Bir qator mamlakatlarda aksiyadorlik kapitalida xorijiy investorning nazorat qilish huquqini beradigan hissasi7
Bu ko’rsatkich AQSHda 10 foiz, Fransiya va Buyuk Britaniyada 20 foizga yaqin, Germaniyada 25 foizdan 50 foizgacha, O’zbekistonda esa 49 foiz darajasida belgilangan. Shuningdek, korxona boshqaruvida bevosita amalga oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekani ham uning muhim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun mas’uliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada keng miqyosda jalb qilish, ularning o’z mablag’larini mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan. Ular quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
Foyda va daromadni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;
Milliy so’mda va chet el valyutasida olingan foydani o’tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati;
Bojxona imtiyozlarining mavjudligi;
Xorijiy investorlarning mulklari va o’zlarini xavf-xatardan sug’urtaviy himoya qilish tizimining yaratilgani;
Ko’rilgan zararlarning qoplanishi uchun kafolatlar;
Xorijiy investorlar kapitalining saqlanishi uchun kafolatlar;
Soliqqa tortish tizimida ular uchun belgilangan imtiyozlar.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar hisoblanadi:
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti;
Iqtisodiyot vazirligi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish , monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi;
Moliya vazirligi;
Adliya vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Davlat sloiq qo’mitasi;
Markaziy bank;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;
“O’zbekinvest” davlat sug’urta kompaniyasiva “O’zbekinvest-interneshnl” qo’shma korxonasi;
“O’zbekinvestloyiha” milliy injiniring kompaniyasi;
O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi8.
O’zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning bir maromda faoliyat yuritishi va investorlarning huquqlari himoya qilinishi va tartibga solinishi uchun 50 dan ziyod tegishli me’yoriy hujjat qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarning davlat foydasiga musodara va rekvizitsiya qilinmasligiga kafolat beradi.
Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyati doirasida ishlab topgan daromadlari xorijiy valyutada chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o’tilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor tuzilmalar qisqa muddatlarda xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan amaldagi sharoitlarni chuqur va tanqidiy o’rganib chiqish hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishga kirishgan. Ushbu takliflarni tayyorlashda mavjud normativ bazani, investorlarni jalb etish va xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarni ro’yxatga olishning tartib-qoidalarini, ularni himoya qilish bo’yicha ishonchli kafolatlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud:
Korxona va jismoniy shaxslar jamg’armalari.
Bank kreditlari hisobidan moliyalashtirish.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari hisobidan moliyalashtirish.
Xorijiy investitsiyalar.
Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek, xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o’zlashtirish maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar beriladi.
3.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |