Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibi (jamiga nisbatan foizda)
|
2011
|
2012
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar – jami, shu jumladan:
|
100,0
|
100,0
|
Sanoat
|
33,8
|
34,2
|
Qishloq xo’jaligi
|
5,2
|
4,8
|
Qurilish
|
1,8
|
1,2
|
Transport
|
15,9
|
14,9
|
Aloqa
|
4,3
|
2,9
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
4,4
|
4,5
|
Turar joy xo’jaligi
|
18,6
|
19,8
|
Kommunal xo’jalik
|
1,6
|
1,9
|
Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot
|
2,5
|
4,0
|
Ta’lim
|
2,3
|
2,8
|
Boshqalar
|
9,6
|
9,0
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibida sanoat va umumiy ovqatlanishga ajratilgan investitsiyalar ulushi 2011-2012-yillar oralig’ida o’sish tendensiyasiga ega. Qolgan tarmoqlarda esa ularning pasayish tendensiyasi kuzatiladi.
Shuningdek, asosiy kapitalga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibini qaraydigan bo’lsak, bunda sanoat, transport, turar joy-kommunal xo’jaligiga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi 2011-2012-yillar oralig’ida o’sish sur’atlariga ega. Ushbu davrda ularning hajmi mos ravishda 3,4 foiz, 4,3 foiz va 1,4 foizga o’sdi. Buning natijasida ushbu tarmoqlarda keyingi yillarda izchil o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda.
3.2.2-jadval
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibi (jamiga nisbatan foizda)
|
2011
|
2012
|
Xorijiy investitsiyalar,
shu jumladan:
|
100,0
|
100,0
|
Sanoat
|
42,5
|
45,9
|
Qishloq xo’jaligi
|
4,6
|
2,9
|
Qurilish
|
1,0
|
0,5
|
Transport
|
24,1
|
28,4
|
Aloqa
|
17,2
|
10,9
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
0,4
|
0,4
|
Turar joy-kommunal xo’jaligi
|
2,9
|
4,3
|
Boshqa tarmoqlar
|
7,3
|
6,7
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari muhim investitsiya instituti hisoblanadi. Chunki iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va modernizatsiya qilish, korxonalarda ishlab chiqarishni texnologiyalar bilan qayta jihozlash maqsadida qo’yiladigan investitsiyalarni mablag’lar bilan ta’minlashni banklar ishtirokisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunday ekan, 2013-yilgi Investitsiya dasturida 3 236 108 million so’m mablag’ aynan tijorat banklari tomonidan kredit mablag’lari sifatida yo’naltirilishi muhim ahamiyatga egadir. Ushbu raqam umumiy markazlashmagan investitsiyalarning 15,9 foizini tashkil etmoqda.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan:
3.2.1-chizma
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari12
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish.
100 foiz mol-mulki xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish
Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olishni tashkil etish
Xorjiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
Konsessiya va lizing shartnomalarini tuzish. Jahon iqtisodiyotida EIZlar tasnifi
Birgalikda ulush qo’shish orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish. Erkin savdo hududlari
Tenderlar e’lon qilish. Sanoat ishlab chiqarishi
Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish
So’nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlarining salmog’i keskin o’zgardi.
Ayni paytda investitsiyalarning moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi.
3.2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |