Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi
mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma'muriy-hududiy tuzilishi
masalalarini mustaqil hal qiladi
”. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlardan,
shaharlardan, shaharchalardan, ovullardar iborat. O‘zbekiston Respublikasi davlat
siyosatiga mos holda o‘z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining
hududi bo‘linmas va daxlsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog‘iston
Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishligi, uning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasligi ko‘rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki
sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi
Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa o‘sha davlat hokimiyatining oliy organlari
tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib bu
adolatsizlikka chek qo‘ydi. Qoraqalpog‘iston suveren Respublikasi bilan mustaqil
O‘zbekiston
Respublikasining
bir-butun
yaxlitligi
mustahkamlangan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 -yil 9-
aprelda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini
qabul qildi. Qoraqalpoq
milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli,
demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha
atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-
180
yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993
-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat gerbi, 1993 -yil 4-dekabrda bo‘lib
o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti - Jo‘qorg‘i Kengesi hisoblanadi. 86
deputatdan iborat. Xususan, Jo‘qorg‘i Kengesida 1991-1992-yillarda Dauletbay
Shamshetov, 1992-1997 -yillarda Ubbiniyaz Ashirbekov, 1997 -2002 -yillarda Timur
Kamalov hamda 2002 -yil 2-maydan 2020-yil 31-iyulgacha bu lavozimda Musa
Tajetdinovich Erniyozov rais sifatida faoliyat olib bordi. Avvalgi Oliy Kengashdan
farqi Jo‘qorg‘i Kengashga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Avvalgi
saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi
dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning
ustiga Parlamentda vazifasi bo‘yicha albatta deputat bo‘luvchi o‘rinlar xam mavjud
edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o‘z
saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Avvalgi
parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘z Konstitutsiyaviy nazorat organiga ega
bO‘lib, uni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi
amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tarkibi saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qO‘mitasiga
saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. Konstitutsiyaviy nazorat
qo‘mitasiga saylangan shaxslar o‘z vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va faqat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar. Uni tashkil etish va
ish tartibini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Konstitutsiyaviy nazorat
qo‘mitasi to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi, Xo‘jalik sudi, Shu muddatga
tayinlanadigan tuman, shahar sudlaridan iborat. Ular O‘zbekiston Respublikasining
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradilar. Ushbu
qonunda jumladan, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat
ishlari bo‘yicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi xo‘jalik sudi faoliyat ko‘rsatadi” deb belgilangan. ular faoliyatining
tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga kirib
unga kO‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi JO‘qorg‘i Kengesida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi va
a'zolari, Shuningdek, tuman, shahar sudlarining sudyalari, lavozimlariga nomzodlarni
tavsiya qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi jinoiy, fuqaroviy va
ma'muriy sud ishlarini yuritish borasida, sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
Tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.
Ijroiya organi -Vazirlar Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Quyidagi davlat
arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo‘lib ishladi: Amin Tojiev (1989 -1992-),
Radjapboy Yo‘ldashev (1992-1995-), Baxram Jumaniyazov (1995-1996-), Saparbay
Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiev (1998-2002 -), Tursunbay Tangirbergenov
(2002 -2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo‘lib Baxadir Yangibaev
ishlaydi.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |