Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


Ijro etuvchi hokimiyatning quyidagi vazifalari mavjud



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Ijro etuvchi hokimiyatning quyidagi vazifalari mavjud: 
• davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning 
bajarilishini ta’minlaydi; 
• Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; yagona 
moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 
• madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat 
siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 
• mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga 
oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
• qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk 
va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi; 
• iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga 
rahbarlik qiladi;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
• barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, 
qisqartirib borildi. Agar 1990 - yil 30 martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 
kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995- yil 5 mayda Vazirlar Mahkamasi 35 
kishidan iborat etib tuzildi. 2000 - yil 11 
fevralda 
bo‘lgan 
Ikkinchi 
chaqiriq 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Oliy 
Majlisi 
Prezident 
tavsiyasiga 
ko‘ra 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tarkibini 
34 
kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning 
birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir 
o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar 
Davlat qo‘mitalari raislaridan iborat etib tasdiqladi. 2003 - yil 24 -25 - aprel kunlari 
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul 
qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 
tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining „O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ 
deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
taqdimiga 
binoan 
O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra 
Senatda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa 
Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik 
jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va 
butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshdi, mas’uliyati kuchaydi. O‘zbekistonda 


66 
boshqaruv tizimi butkul yangilandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor 
munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi 
yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor 
mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy 
boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini o‘zi idora etishga o‘tildi. Ma’muriy-
buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining tayanchlari bo‘lgan bir qator Davlat qo‘mitalari, 
vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.
Yana bir katta o‘zgarish bu - Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Iqtisodiyot vazirligi 
tuzilishi bo‘ldi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni 
amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar 
ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash 
ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Taqsimot bo‘yicha yakka hokim bo‘lib olgan Davlat 
ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik 
uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik tovar-xomashyo 
birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiyadorlik tijoratchi vositachi 
kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va 
tadbirkorlar uchun tovar resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar 
yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmatlar ko‘rsatish ishlari 
bilan shug‘ullanmoqda. Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida 
narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, 
raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma 
tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi 
respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya 
siyosatini belgilamoqda, valuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. 
Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi. 
Iqtisodiy sohada xususan, bank sohadigi islohotlar Markaziy bank, Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari – 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish