Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti



Download 56,32 Kb.
bet2/9
Sana18.02.2022
Hajmi56,32 Kb.
#450846
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI GULZOR

Mavzuning dolzarbligi: Dunyodagi yetakchi mamlakatlarning so‘nggi yillardagi yuksalish xususiyatlari iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalardagi taraqqiyot Osiyoga — Sharq zaminiga ko‘chayotganini ko‘rsatayapti. Jahon geosiyosiy sahnasida ham bu mintaqa mamlakatlarining ta’siri tobora ort­moqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi globallashuv jarayoni Sharq va G‘arb madaniyatini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish emas, balki ular o‘rtasida qadimdan mavjud bo‘lgan o‘zaro ta’sir, hamkorlik va ma’naviy-madaniy boyish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ushbu ikki mintaqadagi davlatlar va ularning tilini puxta o‘rganishni talab etmoqda.Tarixan Buyuk ipak yo‘lining gavjum chorrahalaridan birida joylashgan yurtimiz bir vaqtning o‘zida ko‘plab madaniyatlar bilan o‘zaro ta’sir va aloqada bo‘lgan. Zaminimizda serqirra hamkorlik, ma’naviy-madaniy boyish, eng muhimi, o‘zaro tushunish, e’tibor va hurmat singari qadriyatlar qaror topgan. Bag‘ri­keng­lik xal­qimiz mentalitetining bosh fazilatlaridan biri bo‘lib kelgan. Shu bois qadimdan yurtimizda chet tillardan, asosan, anatkak (sanskrit), tabg‘ach (xitoy), to‘xri (o‘rta fors tili) tillari o‘rgatilgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib ko‘proq arab va fors tillarini o‘qitish ehtiyoji yuzaga keldi. XIX asrning oxirlaridan boshlab esa rus tili va madaniyatini o‘rganish kun tartibiga chiqdi. O‘sha kezlar buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy «Oyina» jurnalida «Ikki emas, to‘rt til lozim» maqolasi bilan «Biz turkis­toniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur» degan g‘oyani ilgari surdi. Sobiq sho‘rolar davrida chet tili sifatida asosan ingliz, nemis, fransuz tillarini o‘qitish bilan birga poytaxt va viloyat markazlari hamda yirik shaharlarda Sharq tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ham faoliyat olib borgan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish va soha mutaxassislarini tayyorlash haqida gap ketganda asosan G‘arb tillari, birinchi navbatda ing­liz tili nazarda tutildi. Aslida o‘qitilayotgan barcha tillarga, shu jumladan, Sharq tillarini o‘rgatishga ham birdek sharoit yaratish lozim edi. Amalda bunday bo‘lmadi. O‘tgan asrning 90-yillaridan Sharq tillari o‘qitiladigan maktablarga munosabat o‘zgardi. Ayniqsa arab, fors tillari diniy oqimlarning kirib kelishi, islom dinining keng tarqalishi orqali yoshlarda radikal qarashlar shakllanishiga olib keladi degan faraz ilgari surildi. Sharq tillarini o‘qitishdan ko‘ra il­g‘or G‘arb tillarini o‘rgatishga asosiy e’tibor qaratish zarur degan aqida hukmron bo‘la boshladi. Birin-ketin Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Xorazm, Samarqand va boshqa viloyatlardagi Sharq tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan bor-yo‘g‘i 2-3 tadan iborat umumta’lim muassasalari oddiy maktablarga aylantirildi. Vaziyatning bunday tus olishi o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik orasida tushunmovchilik keltirib chiqara boshladi. Biroq hech kim ochiq-oshkora e’tiroz bildira olmadi. Natijada Sharq tillari, xususan, arab tilini o‘rganishga rag‘bati yuqori o‘quvchilar maqsadi noma’lum bo‘lgan xususiy o‘quv maskanlarida o‘qishga majbur bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, turli diniy yo‘nalishdagi ruxsat etilmagan, litsenziyasiz o‘quv guruhlarining tashkil topishiga yo‘l ochdi.
O‘sha kezlari mashhur sharq­shunos olim Shoislom Shomuhamedov, akademiklar Azizxon Qayumov, Alibek Rustamov va boshqa ko‘plab sharqshunoslar bunday holatdan hayron bo‘lib, e’tiroz bildirganiga guvoh bo‘lganmiz. Chunki bo‘lg‘usi iqtidorli sharqshunoslar yetishib chiqishiga katta hissa qo‘shgan, respublika bo‘yicha 30 taga ham yetmaydigan xitoy, hind, arab, fors, urdu tillariga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining yo‘nalishi o‘zgartirilib, faqat G‘arb tillari, xususan, ingliz tili o‘qitila boshlandi. Jumladan, Toshkent shahridagi sharq tillariga yo‘naltirilgan 22-, 24-, 119-, 272-maktablar boshqa fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga aylantirildi. Sharq tillari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadigan fan olimpiadasi ham bekor qilindi. Vaholanki, yurtimizda Sharq tillarini chet tili sifatida o‘qitishga yo‘naltirilgan maktablar ko‘p bo‘lmasa-da, nomi dunyoga taralgan, xorijiy mamlakatlardan kelgan delegatsiyalar, oliy martabali mehmonlar aynan shu maktablarga tashrif buyurar edi. Birgina Hindistonning yirik davlat arbobi La’l Bahodir Shastri haykali o‘rnatilgan 24-hind tiliga ixtisoslashtirilgan maktabni eslashning o‘zi kifoya. Hozir Sharq mamlakatlaridan kelayotgan e’tiborli mehmon va delegatsiyalarga faxr bilan ko‘rsatiladigan bunday maktab yo‘q!
Ayni paytda yurtimizda tash­qi siyosat, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy, g‘oyaviy sohalarda olib borilayotgan islohotlar tufayli ilgari yo‘l qo‘yilgan noo‘rin harakatlarimiz tuzatilayapti. Diniy masalalarda ham shaffoflik ta’minlanib, ishlar to‘g‘ri o‘zanga tusha­yapti. Qolaversa, Sharq tillarini o‘rganaman degan ming­lab o‘quvchilar shu tillarni puxta egallab, kelgusida yetuk sharqshunos bo‘lishni orzu qilishga haqlidirlar. Zero, buyuk bobolarimiz, umuman, barcha ziyolilarimiz yaqin o‘tmishgacha uch tilni — ona tili, arab, fors tillarini mukammal bilgan. Jild-jild o‘lmas asarlarini shu tillarda bitgan.
Farzandlarimiz maktab davridan boshlab kelgusida biror Sharq mamlakati bo‘yicha mutaxassis bo‘laman desa, yillar davomida hijjalab o‘sha davlat tilini, shu tillarda bitilgan sarf va nahv­larini mukammal o‘rganishi kerak-ku. O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov she’rlari mazmuniga mumtoz merosimizgagina xos g‘oyalar singdirilganidan, ijodkorning arab va fors tili leksik-semantik ildizlarini juda chuqur bilishidan hayratlanar edim. Keyin bilsam, u kishi Toshkentdagi arab tilini o‘qitishga yo‘naltirilgan 22-maktabda ta’lim olgan ekan.
Akademik Azizxon Qayu­movning buyuk navoiyshunos-sharq­shunos bo‘lib yetishishiga sabab Qo‘qonda otasi — mash­hur shoir va tazkiranavis Po‘latxon Qayumiy domladan qadimgi yozma merosimizni, arab va fors tillarini chuqur o‘rganganidir. Bunday misollarni yuzlab keltirish mumkin. Hozir respublikamizda faqat xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan Toshkentdagi 59-maktab mavjud. Oxirgi yillarda ba’zi viloyatlarda xitoy, koreys tillari o‘qitiladigan sinflar, nodavlat kurs­lar ochilgani haqida xabarlar bor. Ayrim yig‘in va uchrashuvlarda turli viloyatlardan kelgan sharqshunos hamkasblarimiz: «Nega Sharq tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar yopilib ketdi? Nega siz mutasaddilar bu masalani ko‘tarmayapsiz?» qabilidagi savollarni ko‘p berishadi. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti elektron pochtasiga kunda-kunora kelib tushayotgan murojaatlarning aksar qismida yurtdoshlarimiz mustaqil ravishda biror-bir Sharq tilini o‘rganayotgani, bu bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaga ehtiyoji borligini aytishadi yoki Sharq tillarini qayerda o‘rganish mumkinligini so‘rashadi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: nima uchun yaqin-yaqingacha mavjud bo‘lgan, samarali faoliyat olib borgan, Sharq tillariga ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy bazaga ega maktablarni tiklab, xuddi ingliz, fransuz, nemis, rus tillari kabi tasdiqlangan zamonaviy dastur va dunyoviy qo‘llanmalar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi?
Masalaning yana bir muhim tomoni bor. Hozir Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari orasida oliy ta’lim muassasasi qoshidagi akademik litseylarda o‘qib, imtihon topshirib, o‘qishga kiradiganlar ma’lum qismni tashkil etadi. Institutimiz uchun aynan shu toifadagi yoshlar kerak. Ularning Sharq tillari bo‘yicha olgan bilimi G‘arb tillariga yo‘naltirilgan litsey hamda kollejlarni tugatgan yigit-qizlarnikidan farq qiladi. Biz mutaxassis sifatida, xususan, filologiya yo‘nalishiga litseyda Sharq tillarini o‘rgangan o‘quvchilarni qabul qilish tarafdorimiz. Biroq ularning soni kam. Buning ustiga litseylarga ham maktabda G‘arb tillarini o‘rgangan o‘quvchilar o‘qishga kiradi. Ya’ni ular ham o‘rta maxsus ta’lim davridagina qisman Sharq tilini o‘rganib, keyin institutga qadam qo‘yadi. Ta’limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash muammosi shu yerda aniq-ravshan ko‘rinadi. Bugunga kelib, umumta’lim muassasalarida Sharq tillarini o‘qitish deyarli to‘xtab qolgani, «maktab — litsey — oliy ta’lim muassasasi» modeli asosida Sharq tillari bo‘yicha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi deyarli yo‘qligi soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarni yetishtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘rta asrlarda yurtimizdagi maktab va madrasalarda muayyan soha bo‘yicha yoshlar uzviylik va uzluksizlik tamo­yillari asosida o‘n yillar davomida o‘qitilgan. Shundagina ilmi tolib o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha komil kasb egasi bo‘lib yetishgan. Xal­qimiz tasavvuridagi «maktab ko‘rgan», «madrasa ko‘rgan», «madrasa changini yalagan» degan tushunchalar o‘sha davr ta’lim tizimining davomiyligini ko‘rsatuvchi yorqin dalildir. Shuning uchun ham o‘sha kezlar dunyoni hayratga solgan allomai komillar, piri murshidlar yetishib chiqqan. Endi Sharq tillarini o‘qitishda muddat nihoyatda qisqaligini inobatga olib, xorijiy tillarni o‘qitishda «maktab — oliy ta’lim muassasasi» va «maktab — litsey — oliy ta’lim muassasasi» tizimini joriy qilish vaqti keldi.
Masalaning yana bir muhim jihati millatlarning o‘zligiga, boshqa xalqlardan ajralib turuvchi xos xususiyatlariga chang solayotgan hozirgi globallashuv jarayoni bilan bog‘liq. Bu jarayonga qarshi tura oladigan kuch sifatida milliy meros va qadriyatlar maydonga chiqmoqda. Ma’naviyati butun xalqni hech qaysi kuch, yot mafkura, olomon madaniyati yo‘ldan ozdira olmaydi. Shu jihatdan, bobolardan qolgan ulkan yozma meros va qadimgi Sharq qo‘lyozmalarini chuqur hamda tizimli o‘rganish, ularning ilmiy tavsiflarini tuzish, ilmiy sharhlangan tarjimalarni tayyorlash, o‘zbek va xorijiy tillarda nashr ettirish, yosh avlodga yetkazish bugunning eng muhim, kechiktirib bo‘lmaydigan masalalaridandir. Bu vazifalarni izchil amalga oshirish uchun ham yuqori malakali sharqshunos kadrlarni tayyorlash, shu jumladan, manbashunoslik hamda matnshunoslik bo‘yicha mutaxassislarni yetishtirish muhim hisoblanadi. Ayni kezda mamlakatimiz uchun har qachongidan ham ko‘proq koreysshunos, yaponshunos, xitoyshunos, arabshunos, hindshunos, afg‘onshunos, turkshunos, eronshunoslarga, umuman, mamlakatimiz manfaatlarini qat’iy himoya etuvchi sharqshunos-mutaxassislarga ehtiyoj keskin oshmoqda. Achchiq bo‘lsa ham tan olish kerak: ta’lim tizimimizda qo‘shni mamlakatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yadigan kadrlarni tayyorlash deyarli o‘ylanmadi. Oqibatda Markaziy Osiyoda ta’lim sohasidagi yetakchilikni boy bera boshladik. Hozir ushbu yo‘nalishda qozoq, qirg‘iz, turk­man, tojik, ozarboyjon tili va shu mamlakatlar tarixi, siyosati, iqtisodi, falsafasi bo‘yicha teran bilimlarga ega mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Shu bois Markaziy Osiyo davlatlari Sharq mintaqasining bir bo‘lagi ekani e’tiborga olinib, mazkur hudud bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash vazifasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti zimmasiga yuklansa ayni muddao bo‘lar edi.
O‘zbekiston keyingi o‘n yilliklarda mintaqada mehnat resurslari, ishchi kuchini eks­port qiluvchi yetakchi davlatga aylanib ulgurdi. Ko‘plab fuqarolarimiz Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Birlashgan arab amirliklari singari davlatlarda mehnat qilib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga baholi qudrat hissa qo‘shmoqda. Sharq mamlakatlari, ayniqsa, Janubiy Koreya va Yaponiya singari ish beruvchi davlatlarni mehnat migrantlari sifatida ishga borayotgan yurtdoshlarimizning chet tilidan xabardorligi ko‘proq qiziqtirmoqda. Ular Sharq tili imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlarnigina qabul qilayapti. Ushbu masalalar ham hozir mamlakatimizda Sharq tillari bo‘yicha maktablarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Kelgusida yetuk sharqshunos bo‘lishni istagan yoshlarning aynan maktabdan boshlab Sharq tillarini o‘rganishi mamlakatimiz ravnaqi uchun faqat naf keltiradi. Shuning uchun bu tillarning umumta’lim muassasalarida o‘qitilishiga bo‘lgan eskicha yondashuvlardan voz kechib, yoshlarning, ota-onalarning xohish-istaklarini hisobga olib, Sharq tillariga yo‘naltirilgan maktablarni har bir viloyatda namuna sifatida qayta tiklash maqsadga muvofiq. Umuman olganda, maktablarda bittadan G‘arb va Sharq tilini o‘qitish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak.

Download 56,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish