Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xitoy qishloq xo’jaligining tarkibi



Download 3,16 Mb.
bet93/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206
Xitoy qishloq xo’jaligining tarkibi

O‘simlikshunoslk:

Chorvachilik:

g‘allachlik

cho‘chqachilik

sholikorlik;

qoramolchilik;

paxtachilik;

yilqichilik;

mevasozlik;

echkichilik

sabzavotchilik

parrandachilik.

Shuni ta’kidlash joizki, Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jalik resurslari albatta cheksiz emas. Uning ustiga aholisining yildan-yilga ko‘payib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu resurslarning chegaralanganligini yana bir karra guvohi bo‘lamiz.

Hozirgi kunda (2007 y.) Xitoy qishloq aholisining soni 802 million kishidan iborat bo‘lib, u mamlakat aholisining deyarli 60% ni tashkil etadi. Ulardan 498 mln. kishi mehnatga layoqatli kishilarni tashkil etib, u mamlakat ishga layoqatli kishilarning deyarli 70% ni tashkil qilmoqda.

Xitoy ekin ekish maydonlarining yalpi hajmi ham yil sayin qisqarib bormoqda va hozirgi kunda uning yalpi xajmi 130 mln. ni tashkil etmoqda. Ekin ekish maydonining Xitoy aholisi jon boshiga to‘g‘ri kelishi 0,1 ga ni, mamlakat mehnatga layoqatli qishloq aholisining jon boshiga to‘g‘ri kelishi esa, 0,26 ga ni tashkil etadi.

Don mahsulotlaridan Xitoyda asosan, bug‘doy, guruch, makkajo‘xori, batat va soyali no‘xotlilar yetishtiriladi. Ularning ichida sholi – asosiy don mahsuloti bo‘lib, uning mamlakat don mahsulotlarini yetkazib berishdagi salmog‘i 38,7% ga tengdir. Xitoyning asosiy sholikorlik rayonlari Yanszi daryosi havzasi, Janubiy Xitoy va Yunnan-Guyjou tog‘ yon bag‘irlari hisoblanadi.

Don mahsulotlarini yetqazib berishda bug‘doyning ham ahamiyati kattadir. Uning don mahsulotlarini yetqazib berishdagi salmog‘i 22% ni tashkil etadi. Bug‘doy mamlakatning barcha hududlarida yetishtiriladi. Uni yetishtirish rayonlari, asosan, Xenan, Shandun, Anxoy, Shensi, Szyansu, Xubey, Sichuan profinsiyalari hisoblanadi.

Undan keyingi o‘rinni makkajo‘xori egallab, uning don mahsulotlaridagi salmog‘i 25,7% ni tashkil etadi. Makkajo‘xori mamlakatning Shimoliy-Sharqiy, Shimoliy va Janubiy-G‘arbiy rayonlarida yetishtiriladi.

Mana shu yuqorida ta’kidlagan muammolarga qaramasdan, Xitoy o‘z aholisini nafaqat don mahsulotlariga bo‘lgan iste’molini, balki oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham to‘la qondirib kelmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda texnik jihatdan muhim omillar sifatida irrigatsiya, mineral o‘g‘itlardan foydalanish va urug‘lik fondining yangilanishi katta rol o‘ynadi. Hozirgi kunda mamlakat agrar sohasida irrigatsiya inshootlaridan foydalanish koeffisienti o‘rtacha 40% ni tashkil qilmoqda, bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarga qaraganda 25-30% ga past daraja hisoblanadi.

Undan tashqari, ekin ekish maydonlarini suv bilan ta’minlash ham yildan-yilga muammo bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun Xitoy hozirda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.

Xitoyda g‘allachilik uchun ekin ekish maydonlari qisqarib, uning o‘rniga texnik ekinlarni ekish maydoni ko‘payib bormoqda. Ular jumlasiga paxta, yer yong‘oq, raps, kunjut, shakar qamish, choy, tamaki, shoyi va turli xildagi mevali mahsulotlar kiradi. Xitoyning asosiy paxtachilik rayonlari Xuanxe xavzasi, Yanszi daryosining o‘rta va quyi oqimi rayonlari va Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Manas havzasi hisoblanadi. Xitoy paxta yetishtirishda dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.

Yer yong‘oq yetishtiriladigan maydonlar Xitoyning Shandun provinsiyasida, Guandunda, Guansida va Lyaoninda joylashgandir. Raps esa, Xitoyning Yanszi xavzasida va Sichuanda yetishtiriladi. Shakar qamish Janubiy Xitoyda, qand lavlagi esa, Xeylunszyanda, Szilinda va Ichki Mongoliyada yetishtiriladi.

Xitoyda o‘rmonlar 128,63 mln. ni tashkil etib, uning yirik massivlari mamlakatning Shimoliy-Sharqida, Kichik a Katta Xingan rayonlarida va Chanbayshin tog‘larida joylashgandir. U yerlarda kedr, barglilar, chinor, teraklar, qayrag‘och va sada daraxtlari o‘sadi. Undan tashqari, ikkinchi darajali hajmdagi o‘rmon massivlari Xitoyning Janubiy G‘arbiy qismida joylashgandir. Bu yerlarda yunnan qarag‘ayzorlari, archa va paxtazorlar mavjuddir. Shu bilan birga, qimmatli daraxtlar hisoblangan greypfrut, pterokarpus, santalinus, kamfora, febe nanmu va qizil daraxtlar ham mavjuddir. Ushbu o‘rmonzorlardan olingan yog‘ochlardan Xitoy o‘zining ichki iste’moli uchun, ya’ni qurilish ishlarida va mebelsozlikda foydalanib kelmoqda.

Xitoyning muhim qishloq xo‘jalik tarmoqlaridan biri hisoblangan chorvachilik sohasi asosan, uning Ichki Mongoliyada, TyanShan va Oltoy tog‘ yon bag‘irlarida, Sinszyanda va Sinxay-Tibet tog‘ yon bag‘irlarida rivojlangandir. Mamlakatda 313,33 mln. ga teng qoramol va qo‘ylarni boqishga mo’ljallangan cho‘lu-biyobonlar va qir- adirlar mavjuddir.

Undan tashqari, Xitoyda 400 turdan ortiq uy hayvonlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga cho‘chqalar, yirik va mayda qoramollar, yilqilar, eshak va mollar, tuyalar, tovuqlar, g‘ozlar, o‘rdaklar, quyonlar va boshqalar kiradi. Bu soha 1979-yildan so‘ng, ya’ni agrar islohotlar boshlangandan keyin, tez sur’atlarda rivojlana boshladi.

Xitoyning suv mahsulotlari xo‘jaligi iqtisodiy islohotlargacha bo‘lgan davrda, faqatgina o‘zining ichki ko‘llari va dengiz oldi tabiiy baliqchiligi bilan shug‘ullanib kelgan. Uning chuchuk suv mahsulotlari va dengiz baliq mahsulotlari hajmi uncha katta bo‘lmagan. 1978-yildan keyin esa, mamlakatda baliqchilik mahsulotlariga ahamiyat ortib bordi va bunda hovuzlarda baliqlarni ko’paytirishga urg‘u berildi. Shular bilan bir qatorda, dengiz va okeanlarda baliqlarni ovlash ishlari ham avj ola boshladi. Ushbu mahsulotlarning o’rtacha yillik ovlash hajmi 2 mln. tonnadan oshib ketdi. Hozirgi kunda mamlakatda 20 dan ortiq okean baliqchilik xo‘jaligi kompaniyalari va baliqchilik bo‘yicha xorijiy va Xitoy qo‘shma korxonalari mavjuddir.

Umuman olganda, Xitoy qishloq xo‘jaligi sohasi orasidagi nisbat bir-biridan ancha farqlanadi. Ya’ni, umumiy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘simlikshunoslikning salmog‘i ancha katta bo‘lib, u 47% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, undagi chorvachilikning hissasi 17,4% ni, yordamchi xo‘jaliklarning hissasi 29,8% ni, baliqchilikning salmog‘i 3,1% ni va o‘rmon xo‘jaligi hissasi- 2,5% ni tashkil etadi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish