212
tashrifi (2018- yil 8–9 oktyabr) O‘zbekiston rahbari
Shavkat Mirziyoyev Yevropa
Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi.
Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard
evroga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman
olganda, 2018- yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va halqaro tuzilmalar
rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama
shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi.
Shuningdek, hukumat,
vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari
darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. O‘zbekiston diplomatiyasining
yutuqlaridan biri o‘zbekistonlik taniqli diplomat Vladimir Norovning 2019 yil 1 -
yanvardan boshlab SHHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlanganligi ham tarixiy voqea
bo‘ldi. 3 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V. Norovni SHHT
Bosh kotibi sifatida qabul qildi. O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarish va
natijalarni yana boshqa ma’lumotlar misolida ko‘rish mumkin. Faol tashqi siyosat
tufayli mamlakati mizning xalqar obro‘ -e’tibori 2018- yil – “Faol tadbirkorlik,
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dunyoning turli mamlakatlariga 30
ga yaqin oliy
darajadagi tashriflar bilan bordi hamda nufuzli tashkilotlarning sammitida qatnashdi.
Keyingi ikki yil ichida xorijiy mamlakatlar prezidentlari mamlakatimizga 16 ta
tashrifni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 7 -2-
sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bildirilgan takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan
katta qiziqish bilan kutib olindi; Prezidentimiz tashabbusi bilan, ilk bor Markaziy
Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi tashkil etildi; Afg‘oniston bo‘yicha
“Tinchlik
jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik”
mavzusidagi yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi o‘tkazildi; Prezidentimiz
Xitoyning Sindao shahrida SHHT Davlat rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi
majlisida ishtirok etdi; BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast fondi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi va hokazo.
Toshkent shahridagi “Miran International” mehmonxonasida 2018-yil 22-
sentabr kuni xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan
“O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati”
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotchi O‘zbekiston
Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari bilan
bir qatorda AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Belgiya, Fransiya, Xitoy,
Yaponiya, Pokiston va Hindistondan tashrif buyurgan, jami 26
nafar ekspert ham
ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbarida so‘zlagan ilk
nutqidan so‘ng tashkil etilishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro
maydonda ijobiy imijini oshirish, olib borilayotgan islohotlar bilan jahon
hamjamiyatini xolisona tanishtirish kabi tashabbuslar kelgusida yanada qo‘payishi
tabiiydir.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar, birinchi navbatda,
Rossiya
Federatsiyasi bilan, Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma
SHtatlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan
213
munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib borishda
muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston 2017 - yildan boshlab Xitoy tashabbusi bilan tashkil
qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: