208
2008- yil 22 -24 - aprel kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar paytida mamlakatlar
o‘rtasida 2006-2010 - yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik dasturi va 2007 -
2016- yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan. Mazkur
hujjatlar
savdo,
suv-energetika
majmui,
sarmoya,
moliya,
transport,
kommunikatsiyalar, bojxona va innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning
istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan.
Islom Karimovning 2007 - yil oktabr oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tgan
uchrashuvlar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi
yangicha munosabatlarni qaror toptirish, uni sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarish
uchun poydevor bo‘ldi. 2008-2012- yillarga mo‘ljallangan
iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘risidagi bitim va dastur ushbu sohadagi istiqbolli vazifalarning ijro etilishini
ta’minlashiga shubha yo‘q. Shu bilan birga Markaziy Osiyo mintaqasida Orol dengizi
suvidan oqiloana foydalanish, mintaqada ekologik vaziyatni asrashga qaratilgan
pozitsiyamiz so‘ngi 20 yil mobaynida jahon jamoatchiligining diqqat e’tiborida bo‘lib
kelmoqda. 2009 - yil 28 - aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining uchrashuvida
u yana bir bor o‘z aksini topdi. Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov ishtirok etdi va ushbu masala yuzasidan o‘zining qat’iy fikr-
mulohazalarini bildirdi.
Mintaqa
davlatlarning
tarixiy
taqdirlari
va
geosiyosiy
holatlarining
mushtarakligi, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, siyosiy va ma’naviy
hamkorligini
kengaytirish, inqirozli holatlardan tezroq chiqib olish, MDH muammolari bo‘yicha
o‘z vaziyatlarini belgilash yo‘llarini axtarishga intilayotganligini anglash lozim. Bu
ayniqsa, Tojikistondagi fuqarolar urushini tezroq tinch, keliShuv yo‘li bilan bartaraf
etish bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlari BMT hamda Yevropa Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining oliy
darajadagi anjumanlarida so‘zlagan nutqlarida o‘z aksini topdi.
Keyinchalik ushbu tashkilot EvrAzES nomi bilan yuritila boshlandi va
“Markaziy Osiyo hamkorligi”
tashkiloti
ayni bir hil maqsad hamda vazifalarni o‘z
oldilariga qo‘yganini ko‘zda tutib, bu
tashkilot faoliyati osonlashtirildi, xarajatlar
kamaytirildi.
EvrAZES
–
iqtisodiy
hamkorlikning yangi sharoitlarida yangi
shakl va yangi yo‘nalishlarni topishning
ijobiy misollaridan biri ekanligi ma’lum
bo‘lmoqda.
Masalan:
2006
yil
davomidayoq boj tariflarini unifikatsiyalash, uchinchi mamlakatlardan kiritilayotgan
mahsulotlarga boj olish masalalari hozirning o‘zidayoq 60
foizga bajarilganligi
buning dalilidir.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga
qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000 - yil 20-23
aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. Xalqaro
terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo‘llab-
209
quvvatladilar. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy
ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida
hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va
O‘zbekiston respublikasi prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida
erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini
kengaytirish
to‘g‘risida kelishib olindi. Ushbu mamlakatlarni birlashtirib turgan muhim
muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta o‘rin tutadi. Shu bois bu masalani
to‘la qonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global muammolari qatoriga kiradi.
Prezidentimiz so‘zi bilan aytganda “Orol bo‘yining barcha ne’matlarini “yagona
sovet xalqi” bilan baham ko‘rilgan” bo‘lsa, “uning achchiq mevasi Orol bo‘yi
fojiasidan qutulish Markaziy Osiyo xalqlarining ishi bo‘lib qoldi.” 2002 - yil 28 -
fevral -1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi
shartnomaga imzo chekildi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan mamlakat Birinchi Prezidenti I.Karimov
tomonidan 2008- yilning aprel oyida Buxarestda bo‘lib o‘tgan NATO samitidagi
ma’ruzasida ilgari surilgan takliflari mohiyatan o‘ta dolzarb edi. Unda faqat
Afg‘oniston emas balki butun musulmon olamida og‘ir vaziyat va keskinlikka
sabab bo‘layotgan islom diniga nisbatan mutlaqo asossiz xuruj va b o‘htonlarga
yo‘l qo‘ymaslik muhimligi uqdiriladi. Shu o‘rinda mamlakatimiz prezidentining
2001- yilgacha faoliyat ko‘rsatgan “6+2” muloqot guruhini NATO vakolatxonasi
ham albatta ishtirok
etishini nazarda tutib, “6+2”ni “6+3” guruhiga aylantirish
zarurligi haqidagi tashabbuslari keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinadi.
Jumladan Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil
topgan 6
2 guruhining Afg‘oniston masalasini hal qilishda va Toshkent
Deklaratsiyasining ahamiyati muhim edi.
Markaziy Osiyo davlatlari hududida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning
xavfi yanada xatarli ekanligi ko‘p bora qayd etiladi. Uning ildizlari 1990-yilda
Namangan va Andijonda, 1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolar urushi va
mojarolar
davomida, 1999-yil 19 fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001-yillari
Qirg‘izistonning Botkent, O‘zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida,
2004-yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005-yil 12-13
may kunlari Andijon shahrida, 2010-yil Qirg‘izistonning Osh, Jalolobod viloyatlarida
amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari, millatlararo nizolar timsolida o‘zini
ko‘rsatdi. Ammo, mamlakat Prezidentining olib borgan oqilona ichki va tashqi
siyosati tufayli millatlararo nizolarning oldi olindi, qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlari
orasiga rahna solishga intilgan ayrim qora niyatli kuchlarning intilishlari asossiz
ekanligi namoyon bo‘ldi
Do'stlaringiz bilan baham: