Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor: 
• populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘zlovchi, mukammal 
bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
• mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq inobatga olinadi;
• milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentning nufuzi ortadi, 
qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi;
• parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, xalqning 
xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi;
• parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi;
• jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi;
• 
deputatlar 
faoliyatini 
professionallashga, 
siyosatchilar 
tabaqasini 
shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi. 
Oliy Majlis 2002 - yil 27 - yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali 
parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini 
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Referendumda 
ovoz 
berish 
byulleteniga „ Siz kelgusi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti 
ikki 
palatali 
qilib 
saylanishiga 
rozimisiz?“ degan savol kiritildi. 
Referendum 2002 - yil 27 - yanvar 
kuni keng demokratik asosda, ochiq 
va 
oshkora, 
keng 
jamoat-chilik 
vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar, 
ommaviy 
axborot 
vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo‘lib 
o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar 


79 
fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. “Siz kelgusi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” 
degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari 
yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish 
masalasini qo‘llab-quvvatladilar. 
2002 - yil 4-5 - aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida “Referendum yakunlari hamda 
davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”, Konstitutsiyaviy 
qonun va “2002 - yil 27 - yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi 
referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining 
asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament 
tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 2002 - yil 12–13- dekabr 
kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi 
bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy 
qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. 
Shuningdek, 2003 - yil 24 - aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur 
qonunlar bo‘lg‘usi parlamentning ikkala palatasi vakolatlarini va faoliyatining 
tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy davlat vakillik organi - parlamentning nomi Oliy Majlis deb 
atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata - Senat, quyi palata - 
Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati - 5 yil etib 
belgilangan. 2004 - yil dekabr - 2005 - yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor 
ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi palataga saylov okruglari 
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda - 6 
nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, 
ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida 
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li 
fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Qonunchilik palatasining 2005 - yil 27 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi 
majlisida 
E.H. Xalilov
Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, 
Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari saylandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari 
tashkil etilib ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 
- yil 27 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharifxo‘jayev Senat Raisi 
etib saylandi. Shuningdek, Senat Raisi o‘rinbosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari 
saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini 
boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta 
taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqeyi o‘sdi. Qonun loyihalari 
dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat 
tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, 
matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir 


80 
qismi - davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro 
tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Senat vakolatiga 
o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. Ikki palatali Oliy Majlis 2005 -
2009 - yillarda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishida 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan 250 dan ziyod qonun qabul qildi.
Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentimizning nufuzi yanada 
o‘sdi. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati 
professionallashib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xilligi 
kuchaydi. Deputat va senatorlarning vakolat muddati tugashi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2009 - yil 27 - dekabr kuni saylovlar - 2010 
- yil 10 yanvar kuni takroriy saylovlar demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida 
bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat, O‘zbekiston Ekologik harakatining 
konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat saylandi. Senatga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng 
miqdorda - 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 2010 - yil 22 - yanvar 
kuni 
Oliy 
Majlis 
Qonunchilik 
palatasining 
birinchi 
majlisida 
Dilorom 
Toshmuhamedova Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi. 2010 - yil 26 yanvar 
kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida 
Ilgizar Matyoqubovich Sobirov
Senat 
Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy Majlis O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri etib 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
ni tasdiqladi. 
O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, 
tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor 
munosabatlarini chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish