkamlashga o‘zining bor kuch-g‘ayratini yo‘naltirishi kerak.

2004-yilga kelib XXRda chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar soni qariyb yarim millionga yetdi. Amalda investisiyalashtirilgan kapital miqdori 500 mlrd. dollardan oshib ketdi. Jaqonning 500 yirik kompaniyasidan 400 dan ortig‘i Xitoyda investisiyalashtirilgan loyixalarga ega.

v) Xitoy rivojlanish jarayonida o‘z kuchiga tayanadi. U o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlashi, keng ko‘lamli Xitoy ichki bozoriga, ishchi kuchining bitmas-tuganmas zaxiralariga, aholi to‘plagan ko‘p miqdordagi valyuta va mablag‘larga, yangi sotsialistik tuzumning samaradorligiga va xitoy xalqining qudratli ijodkor kuchiga tayangan holda o‘z ichki va tashqi siyosatini shakllantirishi lozim.

g) Xitoy o‘z qobig‘iga o‘ralish siyosatini olib bormasligi kerak. Uyg‘onish tashqi dunyoning tadrijiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Xitoy bundan buyon ham “islohotlar va ochiqlik” siyosatini olib borishi zarur. Xitoyning uyg‘onishi -uzoq davom etadigan tarixiy jarayon. Bugungi kunda u o‘z yuksalish jarayonining dastlabki bosqichida turibdi. Uyg‘onish uchun hali ko‘p vaqt kerak. Xitoyning uyg‘onishi boshqa mamlakatlarga tinch va unumli rivojlanishni kafolatlashi lozim22.

To‘rtinchi. XX asrning 80-yillaridan e’tiboran Xitoy tinchlikparvar tashqi siyosatni yanada faol olib bora boshladi. Mamlakat xalqaro maydonda o‘z mavqei va imkoniyatlariga mos keluvchi rolni o‘ynash niyatida. Mamlakatni modernizatsiya qilish vazifasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tinch xalqaro vaziyatni saqlash Xitoy hukumati tashqi siyosatining uzoq muddatli maqsadi hisoblanadi. Bu intilish quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi. Faol tashqi siyosat Xitoyga “islohotlar va ochiqlik” yo‘lidan olg‘a siljish va mamlakatni modernizatsiya qilish vazifasini bajarishga ko‘maklashadi. U kuch ishlatishdan voz kechishnigina emas, balki ham mintaqaviy darajada, ham dunyo miqyosida tinchlikni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etishni ham nazarda tutadi. XXR buyuk davlatlarning birortasi ham harbiy ustunlikka erishishga intilmasligi va harbiy bloklar tuzish siyosatini olib bormasligi, balki o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaatdorlik, tenglik va hamkorlikka asoslangan xavfsizlik yangi konsepsiyasini hayotga tatbiq etishi g‘oyasini ilgari suradi23.


Download 67,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish