77
• Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchichaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2000 - yil 30-31 - avgust kunlari bo‘lgan uchinchi
sessiyasi qarori bilan “Yoshlar ishlari qo‘mitasi” shaklida qayta tuzildi).
• Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi.
• Oila va ayollar muammolari komissiyasi.
• Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy
tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan
bloklar soni jihatidan birinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi.
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukammallashdi.
Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning tobora
chuqurlashib borayotganligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy
Majlis qo‘mitalari va komissiyalarining tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta
partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni
rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan
mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari,
intilishlari, muammolarining yechimlarini topishga yo‘naltirilgan
“Yoshlar ishlari
komissiyasi”
ning tuzilishi va keyinroq uning
“Yoshlar ishlari qo‘mitasi”
ga
aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi.
Parlament
tarkibida
“Oila va ayollar muammolari komissiyasi”
ning tuzilishi oilani
mustahkamlash, xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning huquqiy
yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Oliy Majlis tarkibida
“Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi”
ning
tuzilishi va yangi
qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish
jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashdi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti
davrida respublika bir palatali parlamenti yangi jamiyat qurishning ishonchli huquqiy
asoslarini yaratuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va
mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib
turibdiki, respublika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha
jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli
qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Natijada, mustaqillik munosabati bilan
dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika
parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab
turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini
ularning mazmuniga ko‘ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchi yo‘nalishga –
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini mustahkamlash,
demokratik-huquqiy davlat
asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.
Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining
qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda.
Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan,
milliy
davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy
78
qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum
e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj
topdi.
Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va
barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi. Prezident Islom
Karimov 2000 - yil 25 - may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiningikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi.
Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos
ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda
yanada takomillashtirishni
nazarda tutgan g‘oyadir. 2001- yil 6-7 - dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional
parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar,
yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy
madaniyat darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib
tuzish zarur, degan xulosaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: