Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tuzilishi (1995-2004-yillar)



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tuzilishi (1995-2004-yillar)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil 
etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament 
bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi. 
Birinchidan
, mustaqillikkacha 
bo‘lgan davrda Respublika Oliy Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining 
oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, markaz 
tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. 
Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni mustaqil amalga oshiradi. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy 
davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi. 
Ikkinchidan
,
mustaqillikdan oldin Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari tomonidan yakka-
yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi 
ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini 
vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida 
shakllandi. 
Uchinchidan
, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish 
jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o‘rni va soni oldindan 
belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga saylovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv 
nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va 
harakatlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. 
Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishini emas, 
aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun-
mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
To‘rtinchidan

mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida 
faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan 
kichik bir guruh deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis 
faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ishlamaydi. 
Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazifalarini deputatlik vakolati 
bilan qo‘shib olib boradi, saylovchilari bilan yaqindan aloqada va muloqotda bo‘ladi. 
Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani 
va qabul etilayotgani haqida xabardor qilib turadi, hayotning qaynoq nuqtalarida 
aholi bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham 
Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib boradi. Butadbirlar xalqning huquqiy 
madaniyatini, siyosiy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan 
amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat 
qiladi. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya korpuslarining, 
xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el ommaviy axborot vositalarining 
O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurnalistlari hozir bo‘lish imkoniyati mavjud. 
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bilan aloqalari o‘rnatildi 
va chuqurlashdi.
O‘zbekiston Milliy parlamentida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar 
bo‘yicha guruh tuzildi, respublikaning Parlamentlararo ittifoq, Yevropa Xavfsizlik va 
Hamkorlik Tashkilotining Parlament assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari 
yo‘lga qo‘yildi. Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-1999- 
yillarga mo‘ljallangan faoliyat dasturi” ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti 


75 
huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi. Bu chora-
tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab olishga, 
qonunchilikni yangi pog‘onaga ko‘tarishga ko‘maklashmoqda. O‘zbekiston 
parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha vakil 
(ombudsman) instituti xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy 
Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Oliy 
Majlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. 
Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24 - aprelda qabul qilingan “Oliy 
Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida” gi Qonun 
muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, 
fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta’minlashga 
xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83- moddasida 
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar aniq belgilab qo‘yilgan. 
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, o‘z 
davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Oliy Majlis 
deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy 
Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Qonunlar loyihalarini 
ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy 
Majlisning tegishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. 
Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayotganligi ommaviy axborot 
vositalari orqali muntazam yoritib boriladi.
Qonunchilikda qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, 
puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, 
konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro 
tashkilotlarning ekspertizasidan o‘tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan 
barcha qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert 
xulosalarini Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari huzurida tegishli qo‘mitalar, 
partiya fraksiyalari rahbarlari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha muhokama 
etish yo‘lga qo‘yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuv, ularning 
puxta va sifatli bo‘lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O‘zbekiston 
Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada 
yaxshilashga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoliyatining 
takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning samaradorligini oshirishda 
muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 
ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 
ta qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro 
shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish 
to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, 
uning faoliyatiga yuksak baho berdi: “Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil 
topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o‘tgan davr 
mobaynida ko‘ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari 


76 
siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan 
murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan 
hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab 
turishda ishonchli omil bo‘ldi”. (Islom Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat. 
Asarlar, 8- jild, 60- bet.) 
1999- yil 19-20 - avgust kunlari birinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining 
bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi sessiyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5 - dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror 
qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta 
subyekt beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning 
tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. 1999- yil 5- dekabr 
kuni bo‘lgan saylovlarda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta 
saylov okrugida 19 - dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Saylovlar aholining 
faol ishtiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat 
etib saylandi. Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik 
saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga to‘la, mos ravishda, chinakamiga muqobillik 
asosida bo‘lib o‘tgan-ligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2000 - yil 22 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi 
sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 
kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan, 
“Fidokorlar”
milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, 
“Vatan 
taraqqiyoti”
Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish