Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti arab filologiyasi kafedrasi


II bob. Falastin yozuvchisi mahmud darvesh: yozuvchi shaxsiyati, hayoti, ijodi



Download 73,74 Kb.
bet5/6
Sana18.02.2022
Hajmi73,74 Kb.
#455383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
adabiyot. Mahmud Darvesh. Kurs ishi

II bob. Falastin yozuvchisi mahmud darvesh: yozuvchi shaxsiyati, hayoti, ijodi
2.1. Mahmud Darvesh qalamiga mansub الحزن والضغب she’ri
Ham shoir, ham yozuvchi, qator adabiy mukofotlar sohibi, Falastin milliy shoiri sifatida tan olingan Mahmud Darvish she’rlarida ona yurti Falastin metaforaga aylanadi. Darvesh zamonaviy arab she'riyatining rivojlanishiga va unga timsollarning kirib kelishiga hissa qo'shgan eng ko'zga ko'ringan adiblardan biri hisoblanib, uning she’riyatida vatanga muhabbat ayol sevgisi bilan qorishib ketgan.
Otasi oddiygina yer egasi, onasi savodsiz bo’lishiga qaramay, bo’lajak ijodkor bobosidan saboq olgan. Isroil davlati tashkil topgandan so'ng yurtidan ketishga, turli yerlarda yashashga majbur bo’lgan oila a’zosi Mahmud Darveshni bilim olishidan hech qachon to’xtatishmaydi: Kafr Yasif2 o'rta maktabiga o'qishga kirdi, 1970-yilda Darvesh SSSRga o‘qishga boradi, u yerda bir yil Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida tahsil oldi, keyinroq Misrga jo‘nab ketadi. 1973-yilda Falastin Ozodlik Tashkilotiga a'zo bo'lgan Mahmud Darvesh uchun Isroilda yashash taqiqlangan. Faqatgina 1995-yil Isroil rasmiylaridan bo’lgan do'sti Emil Habibi3ning dafn marosimida qatnashish uchun mamlakatga kiritishni so'ragan. Shu yili unga Ramallohga joylashishga ruxsat berilgan bo’lsada, biroq u o‘zini u yerda surgunda yashayotganini his qilganini aytdi.
Ijodkor oʻzining العصافير بلا أجنحة" "(“Qanotsiz qushlar”) nomli birinchi sheʼriy toʻplamini nashr ettirdi. O’sha payt u 19-yoshda edi. Aslida Darvish 17 yoshidayoq Nakba4dagi qochqinlarning iztiroblari va ularning qaytishi muqarrarligi haqida she’r yoza boshlagan va she’rlar sayillarida she’r ayta boshlagan. Shoir sifatida u dastlab o‘z she’rlarini Isroil Kommunistik partiyasining adabiy jurnali “Al-Jadid” da nashr etadi va keyinchalik uning muharriri bo‘ladi. Ish faoliyati davomida Isroil ishchilar partiyasi tomonidan nashr etilgan "Al-Fajr" adabiy davriy jurnalida muharrir yordamchisi bo'lib faoliyat ham yuritadi.
Darvesh umri davomida 30 dan ortiq she’riy va sakkizta nasriy kitobini nashr ettirdi. Uning sheʼriyatida asosiy mavzu vatan yoki yurt tushunchasidir. Shoira Naomi Shihab Nayning yozishicha, Darvesh "Falastin xalqining asosiy nafasi, surgunlik va tegishlilikning yorqin dalilidir”.
Munaqqid Muhammad Fikriy al-Jazzor5 Darvesh she’riyatini uch qismga ajratadi: Birinchi bosqich - uning o'z vatanida bo'lishi bo'lib, shoirning shakllanishi, vatanining maqsadini anglashi, bosib olingan vatanga mansublikning shakllanishini o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich ijodkor Bayrutni tark etgunga qadar davom etgan va shoirning birinchi bosqichda shakllangan tuyg‘ulari tashkil etgan inqilobiy ong bosqichidir. Uchinchi bosqich esa idrok qilish, tafakkur qilish va inson orzusi bosqichidir.
Mahmud Darvish o'z tarjimai holida o’ziga xos fikrlar bildirgan: “Avvalo, har bir lirik she’r avtobiografik she’rdir degan naql borki, o‘quvchi shoirning she’riyatini tushunish va u bilan muloqot qilish uchun uning tarjimai holini bilish shart emas. Shu sabab ham men avtobiografiyamni yozishni xayolimga ham keltirmaganman. Men shaxsiy hayot va uning muammolari haqida ortiqcha shikoyat qilishni yoqtirmayman. Shuning uchun men o‘zim bilan maqtanmoqchi emasman, chunki tarjimai hol ba’zan odamni o‘zi bilan maqtanishga undaydi. Bir qator nasriy kitoblarda tarjimai holimdan xususiyatlarni yozdim, ayniqsa, bolalik xotiralarim haqida”. U oilasi bilan qochqin bo‘lib yashagani, ularni qochqinlar deb atashgani, yashash guvohnomasini olish juda qiyin bo'lib, chunki ular "noqonuniy" kirgan hisoblanishlari, aholini ro'yxatga olish paytida ular yo'q bo’lib, hisobga olinmasliklari haqida, Isroil qonunchiligidagi sifatlari: "hozir-yo'q", ya'ni jismonan hozir bo’lsalarda, lekin qog'ozsiz ekanliklarini, yerlarimiz tortib olingani uchun qochqin bo‘lib yashaganliklari haqida yozadi.
Mahmud Darvesh o’ziga xos xususiyatga ega inson bo’lgan. U xonadonining uchta kalit bo’lganini, sababi u hech kim sezmay qolib, yolg‘iz o‘lishdan qo‘rqganini yozadi. U -“Oltmish juda qo‘rqinchli raqam, keyin nima bo‘ladi?” der edi. Darvish ko‘p vaqtini o‘qish va yozish bilan o’tqazgan . U ibroniy, ingliz va frantsuz tillarini bilgan. U Betxoven va Chaykovskiy kabi buyuk musiqachilarning mumtoz musiqalarini tinglashni yaxshi ko'rgan.
Mahmud o‘z do‘stlariga, umuman olganda, xalqqa samimiy va do‘stona munosabatda bo’lib, juda kamtar, uyatchan bo’lgan. Hatto olti kishidan ortiq yig‘inlarni yoqtirmasdi. U o‘z hayotida, yashash tarzida mo‘tadil bo’lib, o‘ta bag‘rikeng, xushfe’l va xushmuomala bo’lgan. Uning shaxsiga nisbatan eng ko‘p taassurot qoldiradigan jihati uning zukkoligi, shirin so’zligi, so‘zlashda yuksak odobliligi, o‘zgalar bilan muomalada madaniyatli bo’lganligidadir.
O’z yurti bo’lib surgunlikda, qochqin bo’lib yashashiga to’g’ri kelgan, faoliyati uchun “o’z yurtiga” kirishdan ma’n etilgan, oilali hayotda ham muvaffaqiyatga erishmagan (u ikki marta oila qurgan. Birinchi turmushi yozuvchi Rana Kabboniy bilan, ikkinchi turmushi misrlik tarjimon Hayat Xeni bilan bo’lgan, uning farzandlari bo’lmagan), Isroil davlatiga dushmanlik faoliyatida ayblanib besh marta (1961-,1965-, 1966-, 1967- va 1969-yillarda) hibsga olinib uy qamog‘iga hukm qilingan bo’lishiga qaramay o’qishdan, vatan uchun harakat qilishdan, olg’a intilishdan, adabiyotni rivojlantirishdan chekinmadi, oxir-oqibat she’rlari, asarlari vatanining nafasiga, ozodlik bayrog’iga aylandi. Mahmud Darvish vafoti munosabati bilan Falastinda 3 kunlik motam eʼlon qildi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos Mahmud Darvish haqida: "Falastinga oshiq, buyuk milliy kurashchi, zamonaviy Falastin madaniyati asoschisi vafot etganini e'lon qilish meni xafa qiladi". Bunday shaxsning yo‘qolishi Falastin xalqining madaniy, siyosiy va milliy harakatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yagona tasalli shundaki, u o'z faoliyatini davom ettiradigan shogirdlarni ortda qoldirdi" -degan edi.
Yuqorida ta’kidalnib o’tilganidek, Falastinning ijtimoiy, siyosiy hayotida ro’y bergan va berayotgan voqea-hodislar yozuvhi-yu shoirlar asarlarida o’z aksini topdi. Asosiy mavzular an’anaviy hisoblanmish qoloqlikka qarashi birgalikda kurashish, ma’rifat, ilm ziyosini tarqatish, ijtimoiy tenglik, ayollarning oilada va jamiyatda o’;z o;zrniga ega bo’lishi, ularning haq-huquqlari kabilardan tashqari, Falastin muammosi, siyosiy hayotidagi muammo, ziddiyatlardan kelib chiqib noana’naviy mavzular: vatandan ketishga majbur bo’lish, muhojirlikda yashash azobi, vatan sog’inchi, vatan mustaqilligi, o’z Ona tuproqqa, yurtga, hududga ega bo’lish umidi kabi g’oyalar mavzular yaratilgan asarlarning bosh g’oyasi, ziyoli qatlam hisoblanmish adiblarning eng oliy mafkuralaridan biriga aylandi. Falastinning milliy shoiri, faxri, Falastinning nafasi deb ta’rif berilgan Mahmud Darveshning adabiy ijodiy mahsuli sanalmish she’rlarida ham vatan sog’inchi, muhojirlik azobi tuyg’ulari his qilsa bo’ladi. She’rining mavzusi qanday bo’lisihdan qat’iy nazar, shubhasiz u vatani uchun bag’ishlangan, vatan sog’inchiga yo’g’rilgan bo’lishini ko’rish mumkin. Uning الحزن والغضب she’rining boshlanishining o’zidayoq yuqorida tilga olingan unsurlarni his qilish mumkin. U ikkinchi shaxsga murojati ila sh’erini boshlar ekan uning lablarida baxtiyorlik, sevinch, xursandlik alomatining also ko’rinmayotganini, uning jismida yonayotgan olovni yengish mushkul ekanligini, uzoq vaqtdan beri falastinliklar muhojirlik azobini totayotganini, bundan nahot g’azablanish mumkin emasligini, nahot hech ham g’azablanmayotgan bo’lishi mumkinligini so’raydi.
الصوتُ في شفتيكَ لا يُطربْ
والنار في رئتيكَ لا تُغلبْ
وأبو أبيك على حذاء مهاجرٍ يُصلبْ
وشفاهُها تعطي سواكَ ’ ونهدُها يُحلبْ
فعلام لا تغضبْ ؟
Falastinliklar uzoq davrlardan beri sarson sargandorlik azobini chekayotganini, shoirning “Otangning otasi muhojirlik libosida” jumlasidan anglash mumkin. Aslida kiyim deganda oyoq kiyimni nazarda tutgan shoir, uzoqlarga ketishga majbur bo’lganini ifodalamoqchi bo’lib. Falastin ozodligi yo’lida bir so’z atilmagani, Isroil tashkil etilib, Falastin tashkil etilmaganini ham yozuvchi o’z misralarida aytib o’tgandek. U ikkinchi shaxsga murojaat qilar ekan lablarida doimo bir so’zni “ko’tarib” yurganini, millat azob uqubat natijasida yurtni tashlab muhojirlik azobini tortayotganini, bunga chora ko’rilmayotganini oh-u nolalar zaharli butalar orasida g’oyib bo’layotgani bilan ifodalaydi
أمسى التقينا في الليل , من حانٍ لحانِ شفتاكَ حاملتانِ
كلَّ أنين غابِ السنديانِ
Vatandan ayrolik ochiq yara ekanligini, unga Malham qo’ysada, yara ochiqligi sababli hech foydasi yo’q ekanligi, malhamlar befoydaligini, istak, ko’ngil xohishining o’zi kam ekanligini, bu ikkinchi shaxsni nahot g;’azablantirmayotgan bo’lishi mumkinligini so’raydi.
عبثاً تحذِّرُ جرحكَ المفتوحَ
عربدةُ القناني
عبثاً تطوِّع يا كنارَ الليلِ جامحةَ الأماني
الريح في شفتيكَ...تهدم ما بنتَ من الأغاني
فعلام لا تغضبْ ؟
Shoir ikkinchi shaxsga murojaat qilib aslida xalqqa, vatandoshlari, o’zi singari ziyoli qatlam vakillariga murojaat qilayotgandek. Ochiq oydin gapirmaganligi esa, yuqorida ko’rib o’tgan omil- Isroilning ularga tazyiqi, azobi bo’lib, ramzlarga murojaat qilganligidir.
Keying misralarda shoir har vaqt, har zamonda topiluvchi yurtni o’z manfaati, tinchligi va hotirjamligi uchun sotgan insonlarga qaratilgandek.yashash uchun tabassub qilish kerakliligini aytishganini, ularning ko’zlari baxtdan, quvonchdan emas yo’l sababligina kulganini, ularning ko’zlarini ozodlik, tinchlik, haqiqiy rohat-farog’at, osoyishtalik uchun yonib-kuyayotgan qalblar allaqachon tark etganini, aslida ular ozod emas, o’z manfatii, tinchligi yo’lida qulga aylanganini, baxtli, tinch hayotda yashayapman deb o’ylab ichayotgan sharobi aslida “uning (shoir o’zini nazarda tutgan)” qoni ekanligini bilsa qanday icha olishini so’rayapti.
قالوا : إبتسمْ لتعيشَ !
فابتسمتْ عيونكَ للطريقْ
وتبرَّأـ عيناكَ من قلبٍ يُرَمِّده الحريقْ
وحلفتَ لي : إني سعيدٌ يا رفيقْ !
وقرأت فلسفة ابتسامات الرقيقْ :
الخمر , والخضراء ، والجسد الرشيقْ !
فإذا رأيت دمي بخمركَ ,
كيف تشرب يا رفيقْ ؟؟
Yurtni harob qishloqqa taqqoslar ekan, Isroilliklarni bu yerda qorovul ekanini, kirgan chiiqandan xabardor, balki kiritmas va ham chiqarmas ekanliklariga ishora qiladi. Bu yerlarda qanday hosildorlik olinishini, kim yerni haydashini, tupriqqa kim ishlov berishini so’raydi, shoir bularga qiziqadi.
القرية الأطلال
والناطور ’ والأرض واليبابْ
وجذوع زيتوناتكم...
أعشاش بُومٍ أو غرابْ !
من هَيَّأ المحراثَ هذا العام !
من ربى الترابْ
U hamon ikkinchi shaxsga murojaat qilar ekan, oilasi, otasi, akasi qayerda ekanligini, o’zi qayerdan kelganini, devordan oshib tushdimi yo bo’lmasa osongina osmondan tushdimi, shularni so’rab murojaat qilmoqda.
أنت !.. أين أخوكَ.. أينَ أبوكَ ؟
إنهما سرابْ
من أين جئتَ؟ .. أمن جدارٍ؟
أم هبطتَ من السحابْ؟
Shoir mana necha yillardirki qayg’u, g’am, xasratni yelkada ko’tarib yurganini, u yolg’iz emas, bundaylar ko’pchilik ekanligini, ammo hanuz tong- yorug’ tong otmaganini, g’am, qayg’u olov ekanligini, u bir kun kelib orzu istaklarni, xohishlarni ham so’ndirib, yoqib yuborishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi. Ularda qurol bo’lmasa ham dushman bilan kurasha oladigan shamoldek kuchli, quroldek o’tkir va dushman uchun xatarli ijodi, asarlar, she’rlar borligini ta’kidlaydi.
إنا حملنا الحزن أعواماً وما طلع الصباحْ
والحزن نارٌ تُخْمِدُ الأيامُ شهوتَها ,
وتوقظها الرياحْ
والريح عندكَ, كيف تُلْجِمُها ؟
وما لكَ من سلاحْ..
إلاّ لقاءُ الريحِ والنيرانِ...
في وطنٍ مُباحْ؟
Xulosa
Arab adabiyoti o’zining mukammalligi, go’zalligi, boshqalarga o’xshamasligi bilan ajralib turgan. Islomdan avvalgi davr johiliyat deb atalishi, bu arab xalqlarida ilm-ma’rifat, madaniyat, san’at, adabiyot bo’lmagan, ular bilimsiz bo’lishganligini anglatmaydi. Bu termin ularning dindan uzoqlashib ketganliklarini , turli haykallarni iloh tutib, aysh-ishrat, maishatga berilib, bobolari Ibrohim alayhis salom tomonidan yuborilgan asl dinlarini-islomni unutganliklariga nisbatan qo’llaniladi. Shunday davrda ham so’zga ustaliklari, badihago’yliklari yuqori o’rinlarda turganligi, quvvayi hofizalari juda kuchli bo’lganligi, ularni mashhur qilgan mumtoz namunalar og’zaki tarzda avloddan-avlodga o’tib kelganligi juda ajib hodisa. Yangi davrga kelib esa arab mamlakatlari mustamlaka bo’lib, jahon urushlari nihoyasidagi natijalar oqibatida Yevropa davlatlari hukmronligi ta’siriga tushib qoldilar. Ana shu davrlarda adabiyotda ham ortda qolish, uzulishlar kuzatildi. Ular fransuz, nemis, ingliz mustamlakachilari hukmronligi ostida bo’lib, bu tillarni yaxshi o’zlashtirish, Yevropaga borib tahsil olish natijasida bu davlatlar madaniyati, adabiyoti bilan yaqindan tanishish orqali unga taqlid qilish yo milliy an’ana va qadriyatlarga ko’ra o’z mentalitetlariga moslash orqali rivojlanish bosqichiga chiqa oldilar. Bu jarayon ba’zi davlatlarda (Misr, Suriya kabi) qadam-baqadam, asta-sekinlik bilan bo’lgan bo’lsa, ayrimlarida (Jazoir, Tunis kabi) “katta sakrash” yo’li bilan amalga oshdi. Har qanday holatda ham ziyolilar, ma’rifatparvarlar tomonidan qilingan sa’y-harakatlar natijasida arab xalqlari mustamlakachilik zulmi davrida ham rivojlanishdan boxabar bo’ldilar, o’z adabiyotlari orqali milliy-ozodlik kurashlari, milliy mafkurani targ’ib qilib, hukmron tabaqalarga qarshi qo’llay oldilar.
Yuqorida ko’rib chiqilgan Falastin adabiyoti namoyondasi Mahmud Darvesh ijodida ana’naviy mavzular, barcha arab mamlakatlariga xos mavzular bilan birga (ijtimoiy tenglik, marifatparvarlik, ilm-fan tarqatib xalqga ziyo nuri yoyish orqali mustamlakachilikka qarshi ongli tarzda maqsadli kurashishga da’vat qilish kabi) Falastin siyosiy holatidan kelib chiqib, o’zigagina xos bo’lgan mavzularda (vatan sog’inchi, muhojirlik alami va azobi, surgunlik, istibdod, zulm, tazyiq singari) qalam tebratib, ijod qilganini ko’rish mumkin. Shoirning qanday sarlavha ostida yozilgan she’ri bo’lmasin unda albatta vatan sog’inchi, mustamlakachi yurtga, yerini egallab olgan va olayotgan Isroilga qarshi alam, nafrat hislari bayon etiladi. Zulm ostida bo’lganligi uchun she’rlarda ochiq oydin emas, ham ta’sirli, ham o’quvchini qiziqtira, o;ziga jalb qila olishi uchun ramzlardan foydalanib, majoziy tarzda asarlar yaratganliklarini ko’rish va bilib olish mumkin.


Download 73,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish