Mavzuning nazariy metodologik asoslari: Mavzuni amalga oshirishda mantiqiy, tarixiy, qiyosiy-tipologik va sintez, ivent, content tahlili kabi metodlardan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi: kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1-BOB. XALQARO MUNOSABATLARNI ORGANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Xalqaro munosabatlar, Diplomatiya va jahon siyosati tushunchasi.
“Xalqaro munosabatlar” tushinchsining ko’plap ta’riflari mavjud. Masalan, xalqaro munosabatlar bu global davlatlararo tizimdagi davlatlarning o’zaro ta’sirini tushuntirishga harakat qiladi, shuningdek, bir mamlakat ichida paydo bo’lgan va boshqa mamlakatlar azolariga qaratilgan boshqalarning o’zaro ta’sirini tushintirishga qaratiladi.
- davlat tizimlari va davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma’noda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar majmuidir11.
- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui deb ta’rif bergan Azarboyjonlik siyosatchi Shohnazarov Gregoriy Kosarivich12.
- davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi munosabatlardir13.
Bu ta’riflarning hech biri obyekt mazmunini to‘la ochib berolmagan. Ularning vazifasi faqatgina obyekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uning mohiyati va spesifikasini aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi.
Raymon Aron, xalqaro munosabatlarga quydagicha ta’rif beradi, Siyosiy birliklar o‘rtasidagi munosabatlar, harakatdagi shaxs – davlat. Xalqaro Munosabatlar – jamiyatning tabiiy, fuqarolik jamiyatidan oldingi holati. Ramziy personajlar-diplomat va askar. Amerikaning Pensilvaniya shtati Filodelfiya shahrida yashagan Jozep Rosenau xalqaro munosabatlarga quydagicha ta’riflaydi harakatdagi shaxs – bir-biri bilan davlatning minimal vositachiligi orqali yoki hatto uning (davlatning) irodasiga qarshi munosabatlarga kirishuvchi aniq shaxslar. Ramziy personajlar – turist va terrorist. Yana bir Amerikalik siyosatchi M. Merl xalqaro munosabatlarga quydagicha ta’rif beradi, M. Merl Xalqaro Munosabatlar - chegaralarni kesib o‘tadigan yoki chegaralarni kesib o‘tish tendensiyasiga ega kelishuvlar va oqimlar majmuidir14.
Xalqaro Munosabatlar tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Xalqaro munosabatlarni, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin.
Quyidagi mezonlar asosida xalqaro munosabatlarning ikki turi ajratiladi:
1. Kuchlar balansi;
2. Manfaatlar balansi.
Xalqaro munosabatlar
ijtimoiy hayot sohasi bo’yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi;
intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi;
geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo, Afrika va b.) xalqoro o‘zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi;
Keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi.
Xalqaro munosabatlarning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi sababli xalqaro munosabatlarning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. Jahon siyosati atamasi ham aynan xalqaro munosabatlar atamasiga sinonim sifatida qo’laniladi15.
Siyosat (arabcha) so’z bo’lib— davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi. siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat koʻrinishlarini boshqaruvda kuzatish mumkin.
Qadimda siyosatga jamiyat va shahardavlat (polis)ni boshqarish toʻgʻrisidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida qaralgan boʻlsa, hozirgi vaqtda siyosat deganda davlatni boshkarishning vazifa va maqsadlari hamda bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boʻladigan ijtimoiy-siyosiy , jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy siyosat odamlarning saylovchi, deputat va vazir va davlat siyosiy hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.
Siyosat oʻz taʼsir etish obyektiga koʻra ikki turga: ichki va tashqi siyosatga boʻlinadi. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi. Shu tarzda iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, milliy siyosat, demografik siyosat, agrar siyosat, texnikaviy siyosat, ekologik siyosat, madaniy siyosat, kadrlar siyosati, harbiy siyosat va boshqa yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. Siyosat subʼyektlari orqali ham ifodalanadi. Masalan, davlat siyosati, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari siyosati va boshqa infura tuzilmalar tashkil qiladi. Siyosatni tushunishda turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsional-tanqidiy yoʻnalishlarda siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustuvor yoʻnalishini belgilashsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat boʻlgan. Bunday yondoshuv siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keldi va inson siyosatning passiv obʼyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, balki siyosat inson bilan shugʻullana boshladi. Oxir oqibatda siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafkuralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliy-maʼnaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid boʻlgan maʼno kasb etdi. Siyosat "boshqarish sanʼati"ga emas, aksincha, zoʻrlik, taʼqib etish vositasiga aylandi. Davlat boshqaruvida manfaatlar uygʻunligi buzildi. Siyosiy hayotda "davlat — jamiyat — inson" munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun boʻlib qoldi.
Siyosat va diplomatiya chambarchas bog'liqdir. Siyosat - bu davlatning ichki va tashqi faoliyati dasturi, diplomatiya esa boshqa davlatlar bilan munosabatlarda uni amalga oshirishning taktik vositasidir. U tashqi siyosatni amalga oshiradi, asosiy maqsad va vazifalarini hal qiladi, vaziyatdan, imkoniyatlardan va siyosiy vaziyatdan mohirona foydalanishni qamrab oladi.
“Jahon siyosati” tushunchasi siyosiy fanlarning faol qo‘llaniladigan, ayni vaqtda nisbatan aniq ta’riflangan tushunchalari qatoriga kiradi. Ko’pchilik tadqiqotchilar jahon siyosatini mavhum (abstrakt) tushuncha deb hisoblashadi, ya’ni bu, siyosatshunosning xalqaro munosabatlarda shartli ravishda siyosiy tomonni va siyosiy o‘lchovni ajratuvchi qarashidir. Ushbu tushunchaga rus siyosatshunoslari A.E.Bovin va B.P.Lunin tomonidan aniqlik kiritilgan. Ularning fikriga ko‘ra, “Jahon siyosati – bu xalqaro maydondagi davlatlarning o‘zaro ta’siri va faoliyatidir; Xalqaro munosabatlar - davlatlar o‘rtasidagi real aloqalar tizimi bo‘lib, jahon siyosatidagi hudud, o‘ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo‘ladi16.
Jahon aloqalari subekti, ishtirokshisi sifatida davlatlardan tashqari, turli xil harakatlar, tashkilotlar, partiyalar maydonga chiqadi. Jahon siyosati xalqaro munosabatlarni shakllantiruvchi faol omil hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar jahon siyosati ta’siri ostida doimiy o‘zgarishda bo’ladi. Va o‘z navbatida uning mazmuni va xarakteriga ta’sir o’tkazadi. Bunday pozitsiya jahon maydonida sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishni osonlashtiradi va uni jahon iyosati tahlili asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo, xalqaro siyosat sohasidan farqli ravishda, jahon siyosatida davlatni xalqaro aloqalarning bosh ishtirokchisi sifatida inkor etmaydigan va xalqaro muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi noan’anaviy faktlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |