Leksik material deganda biz o‘rganilayotgan tilning so‘zlari va so‘z birikmalariga aytamiz. Leksik material tilning asosini tashkil qiladi. Leksikani o‘rgatishdan maqsad uni og‘zaki yoki yozma nutqda qo‘llashdir, boshqa so‘zlar bilan aytganda bu yozma yoki og‘zaki ravishda axborot almashishni tashkil qiladi. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadiki, leksik materialni o‘rgatmasdan turib, u yoki bu tilda nutq faoliyatining turlarini shakllantirish ham, uni rivojlantirish ham amalga oshmaydi. Shunday qilib u yoki bu tilning nutq faoliyati turlarini o‘rgatishimizda leksikaning roli muhimdir.
Gimnaziya, kollej, akademik litseylar soni ko‘payib borayotgan hozirgi davrda, Sharq tilini o‘rgatishdan maqsad va mazmun, shu bilan birga leksik materilni o‘rgatishdan ko‘zda tutilgan maqsad va mazmun ham o‘zgarib bormoqda.
Bir tomondan o‘rta maktabda Sharq tili bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan leksik minimumni soni kamaytirilgan bo‘lsa, gimnaziya, akademik litsey va kollejlarda o‘rgatilishi lozim bo‘lgan leksik birlikning (minimumning) soni oshib boradi, ya’ni ushbu o‘quv yurtlarida Sharq tili, grammatik va leksik minimumning kengaytirilishi bilan chuqurroq o‘rgatiladi. Ularning miqdori esa har xil ‘quv yurtlari uchun chiqarilgan dastur asosida chegaralanadi va muvofiqlashtiriladi.
Shu bilan birga o‘quv dasturida faol va nofaol ravishda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan leksik minimumning soni, miqdori ham aniq belgilab beriladi. Leksik minimum deb, u yoki bu o‘quv muassasalarida o‘zlashtirlishi lozim bo‘lgan Sharq tilidan leksik birliklarning soniga aytiladi.
Har xil tipdagi o‘quv yurtlarida o‘rgatiladigan leksik minimumning soni o‘qitish maqsadlari va o‘qitish mazmuni bilan chegaralanadi hamda ularning soni har xil bo‘ladi.
Masalan, hozirgi davrda o‘rta umum ta’lim maktablarda, ya’ni 9-sinfgacha: 1100 leksik birlik o‘zlashtirilishi lozim. Gimnaziya va akademik litseylarda esa hammasi bo‘lib 2500gacha leksik birlik faol ravishda o‘zlashtirilishi lozim.
Shunday qilib, leksik minimumni qanday o‘quv muassasasida o‘zlashtirilishi lozim ekanligi bo‘yicha ushbu o‘quv yurti yoki oliygohning Sharq tillar bo‘yicha dasturi bilan chegaralanadi.
Leksik minimumning chegaralanishi yoki metodik termin bilan aytganda tanlanishi bir qancha masalalar bilan bog‘liqdir:
a) Sharq tili o‘qitishning amaliy maqsadi bilan;
b) qanday bilim yurtida o‘rgatilishi bilan;
c) nutq faoliyatining qaysi turlarini o‘stirish bilan bog‘liqdir, ya’ni faol va nofaol leksik miniimumning miqdori bilan.
Leksik minimumni tanlashda bir qancha tamoyillarga tayanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |