11
patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya
bosqichi.
III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr
oxirigacha).
IV. “O‘rta asrlar davri” ( IX asrdan Somoniylar davlatini
tashkil topishidan to
XIX asr o‘rtalarigacha).
V. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini
“Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin.
Uning davriy
chegarasi – Rossiya imperiyasi bosqinidan to 1917-yil Oktabr to‘ntarishiga qadar
davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.
VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu
davr 1917-yildan 1991- yilgacha davom etgan.
VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991- yil 31 - avgustdan to bugungi
kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
Akademik A.Asqarov tomonidan ilgari surilgan bu davrlashtirish uslubida ham
O‘zbekiston hududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz
o‘rganayotgan davr, ya’ni O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi” deb ham atalib, ushbu davr ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan
iborat. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Respublika Prezidenti Islom
Karimov asarlari orqali mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha
sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarni, respublika aholisining serg‘ayrat
va fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning
mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot 3 bosqichga bo‘linishini
ko‘rishimiz mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000 - yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda
mustaqillikning mustahkam
poydevori bunyod etilib, “o‘zbek modeli” asosida
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon hamjamiyati
tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib bordi.
2001-2010 - yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, I.Karimov ta’biri
bilan
aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri
esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat
muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi”.
Uchinchi
bosqich esa, 2010 - yildan keyingi davr bo‘lib, bunda davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot sohalarini
isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik institutlarini rivojlantirish,
bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada
chuqurlashtirish davri
bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi Birinichi Prezidentimiz I.A.Karimov
tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga
qo‘shimcha ravishda 2017-yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida qabul
qilish mumkinki, bu davr tarixi 2016-dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti
12
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli
jadal islohotlar davri boshlanganligi bilan izohlash mumkin.
Ta’kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu
davrlashtirish bu mavzuni
yakunlamaydi. Tarix fanini o‘qitish borasida dolzarb bo‘lib turgan davrlashtirish
masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi tabiiydir. Ammo, bu
yo‘nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etilishi davr
talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: