Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Jahon bozorida Xitoyning o‘rni va roli



Download 3,16 Mb.
bet86/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206
8.1.Jahon bozorida Xitoyning o‘rni va roli.

Xalqaro mehnat taqsimoti - bu turli darajalarda (differensial) iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va sifat hamda ishlab chiqarish jarayonlari turlicha bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlari o‘rtasidagi aniq taqsimlangan munosabatdir. Mehnat taqsimoti o‘zining faoliyat tasnifiga binoan, turli shakllarda namoyon bo‘ladi.



  1. Umumiy - moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning yirik sohalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti.

  2. Xususiy - yirik ishlab chiqarish sohalari ichidagi mehnat taqsimoti.

  3. Birlamchi - korxona ichidagi mehnat taqsimoti.

Mehnat differensiyatsiyasi o‘zining alohida faoliyati turiga qarab, odatda, farqlanadi. Hududiy mehnat taqsimoti ham mamlakatlararo, ham ularning ichkarisida mavjuddir. Xalqaro mehnat taqsimoti ishlab chiqarish samarasini oshirish maqsadida amalga oshiriladi va umumiy mehnatni sarf-xarajatlarini kamaytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, hamda umumiy ishlab chiqarish kuchlarini rasional vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

Xalqaro mehnat taqsimoti ikki asosiy yonalishdan iboratdir:



  1. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish (spesializatsiya);

  2. Ishlab chiqarishni xalqaro birlashtirish (kooperatsiya);

XXR XKPning XV-s’ezdida, (1997 yil 12-18 oktyabr) Xitoy hukumatining raisi Szyan Szemin, o‘zining ma’ruzasida Xitoyning tashqi dunyoga ochiqligi, Xitoy davlatining asosiy va uzoq muddatli siyosati ekanligini yana bir bor ta’kidlab, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy xamkorligida va global tizimdagi har tomonlama savdoda faol qatnashishi lozimligini aytib o‘tdi.

30 yildan ortiqroq vaqt mobaynida, ya’ni, iqtisodiy islohotlar davomida, Xitoyni tashqi iqtisodiy faoliyati va tashqi dunyoga ochiqlik tizimlari shakllandi. XXRsi o‘zining yarim asrlik tarixida, yarim feodal va yarim kolonial davlatdan, dunyoning kuchli agrar-industrial davlatiga aylandi. Ishlab chiqarishning muhim ko‘rsatkichlari: ko‘mir qazib chiqarish, po‘lat quyish, sement ishlab chiqarish, mineral ug‘itlar, elektroenergiya, maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha, hozirda Xitoy dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Masalan, Xitoy sanoati yutuqlaridan quyidagilarni belgilash mumkin:

1.Kimyo sanoati rivojlanishi natijasida, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish ortib bormoqda. 1998 yilda, ularni ishlab chiqarish 30,1 mln. tonnagacha oshdi ( undan tashqari, yana yiliga 11 mln. tonna kimyoviy o‘g‘itlar import qilinmokda). Natijada, qishloq xo‘jaligini kimyoviylashtirish yuqori sur’tlar bilan olib borilmoqda. Hosildorlik bo‘yicha o‘rtacha: guruch- 60-63 s/ga, jo‘xori- 50-52 s/ga, bo‘g‘doy- 37-41 s/ga larni tashkil etmoqda. Bu yo‘nalishda, Xitoy rivojlangan mamlakatlarning hosildorlik darajasiga yaqinlashmoqda. Hozirgi vaqtda, yalpi don ekinlarini yetishtirish yiliga 500 mln. tonnani tashkil etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholini oziq-ovqat bilan va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashga kafolat bo‘lib, uning iste’mol darajasini oshirmoqda.

2.Xalq turmush darajasini osishiga, aholi turmush sharoitini o‘zgarishiga, mamlakat sanoati o‘zining katta xissasini qo‘shdi. Iste’mol bozori maishiy tovarlar bilan to‘yintirilmoqda. Asta-sekin, mamlakatning to’liq elektrlashtirish muammosi ham hal etilmoqda. Sanoat ist’emol tovarlarini talab darajasida ko‘plab ishlab chiqarilishi, ishchilarning oylik maoshlari va dehqonlarning daromadlari oshganda, mamlakatda inflyatsiya darajasini oshishiga yo‘l qo‘yilmadi.

3.Xitoy sanoatini ulkan yutuqlaridan biri, uning sanoat tovarlarini industrial rivojlangan mamlakatlar bozorlariga kirib borishidir. Masalan, bugungi kunda, Xitoy sanoat tovarlari Yaponiya, AQSh, Kanada, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida sotilmoqda. Xitoy eksportida sanoat tovarlari 87%ni, uning importida esa, 80%ni tashkil etmokda. Xitoy borgan sari, dunyoning yirik ustaxonasiga aylanib bormoqda. Eksportdan tushgan daromadga ko‘plab eng zamonaviy texnika va texnologiyalar import qilinmoqda. Mamlakatda xalq xo‘jaligini ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda xorijiy sarmoya va texnologiyalardan foydalanish ham samarali yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. 1979 yildan to 1997 yilga qadar, XXR sida xorijiy moliyaviy mablag‘larni, ya’ni, 348,35mlrd. AQSh dollari o‘zlashtirilgan, shundan, 116,.13mlrd doll. qarz bo‘lib, qolgan 232,22 mlrd. doll. to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni tashkil etadi. Barcha xorijiy resurslar bevosita ishlab chiqarishga yoki infratuzilmani yaxshilashga sarflandi.

4.Strategik yo‘nalishda asosiy fondlarni yangilanishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. «Sanoat korxonalarini 3-umumiy ro‘yxatga olish» tadbiri 1995 yil oxirida o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, 3200 asosiy uskuna turlaridan, uning 47,1% i import uskunalariga to‘g‘ri keldi. Xitoy korxonalaridagi uskunalarining xizmat qilish muddati quyidagicha taqsimlangan:

XXR tashkil topgandan so‘nggi vaqt mobaynidagi davr, o‘sib kelayotgan ishchi kuchini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga ommaviy jalb qilinishi bilan xarakterlanadi.

Aholining bandligi 1949-yilda 180 mln. kishidan, 1997-yilga kelib, 696 mln. kishiga qadar o‘sib, ya’ni 500 mln. kishidan ortdi, jumladan, 1978-yildan buyon aholining bandligi 290 kishiga ko‘paydi. Asosan, ekstensiv tasnifidagi shakllangan ishlab chiqarish, aholining katta qismini ish bilan ta’minlashda, muhim barqarorlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, umuman xalq xo‘jaligida va jumladan, sanoatda chuqur va keng qamrovli muammolar to‘Rejaib bormoqda.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish