Faol minimumga (asosan):
- og‘zaki nutqda ko‘proq qo‘llanilishi tamoyili;
- mavzu bo‘yicha tanlash tamoyili;
- boshqa so‘zlar bilan bog‘lana olish tamoyili;
- namunaviylik tamoyili;
- sinonimlarni chiqarib tashlash tamoyili.
Nofaol minimumga esa:
- yozma-adabiy tilda ko‘proq ishlatilishi tamoyili;
- ko‘p ma’noga ega bo‘lish tamoyili;
- qo‘shimchalar orqali so‘z yasay olish tamoyili.
Yuqorida aytilgan tamoyillarga asoslangan holda faol va nofaol minimum tanlanadi. Faol minimum deganda, nutq faoliyatini barcha, ya’ni ham reseptiv, ham reproduktiv turlarida (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) ishlatilishi mumkin bo‘lgan leksik birlikka aytiladi. Nofaol minimum deganda biz nutq faoliyatining faqat reseptiv, ya’ni tinglab tushunish, o‘qish turlarida ishlatiladigan leksik birliklarga aytamiz.
Bunday so‘zlar, ya’ni faol va nofaol so‘zlar ona tili va birinchi Sharq tilimiz (rus) tilida ham mavjuddir. Shunday so‘zlar borki, tinglaganimizda va o‘qiganimizda juda yaxshi tushunamiz, lekin ushbu so‘zlarni og‘zaki nutqimizda yoki fikrimizni yozma bayon qilishimizda ona tilida ham, shu bilan birga o‘rganilayotgan Sharq tilimizda ham avtomatik ravishda, o‘ylamasdan ishlata olmaymiz. Bular nofaol minimumga kiradi.
Har qanday leksik birlikni uch tomoni mavjuddir:
1) shakli;
2) ma’nosi;
3) funksiyasi.
So‘zning shakli ham o‘z navbatida ikki xil ifodalanadi:
Tovushlar orqali;
Harflar orqali, ya’ni grafik shakli.
So‘zlarning ikkala shaklida, ya’ni talaffuz yoki yozuv orqali ifodalanishida harakat qilish orqali bajariladi. Birinchisida nutq organlarining harakati orqali bajarilsa, ikkinchisida esa qo‘lning harakat qilish orqali sodir bo‘ladi.
Ularni qabul qilishda esa birinchi shaklni eshitish orqali qabul qilinsa, ikkinchisini esa ko‘rish sezgisi orqali qabul qilinadi. So‘zlarning shaklini qabul qilish bilan birga uni tasavvur qilish jarayoni boshlanadi. Tasavvur qilganimizda esa ushbu so‘zning tushunchasi hosil bo‘ladi. O‘z tomonidan tushuncha til birligi bo‘lmasdan, tafakkur birligidir. Ya’ni tasavvur qiling, bu atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarning tafakkur birliklari orqali miyamiz qobig‘ida aks etilishiga aytamiz.
Til bilan tafakkurning bog‘liqligini hisobga olgan holda olsak, tushunchalardan so‘zlarning ma’nosi kelib chiqadi. O‘z navbatida ma’no esa til birligidir.
Nutq deganda esa I.A.Zimnyayaning fikri bo‘yicha, bu fikrni tafakkur birliklari orqali shakllanishi va uni qandaydir bir til tizimi yordamida ifodalanishiga aytamiz. Ma’no tushuncha bilan bog‘lqdir. Ma’no esa nutqning yozma va og‘zaki shakliga qarab grafik va tovush shaklida ifodalanadi.
Bundan quyidagi metodik xulosa chiqarishimiz mumkinki, fikr birligi tushunchasi har xil tillarda har xil shaklda ifodalanadi.
Leksikani metodik tipologiya qilishda asosiy e’tibor ularning talaffuz va grafik shakllari, ma’nosi hamda gapdagi funksiyalariga beriladi. O‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni o‘rgatishdagi o‘qituvchining o‘zi qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqadi va ularni dars jarayonida qo‘llashi lozim.
Leksik material ustida ishlash 3 bosqichda olib boriladi:
leksik birlikni kiritish;
leksik malakalarni shakllantirish;
leksik ko‘nikmalarni hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |