Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

2.
 
Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda 
parlament tizimi va undagi islohotlar. 
Istiqlolning 
dastlabki 
yillarida 
O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini 
mustahkamlashga, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishga 
yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘tkazildi. Siyosiy hayotni tubdan o‘zgartirish 
ishlarining ko‘lamini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday 
siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston keyingi 130 
yil davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. 
Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot 
yo‘lini o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz
xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy 
qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. 
Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat 
rahbarlari ham markaz tomonidan tayinlanardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy 
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, 
mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoq 
poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, 
xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi. 
Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olish, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi 
belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish
mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat 
boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan 
erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan 
mamlakatimizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, 
ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzum barpo etishni ta’minlovchi chuqur, keng qamrovli 
siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda. 


70 
“Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida 
milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash
respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq 
belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim 
bo‘ladi” . (Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 16- bet.) 
O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi - parlamentni shakllantirishda xalqaro 
tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. 
“Parlament” fransuzcha “parle” - gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy 
so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi 
hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun 
bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari 
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan 
saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning 
birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, Angliya, Fransiya, Ispaniyada xalq 
majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar 
yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215-yilda 
qabul qilingan “Erkinlikning Buyuk Xartiyasi” dan boshlanadi va 1265-yilda davlat 
hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII-XVIII asrlarda boshqa 
mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda 
turlicha nom bilan yuritiladi. Masalan, AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
Kongress
, Buyuk Britaniyada 
Parlament
, Finlandiya va Polshada 
Seym
, Germaniyada 
Bundestag
, O‘zbekistonda 
Oliy Majlis
va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon 
qilingan paytda 1990 - yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - 
Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni 
bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib 
yubormadi. U 1990 -1994 - yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida 
faoliyat ko‘rsatdi. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq 
tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy 
Kengash 
O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, 
demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini 
vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy 
Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor 1990 - yil 24 - mart kuni O‘zbekiston 
Prezidentini 
sayladi, 
Mustaqillik 
deklaratsiyasini, 
O‘zbekistonning davlat 
mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni va boshqa muhim 
hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990 -1994 -yillarda Oliy Kengash 200 ga 
yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
demokratik 
tamoyillarga 
asoslangan 
yangi 
parlamentni 
shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76-moddasida: 
“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”, - deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasida bir palatali parlament - Oliy Majlisni 
shakllantirishga kirishildi. 
Respublika Oliy Kengashining 1993 - yil 28 - dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV 
sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”, 1994 - 


71 
yil 22 - sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub 
islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan
sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda 
bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun 
mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. 
Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalqning o‘ziga xos tarixiy, 
axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat 
qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. 
Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. 
Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil 
muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish