Ishning maqsadi va vazifalari. Bugungi kunda O’zbekiston va boshqa MDH (Rossiya misolida) mamlakatlarida investitsiyalarning o’rni va roli hamda mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash bo’yicha ma’lumot berish, shuningdek, ularning milliy iqtisodiyotimizning yuksalib borishida qanday o’ringa ega ekanligini yoritib berishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqot ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
Investitsiyalarning milliy iqtisodiyotdagi o’rni va uni baholash mezonlari yoritib berildi;
Rossiya iqtisodiyoti misolida investitsion muhit va uni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar tavsiflandi;
Rossiya va O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalar dinamikasi tahlil qilindi;
O’zbekistonda investitsion muhitning yaratilish shart-sharoitlari va u bilan bog’liq muhim investitsion loyihalar ko’rsatib o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |