Kurs ishining ilmiy yangiligi. Asosiy sharq tili lug’atlari bilan ishlash usullari va notanish so’zlar adaptatsiyasi (O’zbekcha-forscha, forscha –o’zbekcha so’zlashgich misolida )o‘rganilib tadqiq etildi. Ishdagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, bunda leksikologiya va leksikografiya bo‘yicha qo‘llanmalar yaratish, maxsus kurslar o‘qitish, shuningdek kelasi tuziladigan lug‘atlarda yordamchi material sifatida foydalansa bo‘ladi.
I-BOB. SHARQ TILLARI METODIKASI
Sharq tillarida lug’atlar bilan ishlash
Sharq tilida og‘zaki va yozma nutqlarni o‘qitishda talaffuz normalarini to‘g‘ri qo‘yish katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, maktab sharoitida talaffuz alohida aspekt sifatida o‘rgatilmaydi. Nutq faoliyati turlarini o‘rgatish, o‘stirish jarayonida, hamda leksik va grammatik materiallarni o‘rgatish jarayonida talaffuz ustida ishlanadi. Yuqorida aytganimizdek, talaffuz normasini to‘g‘ri o‘rgatmaslik, nutqni to‘g‘ri tushunmaslikka olib keladi. Agar o‘quvchining talaffuz normasi to‘g‘ri qo‘yilmagan bo‘lsa, bir tomondan uning nutqini tushunish qiyin bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi boshqalarning nutqini tushuna olmasligi mumkin. Nutqni tushuna olmaslik nafaqat og‘zaki nutq shaklini o‘stirishga noto‘g‘ri ta’sir qiladi, yozma nutqni, ya’ni fikrni yozma bayon qilishga, ham o‘qiganining mazmunini to‘g‘ri tushunishga ham salbiy ta’sir qiladi. Talaffuz materiallarini tanlashda va uni taqsimlab o‘rgatishda approksimatsiya hodisasi asoslanadi. Ushbu tamoyil chet til o‘rgatishda ikki tamoyiliga ta’sir qiladi:
1. Mumkin qadar adabiy talaffuzga yaqin talaffuzni o‘rgatish bo‘lsa;
2. O‘rgatiladigan talaffuz materiallarini, ohang namunalarini chegaralashni o‘z ichiga oladi.
Adabiy talaffuzga yaqin talaffuzni o‘rgatish deganda to‘liq adabiy uslub nazarda tutiladi, ya’ni tovushlarni to‘g‘ri, ravshan talaffuz qilish bilan birga to‘g‘ri ohang normalari ustida ishlash, urg‘ularni, ritmik gruppalarni, pauza hamda logik urg‘ularni to‘g‘ri o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Talaffuz materiallarini chegaralash deganda, fonemalarning variantlarini olmaslik va ohang namunalarini maktab sharoitida pasayuvchi va ko‘taruvchi ohanglar bilan chegaralash nazarda tutiladi.
Yuqorida aytilganlar, ya’ni approksimatsiya tamoyilini talaffuz materiallarini tanlashga, uni chegaralashga ta’sir qilishi tilni kommunikativ yoki amaliy maqsadda ishlatilishiga ijobiy ta’sir qiladi, kommunikatsiya normalarini buzmaslikka olib keladi.
Approksimatsiya hodisasi asosida talaffuz materiallarini tanlash ikki xil tamoyil nazarda tutiladi:
1. nutq faoliyatlarini o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tanlashda bo‘lsa;
2. stilistik, ya’ni to‘liq uslub uchun zarur bo‘lgan materiallarni tanlashdan iboratdir.
Ushbu tamoyillarga maktab sharoiti uchun ona tili talaffuzini hisobga olish tamoyilini ham qo‘shish mumkin.
Ona tilini hisobga olish tamoyili asosida hamda ona tilini ijobiy va salbiy ta’sirini hisobga olgan holda forscha tovushlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. O‘zbek tilidagi tovushlarga o‘xshash forscha tovushlar.
2. O‘zbek tilidagi tovushlarga yaqin, lekin qisman farq qiluvchi tovushlar.
3. O‘zbek tilida uchramaydigan, yo‘q tovushlar.
Tanlangan talaffuz minimumini o‘rgatishdan oldin uni metodik tashkil qilish, ya’ni sinf va darslarga taqsimlash va uni metodik tipologiya qilish ham zarur. Ushbu ishlar darslik mualliflari tomonidan bajariladi. O‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri metod, usul tanlab talaffuz materiallarini tanishtirish, ularga o‘rgatish, ularni nutq faoliyati turlarida mustahkamlash ishlari qoladi.
Darslik mualliflari fonetik minimumni sinflarga, choraklarga, darslarga bo‘lib chiqishadi va ularni mustahkamlash uchun mashqlar tuzib berishadi.
Talaffuz materiallarini o‘rgatishda 3ta metod qo‘llaniladi:
1. Immitatsiya yoki tinglab taqlid qilish metodi. Bunda o‘rgatilayotgan tovush yoki ohang namunasi nutq namunasida o‘qituvchi tomonidan bir necha marotaba talaffuz qilib ko‘rsatiladi, keyin birgalikda talaffuz qilinadi, keyin esa tovushlarning o‘zi, so‘zlarda va nutq namunalarida o‘quvchilar tomonidan talaffuz qilinadi.
O‘quvchilar tovushni talaffuz qilish paytida o‘qituvchi yaxshilab tinglab turishi lozim. Agar o‘quvchilardan bir qanchasi noto‘g‘ri talaffuz qilganini sezib, eshitib qolsa, o‘qituvchi ularga keyingi, ya’ni tushuntirish metodini qo‘llashi mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘quvchi talaffuz qilishi jarayonida qilgan kamchiligini to‘g‘ri, aniq ko‘rsatib berishi lozim.
2. Tushuntirish metodi tovushni talaffuz qilishdan oldin qo‘llanilishi ham mumkin, ya’ni tovushni talaffuz qilish tushuntirilgandan keyin taqlid qilish metodiga o‘tiladi.
3. Tahlil qilish metodi. Bu metod ko‘proq ona tilida yo‘q tovushlarni o‘rgatishda qo‘llaniladi, ya’ni yangi tovushni artikulyatsion bazasi tahlil qilib tushuntiriladi. O‘quvchilar tomonidan tovushni talaffuz qilishda yakka-yakka talaffuz qildirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida aytilgan 3 xil tovushni o‘rgatish jarayoni ona tilining salbiy va ijobiy ta’sirini hisobga olgan holda qaralsa 1-xil tovushlarni, ya’ni ona tilidagi tovushlarga o‘xshash tovushlarni o‘rgatishda o‘zbek tilidagi tovushlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirishimiz mumkin. Lekin bunda Sharq tilidagi tovushlarni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quvchilarga tushuntirib ketishimiz lozim bo‘ladi, ona tilidagi ushbu tovushlarni Sharq tilidagi o‘xshash tovushlar o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish kommunikatsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Talaffuz materiali o‘quvchilarga tanishtirilganidan keyin uni nutq faoliyatining turlarida qo‘llash uchun mashqlar yordamida mustahkamlashadi .
O‘rta maktab sharoitida asosiy maqsad og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘lganligi sababli talaffuz materialini o‘zlashtirish mashqlari ham shunga qaratilgan bo‘lishi kerak, ya’ni taqlid qilgan, tovushlarni so‘zlarda, gap namunalarida farqlash, ularni to‘g‘ri ohang modellari bilan qaytarish mashqlari ko‘proq qo‘llaniladi.
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji hamda gimnaziyalarning yuqori bosqichlarida maqsad ko‘proq o‘qitishni o‘rgatishga qaratilgan bo‘lishi sababli o‘quvchilarga harfdan tovushga o‘tish mashqlarini bajarish lozimdir, ya’ni o‘qish jarayonida tovushlarni, intonasion modellarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish gaplar va matnlarning mazmunini tushunishga olib keladi.
Umuman olganda to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish mashqlari ikki xil bo‘ladi:
1. tinglash mashqlari;
2. tinglab qaytarish mashqlari.
Fonetik mashg‘ulot ko‘pincha ikki ustun so‘zlardan iborat bo‘lib, ikki xil tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ishni bajarishda yaxshi o‘quvchi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qiydi, qolgan o‘quvchilar qaytaradilar. O‘qituvchi nazorat qilib turadi, xato bo‘lsa, to‘g‘rilaydi.
Xuddi shu yo‘sinda intonasion modellar ham olinishi mumkin.
O‘rta maktab sharoitida talaffuzni o‘rgatish, Sharq tilini o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida olib boriladi, ya’ni talaffuz normasini to‘g‘ri qo‘yish ushbu bosqichda shakllantiriladi va mustahkamlanadi. Keyingi bosqichda boshlang‘ich bosqichda o‘rgatilgan talaffuz normalari yo‘qolmasligi uchun har xil mashqlar bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlardan asosiysi fonetik mashg‘ulot hisoblanadi. Undan tashqari matnlarning bir qismini ovoz chiqarib o‘qitish, qisqa she’rlarni yod oldirish, maqol va matallarni yod oldirish, tez aytish mashqlarini bajarish va shunga o‘xshash mashqlarni bajarish avval o‘rganilgan talaffuz normasini esdan chiqarmaslikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |