Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


partiyasidan saylangan 20 kishidan



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma


partiyasidan saylangan 20 kishidan, 
“Adolat sotsial-demokratik”
partiyasidan saylangan 11 kishidan va 
“Milliy tiklanish”
partiyasidan saylangan 10 
kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan 
saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis 
tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga 
nisbatan ancha ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, Oliy Majlis 
faoliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, 
qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. 
Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining quyidagi qo‘mitalari 
va komissiyalari tashkil etildi: 
• Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi.
• Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi.
• Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi.
• Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi.
• Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasi.
• Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasi.
• Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi.
• Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.
• Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi.
• Matbuot va axborot qo‘mitasi.
• Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.
• Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari qo‘mitasi.


77 
• Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchichaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2000 - yil 30-31 - avgust kunlari bo‘lgan uchinchi 
sessiyasi qarori bilan “Yoshlar ishlari qo‘mitasi” shaklida qayta tuzildi).
• Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi.
• Oila va ayollar muammolari komissiyasi.
• Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy 
tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan 
bloklar soni jihatidan birinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. 
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukammallashdi. 
Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tobora 
chuqurlashib borayotganligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy 
Majlis qo‘mitalari va komissiyalarining tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta 
partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni 
rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 
mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, 
intilishlari, muammolarining yechimlarini topishga yo‘naltirilgan 
“Yoshlar ishlari 
komissiyasi”
ning tuzilishi va keyinroq uning 
“Yoshlar ishlari qo‘mitasi”
ga 
aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. 
Parlament tarkibida 
“Oila va ayollar muammolari komissiyasi”
ning tuzilishi oilani 
mustahkamlash, xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning huquqiy 
yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Oliy Majlis tarkibida 
“Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi”
ning tuzilishi va yangi 
qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish 
jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashdi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti 
davrida respublika bir palatali parlamenti yangi jamiyat qurishning ishonchli huquqiy 
asoslarini yaratuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va 
mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib 
turibdiki, respublika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha 
jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli 
qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilan 
dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika 
parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab 
turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini 
ularning mazmuniga ko‘ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchi yo‘nalishga – 
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik-huquqiy davlat 
asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi. 
Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining 
qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. 
Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan, milliy 
davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy 


78 
qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum 
e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj 
topdi.
Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va 
barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi. Prezident Islom 
Karimov 2000 - yil 25 - may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiningikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 
Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos 
ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishni 
nazarda tutgan g‘oyadir. 2001- yil 6-7 - dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali 
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional 
parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, 
yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy 
madaniyat darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib 
tuzish zarur, degan xulosaga keldi. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish