Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti arab filologiyasi yo



Download 100,5 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi100,5 Kb.
#473338
  1   2   3   4
Bog'liq
Arab adabiyoti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI


SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI
ARAB FILOLOGIYASI YO’NALISHI


MAMLAKAT ADABIYOTI FANIDAN


MUSTAQIL ISH


Mavzu: Yangi arab adabiyoti rivojlangan dastlabki markazi
Bajardi: Maxmudjonova Muborak
Arab-ingliz 4

Qabul qildi: ffn. dots. Ahmedova Shahlo





Toshkent 2022 yil


Kirish
Yangi davr arab adabiyoti tadqiqodchilari arab Sharqi mamlakatlarining tarixiy taqdiri va madaniyati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladilar.
Qadimgi va o‘rta asrlarda gullab yashnagan arab adabiyoti yangi davr bo‘sag‘asida qoloq, susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab ketgan Yevropa adabiyotining ketidan quvishga majbur bo‘ldi.
O‘rta asrlarda vujudga kelgan madaniy, adabiy umumiylikning parchalanishi va milliy adabiyotlarning shakllantirish jarayoni arab Sharqida, bir tomondan, qudratli, barqaror o‘rta asr madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi va jahon madaniyati bilan bo‘lgan aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida sodir bo‘ldi.
Bu omillarning o‘zaro nisbati, ularning badiiy adabiyotga ta’siri darajasi va xarakteri bir xil emasdi, goh u, goh bu omil ustun kelar edi.
Yangi davr arab adabiyoti an’analarning tuganmas xazinasi, voqelik va jahon madaniyatidan o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil unsurlarni o‘zlashtirdi.
Yangi arab adabiyoti bir xalqning ijod mahsuli emas, uni Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Jazoir, Tunis, Marokash va Arabiston yarim oroli mamlakatlari xalqlari yaratmoqdalar. Tabiiyki, arab Sharqi mamlakatlari bu adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulush bir xil emas.
Yangi arab adabiyoti tarixini rivojlantirishda Misr, Suriya va Livan mamlakatlari alohida rol o‘ynadi.
Aksariyat arab tadqiqodchilari bugungi arab mamlakatlari adabiyotini Misr, Suriya, Tunis va boshqalarga bo‘lmasdan, yagona adabiyot sifatida qaraydilar. Mahalliy o‘ziga xosliklar va farqlarni nazarda tutgan holda arab adabiyotshunoslari «Misrdagi (Suriyadagi, Iroqdagi va h.k.) arab adabiyoti» atamasini qo‘llaydilar, lekin «Misr adabiyoti», «Iroq adabiyoti» kabi atamalarni inkor etadilar.
Misr, Suriya so‘zlarini esa, odatda, janr bilan bog‘liq holda “Misr romani”, “Suriya novellasi” kabi ishlatadilar.
Darhaqiqat, bir tomondan ular orasida etnik yaqinlik, umumiy arab adabiy tili, ko‘pgina mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan islom dini, arab birdamligi g‘oyasi mavjud. Bular arab adabiyotini birlashtiruvchi omillar bo‘lib, ularga iqtisodiy va siyosiy sabablar bilan yuzaga keladigan arab
Ichki sharoit va ijtimoiy-siyosiy o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi mustaqil, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, shevalar mavjudligi singari omillar milliy adabiyotlar tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon arab adabiyotini o‘zanidan chetga tortadi.
Tarixiy sharoitlardagi tafovut va XIX asrda arab mamlaktlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining notekis kechgani arab dunyosining turli regionlari adabiyotning bir vaqtda o‘rta asrdan zamonaviy shakllarga o‘tishiga xalaqit berdi. Aksariyat arab mamlakatlari uchun XX asr Misr adabiyoti Yevropa tajribalarini yoyishda vositachi vazifasini o‘tadi. Turk sultoni Abdulhamid II hukmronligi davrida Suriya va Livandagi yangilikka intilish harakati ziyolilarning majburan chet elga ketishi munosabati bilan xiyla sekinlashdi. Yevropa va Amerika mintaqasida muhojir adabiy markazlar paydo bo‘ldi, Misrda o‘sha davr adabiy kuchlarining markazlashishi yuzaga keldi. Hozirgi paytda esa arab Sharqining bir qator mamlakatlarida adabiyotning bir me’yorda taraqqiy etib borishi tamoyili yuzaga kelmoqda.
Yangi arab adabiyotining o‘rganilishiga I. Yu. Krachkovskiy, A. Ye. Krimskiy,
K. V. Ode-Vasilyev, A. Sultonov, A. A. Dolinina, V. Borisov, N. K. Usmonov, A. B. Xolidov,

  1. N. Kirpichenko, S. V. Projogina va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Arab tadqiqodchilaridan Mahmud Amin al-Alim, Abbos Mahmud al-Akkad, Muhammad Mandur, Jamil Salib, Mustafo Shokir, Husayn Muravvalarni ko‘rsatib o‘tish lozim.

Ayniqsa, akademik I. Yu. Krachkovskiy asarlarini alohida e’tirof etish kerak. Ma’lumki ungacha rus va G‘arbiy Yevropa sharqshunosligi faqat o‘rta asr arab adabiyotini o‘rganishga loiq deb bilardi. I. Yu. Krachkovskiy XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etayotgan
yangi arab adabiyotining o‘ziga xos ahamiyatini to‘g‘ri baholab, Muntazam o‘rgana boshladi. Uning milliy merosi arab Sharqi mamlakatlaridagi adabiy jarayonlarni o‘rganishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Yangi arab adabiyoti tarixi materiallarini bayon etishda biz akademik I. Yu.Krachkovskiy qoldirgan quyidagi davrlashtirish prinsipiga amal qilamiz.

    1. ma’rifatparvarlik davri (1800-1880 yillar).

    2. arab jangovar publisistikasi davri (1880-1910 yillar)

    3. ilk realizm davri (1910-1935 yillar)

    4. yangi davr adabiyoti (1940-bugungacha).

Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish