Tarjimasiz metod orqali so‘zning ma’nosini ochishda bir nechta usullar mavjud:
1. Ko‘rgazmali qurollar yordamida ochish. Bunda o‘qituvchi predmetni (jism, narsa)ni yoki uning rasmini ko‘rsatish orqali.
2. Xatti-harakat, imo-ishora yordamida so‘zning ma’nosini ochish.
3. Kontekst yoki situatsiya yordamida ochish usuli.
4. So‘z yasash qo‘shimchalari orqali. Bunda o‘qituvchi qo‘shimchalarning ma’nosini beradi.
5. Sinonim yoki antonimlar yordamida.
Tarjimasiz metod orqali so‘zning ma’nosini ochishda o‘quvchilar mustaqil fikrlashga o‘rganadi. Sharq tiliga bo‘lgan qiziqishlari oshadi, ongli tushunadilar, o‘qituvchining uyda ko‘proq tayyorlanishiga to‘g‘ri keladi.
Leksik materialni o‘rgatishda asosan hozir ikki mashq turi mavjud:
1. til yoki tayyorlov mashqlari;
2. nutq yoki kommunikativ mashqlar.
Birinchi turdagi mashqlar asosan so‘z shakllarining ma’nosi ustida ishlashda hamda og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirishda qo‘llaniladigan mashqlarga aytiladi.
Ikkinchi turdagi nutq mashqlari esa nutq malakalarini o‘stirib, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Sharq tillaridagi lug’atlar bilan ishlashda sharq tili gramatikasini bilish ham muhim ahamiyatga ega.
Sharq tili gramatikasini fors tili va fors tilidagi so’zlar bilan o’rganishimiz mumkin. Bu tilda gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish va ko‘nikma sifatida rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘rganilayotgan tilning grammatik strukturasini yaxshi o‘zlashtirib olmasdan ushbu tilda nutq hosil qilish mumkin emas. O‘quvchi gapdagi hamma so‘zlarni bila turib, ularning o‘rtasidagi bog‘lanish qoidalarini bilmasa, u gapning mazmunini tushuna olmaydi yoki noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Shuning uchun o‘quvchilarda grammatik qoidalarga asoslangan holda, to‘g‘ri so‘z tartibini gaplarda qo‘llash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib, ularni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir va grammatikani o‘rgatish shunga qaratilmog‘i kerak.
Psixologiya va metodikaga oid adabiyotlarda har qanday til materialini, shu bilan birga grammatik materialni ham faol va nofaol ravishda egallash farq qilinadi. Til materialini faol ravishda egallash deganda, biz uni nutq faoliyatining hamma turlarida (nutq faoliyatining ham reproduktiv, ham reseptiv turlarida) avtomatik ravishda ishlata olishni nazarda tutamiz. Nofaol ravishda ishlatish deganda, faqat reseptiv turlarida, ya’ni tinglab tushunish va o‘qishda ishlatish nazarda tutiladi. Bu deganimiz metodikada faol va nofaol til matarialini tanlashda har xil tamoyillarga tayanishimiz kerak, chunki ularni o‘rgatishda ham har xil usullarni, metodlarni qo‘llaymiz va bu yo‘l bilan vaqtni tejab qolamiz.
Metodik adabiyotlarda grammatik minimumni tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan. Nutq faoliyatining hamma turlarida ishlatish mumkin bo‘lgan grammatik hodisalar faol grammatik minimumga kiritiladi.
Bu tamoyillar quyidagilar:
1) og‘zaki nutqda ko‘p qo‘llanilishi tamoyili;
2) namunaviylik tamoyili;
3) sinonimlarni chiqarib tashlash tamoyili.
Grammatik minimumni tanlashning birinchi va ikkinchi tamoyillariga asoslanib, faqat og‘zaki nutqda ko‘p qo‘llaniladigan hamda leksik materialining ko‘p qismiga tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan grammatik hodisalar kiritiladi. Uchinchi tamoyilga muvofiq hamma grammatik sinonimlar ichidan faqat stilistik jihatdan neytral bo‘lgan grammatik konstruksiyalar kiritiladi.
Yuqorida aytilgan tamoyillar asosida tanlangan grammatik material maktab darsliklari mualliflari tomonidan, maktab dasturiga amal qilgan holda sinflarga, choraklarga va darslarga taqsimlab chiqiladi. Masalan Fors tili darsligidagi ازچیزی خوش کسی آمد ن fe’liy birikmasi o‘zbek tiliga “yoqmoq”, “xush kelmoq”, “ma’qul bo‘lmoq”, “yaxshi ko‘rmoq” ma’nosida tarjima qilinadi. O‘zbek tilida bu fe’l tushum kelishigini talab qilsa, fors tilida o‘zbek tilidan farqli ravishda از (-dan) ko‘makchisi bilan ishlatiladi. Masalan:
من از درس های زبان فارسی خوشم می آید
Fors tili darslari menga yoqadi.
آنها از فوتبال بازی خوششان می آید .
Ular futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi.
شما از کتابخانه دبیرستان خوشتان می آید؟
Sizga litsey kutubxonasi yoqadimi?
Bu fe’l birikmasidagi “آمدن ” asosiy fe’l turli zamonlarda qo‘llanishi mumkin, lekin faqat 3-shaxsda ishlatiladi. Masalan:
Bu kitob bizga yoqadi – از این کتاب خوشمان آمد
O‘zbek tili darslari ularga yoqardi –
از کلاس زبان ازبیکی خوششان می آمد
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sizga yoqadi –
از آموزگار ورزش خوشتان خواهد آمد
Bu fe’l birikmasida kerakli shaxs-son qo‘shimchalari egalik olmoshlarining qisqa shaklini “خوش ” so‘ziga qo‘shish orqali yasaladi.
Grammatik materialni o‘quvchilarga o‘rgatishdan oldin ularni metodik tipologiya qilish uchun ona tildagi to‘g‘ri keladigan grammatik hodisalar bilan qiyoslab chiqish maqsadga muvofiqdir. Metodik tipologiya deganda, biz grammatik shakl hamda grammatik mazmunni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonida hosil bo‘ladigan qiyinchiliklar miqdorini aniqlab, ularni guruhlashtirishga aytamiz.
Har qanday grammatik hodisani o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi uning shakli (talaffuz va grafika), mazmuni va gaplarda qo‘llanilishi (funksiyasi) bilan bog‘liqdir.
Fors tili analitik tillar guruhiga kirsa, o‘zbek tili esa sintetik tillar guruhiga kiradi. Shuning o‘zini bilishimiz grammatik hodisalarni metodik jihatdan qiyoslashda, grammatik shaklni o‘zlashtirishda ancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Fors tilidagi predloglarning ham o‘zbek o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi qiyin material hisoblanadi, chunki birinchidan o‘zbek tilida predloglar yo‘q, ikkinchidan ularning o‘zi doimo bir xil grammatik mazmunga ega emas.
Xuddi predloglarga o‘xshab artikllarning o‘zbek tilida mavjud emasligi, o‘quvchilarga katta qiyinchilik tug‘diradi. Artikllarni to‘g‘ri tanlash qoidalarining ko‘pligi va ularning o‘ta mavhum bo‘lganligi ham qiyinchiliklar hosil qiladi.
Yuqorida aytilgan Sharq tili o‘qitish jarayonida hosil bo‘ladigan ayrim qiyinchiliklarni hisobga olgan holda va ularni birma-bir bartaraf etib, har xil mashqlar yordamida grammatik malakalarni o‘stirish va mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Ko‘pchilik metodistlarning fikricha, grammatik material ustida ishlash to‘rt asosiy bosqichdan iboratdir:
1. Grammatik hodisalarni kiritish va grammatik malakalarni shakllantirish.
2. Nutq grammatik malakalarini shakllantirish uchun uni og‘zaki nutqda qo‘llash.
3. Nutq grammatik malakalarini mustahkamlash uchun nutq faoliyatini boshqa turlarida qo‘llash.
4. Nutq ko‘nikmalarini hosil qilish va uni mustahkamlash.
Birinchi bosqichda grammatik hodisalarni kiritish, uni o‘quvchilarga tanishtirish bilan ifodalanadi. Shuningdek, ushbu bosqichda kiritilgan grammatik shaklni (talaffuz va grafika) mashqlar yordamida birinchi bor mustahkamlanadi va grammatik malakalarning shakllantirishga asos solinadi.
Grammatik hodisalarni kiritishda, tushuitirishda 3ta metod qo‘llaniladi:
1. induktiv metod;
2. deduktiv metod;
3. leksik metod.
Induktiv metod deganda, biz avval o‘quvchilarga maxsus tayyorlangan misollarni ko‘rsatish (og‘zaki yoki yozma nutqda) va ular yordamida namunalar, modellar yaratib, qoidalar ishlab chiqish yo‘li bilan o‘rganishga aytamiz. Bu metod bilan o‘rgatishda o‘qituvchi, uyda ancha tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim, qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini oldindan o‘ylab chiqqan bo‘lishi kerak. Bu metod bilan o‘rgatishda o‘quvchilarning o‘rni o‘zgacha bo‘ladi, ular faol qatnashishlariga to‘g‘ri keladi, ularning o‘zlari modellar, qoidalar ishlab chiqishlari lozim bo‘ladi. Bu esa ularda diqqat, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, qiyoslash va farqlash qobiliyatlarini o‘stiradi. Deduktiv metod deganda, biron bir grammatik hodisaning avval qoidasi beriladi va uning asosida misollar ishlab chiqiladi va mashqlarda mustahkamlanadi.
Bu quyidagilarga bog‘liq:
a) o‘qituvchining malakasiga;
b) Sharq tilini o‘qitish bosqichiga;
c) Sharq tili o‘qitish maqsadlariga.
d) grammatik materialni faol yoki nofaol o‘zlashtirilishiga;
e) Sharq tilida o‘rgatilayotgan grammatik hodisaning ona tilida bor yoki yo‘qligiga;
f) o‘quvchilarning Sharq tilidagi tajribasiga.
Til materiali ustida ishlashning ikkinchi bosqichida, ya’ni nutq grammatik malaklarini shakllantirish uchun og‘zaki nutqda qo‘llash bosqichida kiritilgan grammatik hodisani iloji boricha til mashqlarida qo‘llab grammatik malakalar shakllantiriladi, ya’ni grammatik avtomatizm hosil etiladi.
Uchinchi bosqichda esa og‘zaki nutq grammatik avtomatizm nutq faoliyatining boshqa turlarida ham qo‘llanib, grammatik malakalar rivojlantiriladi. Bu bosqichda hosil qilingan grammatik malakalar nutqning gapirish va gaplashish turlarida, o‘qilgan matnni o‘rgatilgan grammatik hodisalarni qo‘llab reproduksiya qilish, fikrni yozma bayon qilishda ham bemalol, qiynalmasdan ishlatishgacha olib kelinadi. Bunda shartli va haqiqiy nutq mashqlari bajariladi.
To‘rtinchi bosqichda nutq faoliyatining hamma turlarida o‘stirilgan malakalar asosida nutq ko‘nikmalarni hosil qilish nazarda tutiladi, ya’ni bu bosqichda o‘quvchi atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisa va voqealar to‘g‘risida og‘zaki va yozma nutqda axborot olish va axborot berish ko‘nikmalari hosil bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarga grammatik hodisani tushuntirib, grammatik malakalarni shakllantirish va ularni rivojlantirib nutq ko‘nikmalariga aylantirish jarayonida 3 xil mashqlar ishlatiladi:
1. til mashqlari;
2. shartli nutq mashqlari;
3. nutq mashqlari.
Til mashqlari deganda, grammatik hodisaning grammatik shakli va grammatik mazmunni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan mashqlar nazarda tutiladi. Shartli nutq mashqlarini bajarishda grammatik hodisa nutq faoliyatining barcha turlarida ishlatiladi, lekin bunda tayanch vositalari, kalit so‘zlar, mavzuiy rasmlar, tarqatma materiallar, vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan beriladi. Haqiqiy nutq mashqlarida esa grammatik hodisa og‘zaki va yozma ravishda fikr almashish jarayonida qo‘llaniladi.
1.2. Lug’at va lug’atlar bilan ishlash metodikasi.
So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. SHu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan. Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:
1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi so’zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim.
2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1) o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralarini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish.
3. Lug’atni faollashtirish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o’qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi. Adabiy til me’yori degan tushunchani o’zlashtirgach, o’quvchilar yuqorida izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so’zlar, so’zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so’z va iboralar o’quvchilarning faol lug’atidan chiqib keta boshlaydi.
O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
1. Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. SHayxzoda, G’. G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P. Mo’min, Q. Muhammadiy, SH. Sa’dulla, Z. Diyor kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noda ishlataladigan so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar. Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. SHuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o’qish va unga rahbarlik shakllari o’quvchilar lug’atini boyitishning, nutqini o’stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina so’z va atamalarni o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o’quvchilar lug’ati tartibga solinadi, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan esa lug’atga aniqlik kiritiladi; ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilьm va televizor eshittirishlarining matnlari, o’qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o’quvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qo’llanmadir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun «Imlo lug’ati» mavjud. O’qituvchi ma’lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug’atlardan (o’zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug’atlaridan, turli terminologik lug’atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi.
So’z ma’nosini tushuntirish
So’zlarning ma’nosini tushuntirish o’quvchilar lug’atini boyitadi, nutqini o’stiradi. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so’z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosinn tushuntirish bilan o’quvchilar predmet keng ma’noda qo’llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
So’zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o’quvchilar diqqatini chalg’itmasligi kerak. Buning uchun o’qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o’rnida tushuntirishni belgilab oladi. O’qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so’zlar matnni o’qishdan oldin tushuntiriladi.
Matnni o’qish jarayonida so’z ma’nosini tushuntirishga chek qo’yish kerak. Agar biror so’zni matnni o’qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug’ilsa, matn mazmunidan o’quvchilar diqqatini chalg’itmagan holda shu so’z ma’nosi qisqacha tushuntiriladi. Ko’chma ma’noda ishlatilgan obrazli so’zlar va badiiy nutq oborotlari matn o’qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o’qilganda, undagi allegorik, ko’chma ma’noda ishlatilgan so’zlarni asarni o’qishdan oldin yoki o’qish jarayonida tushuntirib bo’lmaydi.
Metodikada so’zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. So’zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o’quvchilar tushunmaydigan so’z ularga tushunarli so’zlar qo’llangan gap (yoki
matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So’z ma’nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida
berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o’quvchilarni
izohdan mustaqil foydalanib, so’z ma’nosini mustaqil tushunib
olishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So’z ma’nosini shu so’zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish.
Masalan, sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon kabi. So’zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so’zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko’rsatish zarur.
4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish
bo’lgan so’z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga)
taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so’zini yolg’onchi so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
Ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda etish
bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa
va aniq bo’lishi kerak. Masalan, o’zboshimchalik − o’z xohishicha
ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis − biror
hunar egasi; shunqor − uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; mesh − mol
terisidan tikilgan idish; guldon − gul solib qo’yiladigan idish va boshq.
Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn − bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo’nadigan joy va hok.
6. So’zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq − suvsiz joyda o’sadigan ninasimon tikanli o’simlik; akula − okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq va boshq.
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarning
ma’nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o’quvchilar o’rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo’lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, so’z ma’nosini tushuntirish ustida ishlash o’quvchilar lug’atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.
Ma’nodosh so’zlar ustida ishlash
Ma’nodosh so’zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo’lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so’zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo’shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo’yog’i, qo’llanilishi jihatidan o’zaro farqlanadi. Katta, ulug’, buyuk, zo’r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so’zlardan katta so’zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug’, buyuk, zo’r, azim, ulkan so’zlari hajmi ancha katta bo’lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so’zlari esa o’lchovi juda katta bo’lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo’lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo’llanadi.
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so’zlar bilan ishlash juda muhim. Kishi lug’atida sinonimlar qancha ko’p bo’lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. O’zbek tili - sinonimlarga boy til. «O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati» da katta so’zining 11 ta, marta so’zining 13 ta sinonimi berilgan.
Boshlang’ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o’quvchilar berilgan so’zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2-3-sinflarda esa berilgan so’zning 2-3 sinonimini topib aytishga o’rgatiladi.
Boshlang’ich sinflarda ma’nodosh so’zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so’zlarni guruhlash. Bunda bir so’z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so’zlar ichiga bir-ikkita boshqa so’z kiritib beriladi. O’quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so’zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt.
2. Berilgan so’zga sinonim tanlash. O’qituvchi otni o’tganda
osmon, sifatni o’tganda mazali, fe’lni o’tganda ko’nikmoq so’zlarini aytadi. O’quvchilar bu so’zlarga sinonim tanlaydilar: osmon-ko’k, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli; ko’nikmoq - o’rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, matnni ko’chirish. Bunda yozilishi kerak bo’lgan sinonim so’zlar ro’yxati tekshirish uchun beriladi. O’quvchilar sinonimlarni o’rniga qo’yib, ularning qo’llanilishidagi farqni tushuntiradilar.
4. Ma’nodosh so’zlardan mosini qo’yib gaplarni ko’chirish. Buning uchun sinonim so’zlar qatori qavs ichida beriladi, o’quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko’chiradi: Daryo suvini (bahor, ko’klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. Oltin (o’t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar.
5. Sinonim so’zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to’rtta sinonimik qatordagi so’zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. O’qituvchi shu katakchalardagi bir so’zni aytadi. Masalan, chiroyli. O’quvchilar shu so’zga yaqin ma’noli so’z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go’zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so’zlar qatori bilan so’z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go’zal manzara, sohibjamol malika va hok.
O’quvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar o’qish uchun ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va yozuv uchun ham juda qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta’sirchan bo’ladi; maqollar o’quvchilarning badiiy didini o’stiradi, nutqqa e’tibor bilan qarashga, to’g’ri, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, estetik tarbiyasida muhim o’rin tutadi. O’qish kitoblarida mavzuga bog’liq holda, o’zbek tili darsliklarida esa mashq matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda ko’p maqollar beriladi. O’quvchilar maqollarni o’qib, o’qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog’laydilar, ularning majoziy mazmunini, ayrim so’z va iboralarniig ma’nosini tushuntiradilar. Natijada o’rni bilan maqollardan foydalana boshlaydilar.
Maqollar o’qilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, ko’pgina asarlarning mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Masalan, «Ovchi, Ko’kcha va Dono» (4-sinf) ertagining xulosasi sifatida «Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar», «Ahillikda hikmat ko’p», «Birlashgan kuch yengilmas», «Do’stlar ahil bo’lsa, ish oson bo’lur» maqollari; «Odobli bo’lish osonmi?» (A. Obidjon) asaridan so’ng «Odob − kishining ziynati», «Odobli bola elga manzur», «Ilmning kattasi − odob», «Aql yoshdan, odob boshdan» maqollari beriladiki, bular shu asar mazmunining mag’zini ochib beradi. O’quvchilar maqollarni yoqtiradilar, shuning uchun ham maqollar bilan berilgan topshiriqlarni jon-dildan bajaradilar. O’qituvchi shularni hisobga olib, maqollar bilan xilma-xil mashqlar ishlatish orqali o’quvchilarga so’zlarning majoziy ma’nosini, ko’p ma’no ifodalashini amaliy singdirib boradi.
Mantiqiy mashqlar
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob’ekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil:
1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko’ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi: Bu n i m a? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebelь)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar, stul o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O’quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
XULOSA
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo‘qdir. Ammo shunga alohida urg‘u berishimiz zarurki, chet tillarini o‘rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo‘lmasligi lozim. O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin1 . Tilning lug‘at tarkibining rivoji ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Lug‘at tarkibida muayyan tarixiy davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos ma’lum o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ma’lum ichki qonuniyat, tashqi kuchlar ta’sirida, obyektiv ravishda, ma’lum mezonlar doirasida yuz beradi. Tilga boshqa tillardan so‘z qabul qilinishi ham shunday. Til o‘zida vositalar, imkoniyatlar bo‘lgan holda boshqa, o‘zga tildan so‘z olmaydi. Qabul qilinuvchi so‘z ma’lum, biror yangi tushuncha anglatsa, yangi informatsiya tashisa, yoki u yoki bu semantik yukka ega bo‘lsagina tilga kirishi mumkin2 . O‘zlashma – bu biror bir tildan boshqa bir tilga lug‘at birliklarining ko‘chishidir. O‘zlashmalar, shuningdek, o‘zlashma so‘zlar deb ham yuritiladi. O‘zlashmalar biz avval aytib o‘tganimizdek tilning lug‘at boyligini oshiradi, yangi o‘zaklar, so‘z birikmalari va terminlar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zlashmalar biror-bir tilga kirib kelgandan so‘ng o‘sha tilga moslashadi, o‘zida grammatik, semantik, fonetik va orfografik o‘zgarishlarni o‘tkazadi. Aynan mana shu adaptatsiya o‘zlashmalarni xalqaro so‘zlardan ajratib turadi. Xalqaro so‘zlar esa o‘zida begona tilga xos xususiyatlarni saqlab qoladi. Bu fonetik, orfografik, grammatik va semantik xususiyatlar bo‘lishi mumkin. O‘zlashmalarning til sistemasiga singib ketishi ma’lum sharoit va xususiyatlarga bog‘liq. “O‘zbek tili leksikologiyasida” quyidagi sharoitlar muhim deb beriladi: 1) o‘zlashma so‘z uni qabul qilgan tilning praktik yozuv xususiyatlariga moslashgan bo‘lishi; 2) chet so‘z o‘zlashtiruvchi til grammatik klasslari, kategoriyalariga mos kelishi; 3) so‘z uni qabul qilgan tilda fonetik qayta shakllanishi; 4) chet so‘z uni qabul qiluvchi tilga grammatik singishi; 5) chet so‘z uni qabul qiluvchi til so‘z yasash sistemasida aktiv ishtirok etishi; 6) chet so‘z uni qabul qilgan tilga semantik jihatdan singishi: a) o‘zlashma so‘z ma’nosi aniq bo‘lishi; b) o‘zlashma so‘z ma’nosi uni qabul qilgan tilda differensiyatsiya qilingan bo‘lishi; 7) chet so‘z uni qabul qilgan tilda uzluksiz ishlatilishi kerak3 . Bu yuqoridagi keltirilgan xususiyatlar borasida tilshunoslarning fikrlari deyarli bir xil, ya’ni o‘zlashamalarning o‘zlashayotgan tilga qabul qilinib unda mustahkam o‘rnashib, singib ketishi uchun qo‘yiladigan talablar barcha tillarda o‘xshash deb ta’kidlanadi. Xususan, fors tilida ham o‘zlashmalar qaysi tildan kirganligiga qaramay yuqoridagi talablarga bo‘ysunadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Foydalanilgan Prezident asarlari
Sh.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz
Sh.M.Mirziyoyev-Tanqidiy tahlil qatiy tartib-intizom va shaxsiy vobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak
Shavkat Mirziyoyev Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik
O’zbek adabiyotlari
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. – Toshkent: ToshDShI, 2009. – 108 b.
Жуманиёзов О. Ўзбек тилидаги герман тиллари ўзлашмалари.– Тошкент: Фан, 1987. – 103 б.
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – 312 б.
Дадабоев Ҳ ., Ҳамидов З., Холмонoва З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи.− Тошкент: Фан, 2007. − 156 б
Махамадалиев X. Форс тилига ўзлашган туркий сўзлар оммавий коммуникациянинг бир кўриниши сифатида (тарихий луғатлар асоcида) // Марказий Oсиёда луғатчилик: aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. – Тошкент, 2003. – Б. 54–60.
Навоий А. Муҳокамат ул-луғатайн. Мукаммал асарлар тўплами, T.16. – Тошкент: Фан, 2000. – Б. 3-36
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет, 2000. − 599 б.
Саидова Д. Доктор М. Мўъиннинг “Фарҳанг-e форси” луғатида туркий сўзлар семантикаси // Марказий Oсиёда луғатчилик: aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. – Тошкент, 2003– Б. 78–82.
Содиқов Қ.П. “Муҳокамату-л-луғатайн”ни ўқиб ўрганиш. – Тошкент. 2011. − 95 б
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
Қуронбеков А. Классик форс тили ҳамда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. – Тoшкент: ТошДШИ, 2009. – Б. 11–18.
. Ҳазратқулов Ж.Е., Абдусаматов М.Ш. Эрон адабиёти хрестоматияси. − Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 248 б.
Ҳасанов Б. Навоий асарлари учун қисқача луғат. Тошкент: Фан, 1993. – 374 б.
. Ҳожиев А. Лингвистик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – 109 б
Xorij adabiyotrari
1. Бухвальд А. Это Америка. – Москва: Издательство полит. лит.,1966.– 320 с.
2. Каменева, М. С. О деятельности двух Академий языка Ирана и некоторых инновациях в лексике персидского литературного языка // Развитие языков в странах зарубежного Востока. – Москва, 1983. – C.46-51.
3. Гайсина Г.Р. Персидскиe заимствования в башкирском языке: Автореф. дис. …канд. филол. наук. – Уфа, 2008. – 21 c. 4
4. Белгородский Н.А. Современная персидская лексика // Языковые проблемы по числительным, – Л., 1927. – C. 30–35.
5. Богаченко, H.Г. История восточноазиатских заимствований в английском языке.(на материале Большого Оксфордского словаря): Автореф. дисc. …канд. филол. наук. – Владивосток, 2003. – 25 c.
6. Дедюхина А.Г. Англоязычные заимствования в российской рекламe: Автореф. дисc. …канд. филол. наук. – Краснодар, 2008. – 24 c. 88
7. Джаббаров Р. Д. Арабские заимствования во французском языке: Автореф. дисc. …канд. филол. наук. – Баку , 1984. – 21c. 14. Жирков Л.И. Персидский язык. Элементарная грамматика. – М.: УРСС, 2008. − 207 c.
8. Крысин.Л.П. Иноязычные слова в контексте современной общественной жизни // Русский в школе. – 1994. − №6. – C. 56–70..
9. Мухамедова Н.А. Теоретическая грамматика персидкого языка. –Ташкент, 1994. –154 c..
10. Николеску A. К. Заимствования романского происхождения в русском языке: Автореф. дисc. …канд. филол. наук. – M., 2005. – 34 c.
11. Овчинникова И.К. К вопросу об удельном весе иноязычных заимствований в лексике современного литературного персидского языка//Индийская и иранская филология. – М.: Наука, 1971. – C. 43–60.
11. Персидско-русский словарь. В 2-х томах / под ред. Ю.А. Рубинчикa. – М.: Русский язык, 1985. T.1. – 800 с., T.2. – 864 с. 1
12. Расторгуева В.C., Эдельман Д.И. Этимологический словарь иранскиx языков. – M.: Издательская фирма “Восточная литература” РАН, 2003. T.1. −327 c., T.2.−502 .
13. Реформатский А.А. Введение в языкознание. –М.: Наука , 1960. − 536 с.
14. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. – М.: Издательская фирма “Восточная литература” РАН, 2001. - 601 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |