Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


“O‘zsanoatqurilishbank”, “Paxtabank”, “O‘zjamg‘armabank”, “G‘allabank”



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

“O‘zsanoatqurilishbank”, “Paxtabank”, “O‘zjamg‘armabank”, “G‘allabank”, 
“Tadbirkorbank”, “Savdogarbank”,
xususiy banklar va boshqa banklar 
tuzilishidan iborat bo‘ldi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol 
uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq 
qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joylardagi 
organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda tegishli 
nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar - 
Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik 
xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil etildi. 
Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida 
Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash 
tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat 
qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish 
dasturlarini 
ishlab 
chiqishda, 
ko‘p 
ukladli 
iqtisodiyotni 
shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond 
birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi 
tuzilmalarini tashkil etmoqda.


67 
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida 
respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, vazirlik 
tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat 
sohasidagistrategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha markazlashgan tartibda 
mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, 
korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar, 
firmalar tuzildi. Respublikada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib 
topdi. O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari 
tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan uyushmalarga, konsernlarga, 
korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil 
transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan 
o‘zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masalan, sayyohlik, 
transport, madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy 
jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, 
mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, 
uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq rivojlanishga ega 
bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Mahalliy davlat hokimiyati ham tubdan isloh 
qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „
Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonun (1993 - yil 2 sentabr), „Xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida“ gi Qonun (1994 - yil 5 may)
asosida amalga oshirildi. Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari 
hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini 
ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo‘yildi. 
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va ijro 
hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” 
gi Qonunning 1-moddasida “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 
bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir”, 
deb aniq belgilab qo‘yildi.
Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda 
vakillik organlari tuzilmaydi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylov to‘g‘risida” gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan 
fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. Xalq 
deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, 
tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil 
muddatga saylanadi. Mustaqillik yillarida 1994 - yildan e’tiboran har 5 yilda xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik 
asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1999- yilgi saylovda xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston 
Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi qayta tashkil etildi. Bu borada 


68 
milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Temur 
davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o‘sha zamonlarda viloyatlar, shaharlar 
hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo‘lamiz. 1992- 
yil 4 yanvarda „O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta 
tashkil etish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq 
respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim 
lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organlarigagina emas, 
shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida 
mustahkamlandi.
Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga 
ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. Ijro 
organlarida bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston 
Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan 
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli 
xalq 
deputatlari 
Kengashlari 
tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Vakillik 
organlari 
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda 
ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ularning apparati - hokimiyat tashkil etildi. Viloyat 
hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi 
vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar 
hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 
159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar 
tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati - hokimiyatlar tuzildi. Mahalliy hokimiyat 
organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100 va 101 
moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish